Get Mystery Box with random crypto!

Sardorbek nega qamaldi? Boshidan izohlayman. 70-yillarda Ero | Sanjar Xo‘ja

Sardorbek nega qamaldi?

Boshidan izohlayman. 70-yillarda Eronda inqilob bo‘ldi. Dindorlar Erondagi sekulyar tuzumni qulatib, yangi davlat qurdi. Eski tizimga xizmat qilgan xarbiylar-u vazirlarni qatl qildi.

Bu voqea o‘z davrida O‘zbekiston xavfsizlik xizmatining muhokama markazida edi. O‘sha davrda 30-40 yoshli xodimlar 90-yillarda general bo‘ldi. "Diniy radikallik" qo‘rquvi sababli dindorlar qatag‘on qilindi. Shavkat Mirziyoev tarifi bilan aytganda "Stalin davridek qatag‘on".

Oradan yillar o‘tsa ham, ustoz-shogird an'anasi bo‘yicha qo‘rquv meros qoldi. Bu qanday qo‘rquv? "Diniy erkinlik berilsa, dindorlar kuchayadi. Keyin davlatni egallab, hammani kallasini oladi" degan qo‘rquv.

Shuning uchun eski davrda dindorlar kontitusion tuzumga tajovuzda ayblanib, qamalgan.

Sardorbekni qamashdan maqsad - dindorlarga, ayniqa, yoshlarga signal berish. Chunki, aynan qatag‘on davrida tug‘ilgan, o‘sgan yoshlarda dinga qiziqish kuchli.

Eron inqilobi haqida video: