Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu  alaykum  muhtarama  onajonlar,  aziz opa-singillar! | Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy



Assalomu  alaykum  muhtarama  onajonlar,  aziz opa-singillar!
Siz azizlarni, 8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin dildan
tabriklaymiz!

Har yili yurtimizga  bahor faslining ilk darakchisi sifatida  kirib keladigan bu bayram mehr-muhabbat, nafosat ayyomi sifatida  shod-u xurramlik bilan nishonlanadi. Muhtarama xotin-qizlarimizga ehtirom, e’zoz va e’tibor koʻrsatiladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi nomidan Sizlarni yana bir bor goʻzallik va nafosat bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.

Umringiz uzoq, rizq-u nasibangiz ziyoda, iqbolingiz baland boʻlsin. Baxtimizga hamisha omon boʻling. Oilaviy totuvlik, qut-baraka Sizlarni aslo tark etmasin, munis ayollar!

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site