Get Mystery Box with random crypto!

​​ Ota... Ota to‘lib-toshib keldi. Uyda to‘polon bo‘lib ketd | Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

​​ Ota...

Ota to‘lib-toshib keldi. Uyda to‘polon bo‘lib ketdi: to‘rt bolasi yugurib kelib, quchog‘iga otildi. Otaning ko‘zi narigi xona eshigida mo‘ltirabgina turgan qizchaga tushdi.U uzoqroq bir qarindoshining yetimchasi edi.
– Dada! – dedi kenja o‘g‘ilchasi.
Ota unga shokolad berdi.
– Dada, mengayam! – degan kichik qizchasi o‘z ulushini oldi.
– Dadajon! – dedi uchinchi farzandi. U ham benasib qolmadi.
– Dada! – dedi to‘ng‘ich o‘g‘li.
Uyiga mehmon qizaloq kelganidan bexabar ota shokoladni qo‘lida tutib, bir nafas turib qoldi va bir o‘g‘liga, bir yetim qizchaga tikildi.
Shu mahal yetim qizaloq katta qizni imlab chaqirdi. Qulog‘iga shivirladi. Katta qizi kelib, otasiga shunday dedi:
– Dugonam «Dadangni men ham dada desam maylimi?» deb so‘rayapti...


Hammaga ulashing
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi