Get Mystery Box with random crypto!

Raqamli pedagogik xizmatlar

Telegram kanalining logotibi raqamli_pedagogik_xizmatlar — Raqamli pedagogik xizmatlar R
Kanaldagi mavzular:
Yangiliklar
Qonunchilik
Telegram kanalining logotibi raqamli_pedagogik_xizmatlar — Raqamli pedagogik xizmatlar
Kanaldagi mavzular:
Yangiliklar
Qonunchilik
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 91.34K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanal maktabgacha va maktab ta'limi xodimlariga raqamli pedagogik xizmatlar ko‘rsatish maqsadida yaratildi.
Faqat reklama uchun: 998991131508

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 20

2023-11-17 18:57:28 #yangiliklar

Ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7% ga oshiriladi


O‘zAning xabar berishicha, Prezident farmoniga (196-son, 17.11.2023-yil) ko‘ra, joriy yil 1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7% ga oshirilmoqda, yaʼni:

— pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — 372 ming so‘m;
— yoshga doir eng kam pensiya miqdori — 725 ming so‘m;
— mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — 1 mln 50 ming so‘m etib belgilanmoqda.

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube
27.5K viewsedited  15:57
Ochish/sharhlash
2023-11-16 07:09:31
#sõrovnoma

Siz qaysi sabablarga ko'ra farzandingiz uchun davlat yoki xususiy maktabni tanlaysiz?

Atigi 3 daqiqa vaqt sarflab, farzandlarimiz kelajagi uchun ilmiy tadqiqot olib borayotgan tadqiqotchimizga mavzuni chuqurroq tushunishda yordamlashaylik.

Javoblaringiz uchun oldindan rahmat

O'zbek tilida: https://forms.gle/PJjdA1cxZj2JzQ4K7

Rus tilida: https://forms.gle/QkHzcrVbHc9WVd5K7

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube
31.2K views04:09
Ochish/sharhlash
2023-11-10 09:14:34 #yangiliklar

Bugundan maktablarda yangi chorak boshlandi

Umumta'lim maktablari o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til 6 kalendar kun, ya’ni 9 noyabrgacha davom etdi. Bugundan yangi II chorak boshlandi.

II chorak darslari esa 27-dekabr kuniga qadar davom etadi, qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanib, 14 kalendar kun davom etadi.

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube
20.2K views06:14
Ochish/sharhlash
2023-11-09 07:01:13 #xabarlar

Alisher Qodirov: ta’limga ajratilayotgan mablag‘ kutilayotgan natijani bermayapti

O‘zMTDP fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida quyidagi fikrlarni bildirdi:

— Ta’lim-tarbiya tizimiga yo‘naltirilayotgan mablag‘lar qariyb 3 barobar oshirilgani quvonarli hol. Ammo ushbu ajratilayotgan mablag‘lar samaradorligini oshirish lozim.

Kelgusi yilgi Byudjetnomada Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ajratilayotgan mablag‘larning 80 foizi o‘qituvchilarning oyligi uchun yo‘naltirilyapti. Haqiqatan o‘qituvchi yuqori maosh olishi kerak. Chunki ular kelajakni yaratadi. Biz yaqinda pedagoglarning maqomi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildik va unda o‘qituvchilarning maqomi, huquqiy himoyasi belgilab berildi.

Soha uchun byudjet mablag‘lari kamaymayapti. Ammo yaratilayotgan sharoit kelajakka yangi umidlarni uyg‘otmayapti. Ya’ni, ta’limga berilayotgan mablag‘ kutilayotgan natijalarni bermayapti. O‘tgan yili OTMlarga topshirgan abituriyentlarning 50 foizga yaqini hatto 2 bahoga loyiq natijani ko‘rsatmadi.

Bugun 500 mingga yaqin o‘qituvchi bor. Ularning oyligi uchun 35 trillion so‘m mablag‘ ajratilayapti. Tahlillarga qaraganda, maktablarda 10-15 foiz ortiqcha, ya’ni zarurat bo‘lmagan o‘qituvchi ishlayapti.

Zamon shunchalar tezlashdiki, bugun o‘qituvchi bir necha kun tayyorlanib beradigan biror ma’lumotini o‘quvchi internetdan bir pasda olyapti. Shuning uchun pedagog ham zamonga moslashishi, zamonaviy bo‘lishi kerak. Taklifimiz ta’limga yo‘naltirilayotgan investitsiyalarning samaradorligi haqida vazirlik jiddiy bosh qotirishi lozim. Pedagoglarning malakasini oshirish bilan birga, zamon talablari asosida ularning ishini to‘g‘ri baholash tizimini yaratish zarur.

35 trillion pulning ma’lum bir qismini MTTga ham yo‘naltirishimiz kerak. Bog‘chalarda ham ahvol yaxshi emas. 30-35 ta bolaga 1 ta tarbiyachi to‘g‘ri kelyapti. Tizimdagi oliy ma’lumotga ega tarbiyachilar bor-yo‘g‘i 25-30 foizni tashkil qilayapti. Bog‘cha tarbiyachilarining oyliklarini ham oshirish lozim. Jahon standartlariga mos ravishda 10-15 ta bolaga bitta tarbiyachini biriktirish haqida o‘ylashimiz kerak.


Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube
29.4K views04:01
Ochish/sharhlash
2023-11-09 06:53:16 https://t.me/KuchkinovKorgazmalar
PEDAGOGIK KO‘RGAZMALAR.
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonning barcha hududlari.
Online Magazin.
Barcha fan õo‘qituvchilari uchun ko‘rgazmalar va tarqatmaslar.
Murojaat uchun
Murojaat uchun: @Thesose
Tel: +998 99 717 96 73
Tel: +998 33 178 09 09
Maktab fanlari bo‘yicha ko‘rgazmalar
RO‘YXATI:
Boshlang‘ich:
Matematika:
Ona tili va Adabiyot:
Astronomiya:
Biologiya:
Fizika:
Huquq:
Informatika:
Ingliz tili:
Iqtisod:
Jismoniy Tarbiya:
Kimyo:
Psixologiya:
Raqs:
Tasviriy sanat:
Rus tili:
Tarbiya:
Tarix:
PEDAGOGIK KO‘RGAZMALAR.
25.4K views03:53
Ochish/sharhlash
2023-11-08 19:00:28 #mulohaza

38 ta bolaga dars o'tish bu oson ish emas

Bugun mazza qilib yangi mavzu o'tamiz deydigan bolalar juda, juda kam. Bolada bunday har kunlik fikr bo'lmaydi. Ular darsda o'zlarini turlicha tutishadi. Qaysi birini ko'rasiz, qaysi birini esa yo'q. Chunki ustoz bitta, bolalar esa 38 ta. Xo'sh, endi darsga o'tamiz.

O'qituvchi 45 daqiqada juda ko'p narsaga ulgurishi kerak. Masalan, avvalo, sinfni tinchlantirish, bunga kamida 2-3 daqiqa ketadi, keyingisi esa uyga vazifani tekshirish. Agar har bir bolaga 30 soniyadan ketsa ham salkam 20 daqiqa ketadi. Oldingi mavzuni mustahkamlash kerak, lekin endi bunga vaqt kam.

Yangi mavzuni tushuntirish kerak, bunga yana 15 daqiqa ketadi. Agar mavzu qiyin bo'lsa (ijtimoiy fanlarda qiyin bo'lmasligi mumkin, biroq aniq va tabiiy fanlarda - masalan kimyo, matematika, geometriya, biologiya fanlarida hamma bolaga birday tushuntirish qiyin) 20 daqiqadan ko'proq vaqt oladi.

Undan keyin yana yangi mavzu bo'yicha mashqlar, topshiriqlar bajarilishi kerak. Chunki o'quvchiga tushunmagan joyi bo'lsa, qayta o'rgatiladi. Oxirida esa uyga vazifa beriladi. Vazifani qanday bajarish zarurligini tushuntirish uchun ham kamida 5 daqiqa vaqt talab etiladi.

Agar siz shularni hammasini bir darsda qilishga ulgurayotgan bo'lsangiz barakalla USTOZ

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube
28.8K views16:00
Ochish/sharhlash
2023-11-08 18:22:54 #mulohaza

Pedagoglarga haqiqiy hurmat qanday bo'ladi?


Ustozlarni hurmat qilish kerak deb ora-orada telekanallarda yoki ijtimoiy tarmoqlarda videolar chiqarganda emas.

Qachonki, yosh ustozga otasi tengi odam ongli ravishda avtobusda joy berganda, homilador bo'lsa ham ustoz deb hurmat ko'rsatganda, ota-ona aybni darrov ustozdan emas, balki birinchi bolasidan qidirganda, yosh avlod birinchi o'ylashdayoq darrov qora gentra minaman deb emas, o'zi xohlab kelajakda albatta ustoz bo'laman deganda, eng ko'p oylikni ustozlar olganda jamiyat ham boshqacha rivojlanish bosqichiga kiradi. Bu aniq.

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube
27.3K views15:22
Ochish/sharhlash
2023-11-08 17:56:25 #mulohaza

Kadr va magnit nazariyasi ta'limda ham yaxshi ishlaydi

Yaqin bir necha soat oldin Kun.uz da e'lon qilingan ko'rsatuvda tadbirkor Umid Ishmuhammedov kadr va magnit nazariyasi haqida aytib o'tdi. Nega hozirgi vaqtda repetitorlik tizimi kuchayib ketgan? Ota-onalar bolasi uchun minglab dollarlarni ayashmayapti? Shu kabi dolzarb masalalar muhokama etilibdi.

Shubhasiz, bozor iqtisodiyoti jarayoni hammani birinchi navbatda o'z ehtiyojini qondirishga undaydi. Ta'limda ham oxirgi vaqtlarda ko'plab iqtidorli erkak kadrlarning xususiy sektor magnitiga tortilayotganligi ham shundan. Bugungi kunda aksariyat davlat maktablarida 70% dan ortiq kadrlar ayollar. Bu ham ta'lim sifatiga nisbatan salbiy ta'sir etadi deb o'ylamiz. Ayol ustozlar orasida ham iqtidorlilari juda ko'p.

Pul qayerda bo'lsa, malakali kadrlar ham o'sha yerda bo'lishi tabiiy. Bu nazariyani hatto ta'lim tizimi ham istisno etishi ancha mushkul masala. Xodim olayotgan oyligiga yarasha ehtiyojini qondirmayaptimi, demak shunga yarasha ishlashni boshlaydi yoki ehtiyojini qondiradigan joyga tortiladi.

Ko'rsatuvni ko'rishni tavsiya qilaman.

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube
23.8K views14:56
Ochish/sharhlash
2023-11-08 17:18:06 #mulohaza

O'qituvchilar orasida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi saytini bilmaydigan ustozlarning borligi ancha achinarli

Hozirgi kunda 500 mingdan ortiq o'qituvchilar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida faoliyat yuritishi aytiladi. Lekin shulardan qancha qismi vazirlikning rasmiy manbalarini bilishmas ekan-a? Qiziq savol.

Chunki o'z faoliyatlari bilan bog'liq muammolarda, ayniqsa dars soatlari va oylik, ustama bilan bog'liq masalada ular ko'pincha blogerlar yoki xususiy advokatlarga murojaat qilishadi. Biroq vazirlik allaqachon o'z ishonch telefonlarini ishga tushirgan, hatto vazir ham o'z telegram sahifasida murojaatlarga muhim darajada qarashini bilidirgan.

Albatta, hamma o'qituvchilar emas, lekin oramizda shunday ustozlar ham bor ekanki, o'zlari faoliyat yuritayotgan vazirlik rasmiy manbalarini umuman bilishmaydi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining rasmiy sayti: uzedu.uz

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube
28.8K views14:18
Ochish/sharhlash
2023-11-07 06:56:28
#mulohaza

O'rtacha darajali ustoz so'zlab beradi. Yaxshirog'i tushuntiradi. Zo'r ustoz ko'rsatib beradi. Buyuk ustozlar esa ilhomlantiradi.

Villiyam Artur Vard

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube
25.7K views03:56
Ochish/sharhlash