Get Mystery Box with random crypto!

​​Onajon Boshimga gʻamlardan qulasa osmon, Bu hayot zarbidan | Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

​​Onajon

Boshimga gʻamlardan qulasa osmon,
Bu hayot zarbidan qolay deb omon,
Quchogʻing men uchun bilib tinch qoʻrgʻon,
Ulgʻayib qolganim qilmasang taʼna,
Onajon poyingga kelaman yana.

Kimga xam ishonay oʻzingdan ortib,
Oʻgʻlingni diydasi qolmagan qotib,
Toʻshagim yelkamga bormoqda botib,
Qolguncha xasta jon, darmonsiz mana,
Onajon poyingga kelaman yana.

Ichidan dardlari yeydi erkakni,
Ne qilsin biladi yeydi yurakni,
Tugatgin hoʻ tunlar aytgan ertakni,
Unutib barchasin qilay tantana,
Onajon poyingga kelaman yana.

Shoirman sheʼr yozib nimani topdim,
Mashhurlik ortidan darbadar, chopdim,
Sen tomon shoshildim daftarni yopdim,
Qoʻy oʻzing! Mening oq sochimni sana,
Onajon poyingga kelaman yana.

Ulgʻayib qolganim qilmasang taʼna,
Onajon poyingga kelaman yana.


Temur Rashid

@TajonuMeNseVgaN
••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi