Get Mystery Box with random crypto!

Bugun, 6-mart — shoir, yozuvchi, pedagog, teatr arbobi, Oʻzb | Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy

Bugun,

6-mart — shoir, yozuvchi, pedagog, teatr arbobi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Hamza Hakimzoda Niyoziy tavallud topgan kun.

OʻQI!

Koʻzimizga koʻrinib turgan hama asboblar,
Hech biri boʻlmas edi, gar boʻlmasa, zinhor uquv.

Yer ichida koʻmilib yotgan hama oltin, kumush,
Yuzaga chiqdi bari bois anga axbor, oʻquv…

Gar dilingda oʻylagan orzuga yetmoq istasang,
Qimmat umring qilmagil behudaga bekor, oʻqi!

Qoʻy oʻyin, sayru tamoshoni, gʻanimat yoshliging.
Shum feʼllardan oʻzingii aylagil bezor, oʻqi!

Ey oʻgʻil, dunyoda boʻlmoq istasang olijanob,
Oʻqigʻil maktab kelib, zinhor oʻqi, ming bor oʻqi!

1914-yil.

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site