Get Mystery Box with random crypto!

Nima bu hurmatsizlik! (bu gaplar o‘zini egasini topadi, hamma | Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

Nima bu hurmatsizlik! (bu gaplar o‘zini egasini topadi, hammaga ham tegishli emas)

Hurmatli yigit!

Sening ham singling, opang bor. Kelajakda rafiqang, qiz farzanding bo‘ladi! Telegramda hech nima qilmaydi, yozsam do‘stona yozaman deysan, lekin aslida o‘zingni Allohdan berkita olasanmi?! Albatta, ichingda yo‘q deysan!!! Men bunga kafolat beraman, agar shu fikr o‘tmasa, senda iymon yo‘q, bu esa sening katta Fojiang!
Sendan iltimos o‘zingni haddingni bil, qilayotgan ishingni sarhisob qil va albatta har bir ishing o‘zingga qaytadi!!!!


Hurmatli qizaloq! Sen ham ertaga kelin bo‘lasan, turmush o‘rtog‘ing bo‘ladi, telegramni butunlay o‘chirib yuborarsan! Lekin Alloh hammasini sarhisob qilyapti! Sendan iltimos, o‘zingni har tomonlama pok tut! Real hayotda ayniqsa! Virtual olam ham hozirda sening (nafaqat qizlar, balki yigitlarga ham tegishli!) bir qismingdek bo‘lib qoldi, ko‘rmaydi bilmaydi dema!

Xullas hamma gap o‘zi egasiga yetib boradi deb o‘ylayman!

Sizlarga yaxshilik ulashaman deb, men ham sizlarning gunohlaringga sherik bo‘lib qolmay! Gunohni sizlar qilasiz, lekin boshqalar ham gunohkor bo‘lmasin!

Hammaga ulashing
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz
/
Ma'nolarning tuganmas jilosi