Get Mystery Box with random crypto!

​​​​Hozir har kimda turfa xil vaziyatlar: kimdadir tushkunlik, | Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

​​​​Hozir har kimda turfa xil vaziyatlar: kimdadir tushkunlik, kimdadir sog‘liqdan muammo, kimdadir xursandchilik, kimningdir yaqinlari bu dunyodan ketmoqda. Xullas, har kimni ichida har xil hislar... Lekin nima bo‘lsa ham, duo qilishdan charchamang. Alloh g‘oyibidan bo‘lsa-da sizga yetkazadi. Yaqin insonim tushkunlikka tushib qolganimda eng chiroyli gaplarni aytdilar. "Siz duoda ich-ichingizdan Undan so‘rang, Alloh barcha bandalarini xizmat qildirib qo‘yadi.." mana shu so‘zlarni mohiyatini tushunyapsizmi?
Alloh bor ekan, nega tushkunlikka tushamiz? Alloh bor ekan, nega rizqimizdan havotir olamiz, o‘ylang, bir kichik qushning, dengizdagi katta kitning ham rizqini U Zot beryapti, biz nega bu narsalarni o‘ylab siqilamiz? Siz barini Unga qo‘yib bering. Shunda ko‘rasiz hayotingizda mo‘jizalar sodir bo‘lishini... Duoyingiz hozir ijobat bo‘lmasa, kerakli vaqtida albatta ijobat bo‘ladi. Har holatingizda ham Robbimizga tavakkal qiling.

To‘g‘ri, inson qiyin vaziyatlarda yaqinlarining shirin so‘ziga muhtoj bo‘ladi, balki, yaqinlaringizdan yaxshi so‘zlar eshitolmayotgandirsiz, ammo men sizga duolaringiz orqali U Zot bilan chin dildan ichingizdagini to‘kib socha olishingiz haqida eslatib o‘tdim..
Aslida, holingizni Undan o‘zgasi o‘zingizchalik tushunolmaydi...
Hamisha duoda bo‘ling.


Hammaga ulashing
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz
/
Ma'nolarning tuganmas jilosi