Get Mystery Box with random crypto!

Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy

Telegram kanalining logotibi respublikabolalarkutubxonasi — Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy R
Telegram kanalining logotibi respublikabolalarkutubxonasi — Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.92K
Kanalning ta’rifi

📝Murojaat uchun: @Matbuotga
Telegram: t.me/RespublikaBolalarKutubxonasi
Facebook: fb.com/respublika.bolalar.kutubxonasi
Instagram: instagram.com/respublika_bolalar_kutubxona
Veb-sayt: https://kitob.uz/

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 19

2023-03-16 17:23:18
Bugun, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi va Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasida yaqinlashib kelayotgan “Navro‘z - umumxalq bayrami”ga bag‘ishlab, “Bahor - she’riyatda” deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda Toshkent shahridagi 12 ta tuman maktablaridan ijodkor o‘quvchilar, ustozlar va kutubxonachilar qatnashdilar.

Tadbirni Toshkent shahar  maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi sho‘ba mudiri Dilorom Yusupova kirish so‘zi bilan ochib berdi va o‘quvchilar bahor va navro‘z haqida o‘z ijodlaridan namunalar o‘qishib, monologlar, sahna ko‘rinishi va raqslar ijro etishdi.

Estrada yulduzi Sanjar Usmonov o‘z kuy va qo‘shiqlari bilan tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bo‘g‘ishladi.

Tadbir so‘nggida ijodkor o‘quvchilarga Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan faxriy yorliqlar topshirildi.

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
2.6K views14:23
Ochish/sharhlash
2023-03-15 09:54:20


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi yosh avlodda Vatanga nisbatan muhabbat, uni asrab avaylash va Vatan oldidagi muqaddas burchini eslatib, ular qalbida shukronalik hissini kuchaytirish maqsadida “VATAN MANZUMASI” nomi ostida ko‘rik-tanlov o‘tkazilishini e’lon qiladi.

Mazkur tanlov 2023-yilning 20-martidan 26-martiga qadar Respublika bolalar kutubxonasining “Yosh kitobxon” telegram sahifasida umumiy o‘rta ta'lim maktabining ijodkor o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Tanlov tartibi:
Ishtirokchilar o‘zlari yozgan Vatanni madh etuvchi so‘zlardan iborat she‘rlarini yoddan o‘qigan holda, davomiyligi 1daqiqadan, hajmi esa 10 mbdan oshmagan videorolik tayyorlab @rbk_admin1 va @rbk_admin2 manziliga yuborishlari kerak bo‘ladi.

Tanlovda qatnashish uchun Respublika bolalar kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasiga ulanish lozim.

Ushbu ko‘rik-tanlovda faol ishtirok eting va g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Respublika bolalar kutubxonasining esdalik sovg‘alariga ega bo‘ling!

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
9.8K viewsedited  06:54
Ochish/sharhlash
2023-03-15 06:28:30
Bugun 15-mart, chorshanba.

Assalomu alaykum, qadrdonlar! Agar nimanidir o‘rganishni yoki hayotingizga rang-baranglik olib kirishni istasangiz, buni ertaga emas, hoziroq boshlang. Chunki vaqt juda tez o‘tmoqda, judayam tez...Kunning barokati va fayzi sizga bo‘lsin!

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.7K views03:28
Ochish/sharhlash
2023-03-14 14:54:59


Tokioning Jimbotyo tumanida hamma narsa kitobga bag‘ishlangan kvartal bor ekan: hatto xiyobonlar ham kitob javonlari bilan qoplangan, turar-joy binolarining birinchi qavatlarida kofe ichib kitob o‘qishga mo'ljallangan kafelar joylashgan.

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.5K views11:54
Ochish/sharhlash
2023-03-14 12:48:37
#Bizning_ijodkor_bolalar

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan kutubxonaning "Ijodkor bolalar" to‘garagi a'zolari ishtirokida rus yozuvchisi, dramaturg, jamoat arbobi Sergey Mixalkov tavalludi munosabati bilan onlayn she’riyat kechasi o‘tkazildi.

Ushbu she'riyat kechasida rus shoiri Sergey Mixalkovning ijodi haqida gapirilib, she'riyat kechasi mehmoni bolalar shoirasi Barno Rajabova va ijodkor o‘quvchilar o‘zlari yozgan she'rlaridan namunalar o‘qishdi.

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.5K views09:48
Ochish/sharhlash
2023-03-14 12:13:30
KITOB YARMARKASI

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 21-umumta'lim maktabida bolalar uchun "Kitobsevar millat" shiori ostida kitoblar aksiyasi o'tkazildi.

Ushbu yarmarkada ota-onalar, o'qituvchilar, o'quvchilar faol ishtirok etishib, o‘zlariga yoqqan kitoblarni harid qildilar.

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.4K views09:13
Ochish/sharhlash
2023-03-14 09:40:39


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi har bir o‘quvchi o‘qishi lozim bo‘lgan kerakli kitoblarni tavsiya etadi.

Har bir kitobxon o‘qishi lozim bo‘lgan kitoblar ro‘yxati:

"O‘tkan kunlar"
"Kecha va kunduz"
"Otamdan qolgan dalalar"
"Mehrobdan chayon"
"Ulug‘bek xazinasi"
"Yulduzli tunlar"
"Chinor"
"Farg‘ona tong otguncha"
"Navoiy"
"Shum bola"
"Ko‘hna dunyo"

Ushbu ro‘yxat Respublika bolalar kutubxonasining www.kitob.uz saytidagi mavjud adabiyotlar asosida shakllantirildi.

Kitob.uz da sizlar uchun o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara asarlaridan tashkil topgan 190 nomdagi audiokitoblar joylashtirilgan.

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
599 views06:40
Ochish/sharhlash
2023-03-14 05:58:35
Bugun 14-mart, seshanba.

Assalomu alaykum, qadrdonlar! Omonmisiz? Atrofingiz har doim sizni yaxshi ko‘radigan insonlarga, go‘zalliklarga boy bo‘lsin!

Har kunning so‘nggida kun davomida nimalar qildingiz, nimalarga erishdingiz, kimlarga yaxshilik ulashdingiz, qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz...Bu haqida fikr yuritishning ayni vaqti. Eski kunning sarhisobi yangi kunni maqsadli va mazmunli boshlashingizga ko‘makchi bo‘ladi.

Sizlar uchun ushbu kun fayzli va ibratlarga boy bo‘lib, hayot yo‘lingizdagi eng unutilmas kunlardan biri bo‘lsin.

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.0K views02:58
Ochish/sharhlash
2023-03-13 10:42:16


IJODKOR BOLALAR DIQQATIGA!

Bo‘sh vaqtni do‘stlar bilan kitoblar mutolaasi orqali o‘tkazishni istaysanmi?!

Ijod qilishga qiziqasanmi?
Bu borada tajriba yetishmayaptimi?
Respublika nashrlarida o‘z ijodingni chop etishni istaysanmi?
Radioda chiqish qilishnichi?
Respublika bo‘ylab do‘stlar orttirishga nima deysan?

Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan tashkil etilgan bepul “Ijodkor bolalar” to‘garagiga taklif qilamiz!

Iste’dodlarni yuzaga chiqarish, ularni qo‘llab-quvvatlash bizning asosiy maqsadimiz! 

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.1K views07:42
Ochish/sharhlash
2023-03-13 07:39:48


Kitob o‘qigan inson o‘limidan oldin minglab hayotlarni yashaydi, o‘qimagan kishi birgina hayotni boshdan kechiradi.

Jorj Martin

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
2.3K views04:39
Ochish/sharhlash