Get Mystery Box with random crypto!

Raqamli pedagogik xizmatlar

Telegram kanalining logotibi raqamli_pedagogik_xizmatlar — Raqamli pedagogik xizmatlar R
Kanaldagi mavzular:
Yangiliklar
Qonunchilik
Telegram kanalining logotibi raqamli_pedagogik_xizmatlar — Raqamli pedagogik xizmatlar
Kanaldagi mavzular:
Yangiliklar
Qonunchilik
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 91.34K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanal maktabgacha va maktab ta'limi xodimlariga raqamli pedagogik xizmatlar ko‘rsatish maqsadida yaratildi.
Faqat reklama uchun: 998991131508

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 23

2023-10-24 15:04:21
#metodik_tavsiya



O'quvchilaringizni baholash yoki rag'batlantirish uchun balki shunday ajoyib yulduzchalardan foydalanarsiz?

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube
35.0K views12:04
Ochish/sharhlash
2023-10-23 09:52:05
#happy_time

Kuzgi barglardan ajoyib kreativlik yaratish

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube
52.8K views06:52
Ochish/sharhlash
2023-10-23 07:10:24 #bilasizmi

Yangi joriy qilinayotgan 100 balli baholash tizimi haqida batafsil

Yangi baholash tizimiga ko‘ra 100 ball o‘qituvchi tomonidan formativ baholash (10 ball) va yig‘ma baholash (90 ball) asosida to‘planadi.

100 balldan 10 ball o‘qituvchi tomonidan qo‘yiladi, subyektiv baho. Bu darsga tayyorgarlik, uy vazifasini bajarish va dars vaqtidagi faollik uchun beriladi. O‘qituvchi bitta o‘quvchiga 3−4 ta shunday baho qo‘yishi va chorak yakunida ulardan o‘rtacha ball chiqarishi mumkin. Qolgan 90 ballni o‘quvchining o‘zi to‘playdi.

O‘qituvchi tomonidan qo‘yiladigan 10 ball o‘quvchining darsdagi ishtiroki (6 ball) va uyga vazifani bajarganlik (4 ball) uchun beriladi.

Yig‘ma baholash uchun topshiriqlar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazida tayyorlanadi va mamlakatdagi yangi tizim joriy etilgan barcha maktablarga tarqatiladi. Topshiriqlar testlar, loyihalar, laboratoriya ishlari va boshqalardan iborat.

O‘quvchilar haftasiga kamida 2 soat o‘qitiladigan fanlardangina 100 ball to‘plashi kerak bo'ladi. Haftasiga 1 soat ajratilgan fanlardan (masalan, tasviriy san’at, musiqa) olti oyda (ikki chorak davomida) 100 ball to‘plash talab etiladi.

eMaktab (sobiq kundalik.com) platformasida direktor yoki o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan tanlanadigan “Standart” yoki “Mezonga asoslangan” funksiyasi paydo bo‘ldi. Bu funksiya yangi tizim tajribadan o‘tkazilayotgan maktablarning 5−11 sinflari uchun joriy qilingan. Bu hali boshlang‘ich sinflarda joriy etilmadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 500 ta umumta’lim maktabida baholashning mezonga asoslangan tizimini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube
19.4K views04:10
Ochish/sharhlash
2023-10-19 17:19:05 #ustama

Kimyo va biologiya fani o'qituvchilari uchun quyidagi xalqaro va milliy darajadagi sertifikatlar bo'yicha ustama belgilanadi:

- GRE (Quantitative Reasoning) - 155 ball
- SAT subject score - 640
- Milliy sertifikat - 80

Eslatma: milliy darajadagi sertifikat 3 yil muddat davomida amal qiladi.

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube
23.2K views14:19
Ochish/sharhlash
2023-10-19 12:52:03 #yangiliklar

Yuqori sinflar uchun 4 ta yo‘nalishda tanlov fanlari belgilandi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova maʼlum qildi.

4 ta yo‘nalishdagi tanlov fanlari:

matematika-fizika;
ona tili-chet tili;
kimyo-biologiya;
matematika-chet tili etib belgilandi.

Hozirda matematika-fizika yo‘nalishida 16 ta, ona tili-chet tili yo‘nalishida 51 ta, kimyo-biologiya yo‘nalishida 40 ta, matematika-chet tili yo‘nalishda 30 ta sinflarda o‘quvchilar o‘zlari qiziqqan yo‘nalishlari bo‘yicha taʼlim olmoqda.

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube
27.2K viewsedited  09:52
Ochish/sharhlash
2023-10-19 11:26:11 #malaka_oshirish

Savol: malaka oshirishda 18 kreditdan ortiqcha to'plangan ballar kelasi yilga o'tadimi?

Javob: Malaka oshirish sertifikatini olish uchun rahbar xodim 15 kredit, pedagog xodim 18 kredit to'plashi kerak. Belgilangan normadan ortiqcha to'plangan kredit ballari faqat shu yil uchun amal qiladi.

P.S: Ortiqcha ball kelasi yilga o'tkazilmaydi. Bu faqat xodimning o'z xohishiga ko'ra ko'proq malaka oshirishi hisoblanadi.

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube
25.4K views08:26
Ochish/sharhlash
2023-10-18 19:26:33 #bilasizmi

Ishlaydigan talabalarga ham sertifikat uchun ustama to‘lanadi

Milliy sertifikat olgan talaba-o‘qituvchilarga ham boshqa o‘qituvchilarga to‘langani kabi sertifikat uchun ustama to‘lanadi. Talaba bo‘lgani uchun ularga alohida qoida qo‘llanilmaydi.

Qonunga ko'ra umumta'lim fanlaridan milliy sertifikatlar uchun o‘qituvchilarga 20 foiz, xalqaro sertifikatlar uchun esa 50 foiz ustama to‘lanadi.

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube
28.4K views16:26
Ochish/sharhlash
2023-10-18 17:33:01
#happy_time

Bu hazilni ingliz tili ustozlari yaxshi tushunishadi

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube
30.5K views14:33
Ochish/sharhlash
2023-10-18 16:33:26
Ustoz va murabbiylar uchun 1 000 000 SO'M CHEGIRMA

Azizlar, o'qituvchi, tarbiyachi, murabbiy, ustoz va barcha ta'lim sohasida shijoatli mehnat qilayotgan vatandoshlarimizdan varikoz bo'yicha ko'plab shikoyatlar kelayotgani sababli, men ushbu insonlar uchun har bir lazerli amaliyotga 1 000 000 so'm chegirma taqdim etishga qaror qildim.

Do'stlar, ushbu videoni Siz bilgan va varikozdan aziyat chekayotgan o'qituvchi, tarbiyachi, murabbiy, ustoz va barcha ta'lim sohasida mehnat qilayotgan tanishlarimizga yuborib qo'yamiz va ularning varikozdan xalos bo'lishlariga sababchi bo'lamiz.

Qabulga yozilish uchun: +998 91 828-01-01

Telegram | Instagram | Facebook
28.0K views13:33
Ochish/sharhlash
2023-10-18 08:51:18
#bilasizmi

Videoda olma Koanda effekti tufayli ucha oladi va portlaydi. Bu qiziq va jumboqli.

Dunyoda biz bilmagan, biz ko‘rmagan, biz tushunmagan jumboqlar ko‘p. Fizika ustozlari bunday ma'lumotlar orqali darsingizni yanada qiziqarli tarzda o'tishingiz mumkin.

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube
29.2K views05:51
Ochish/sharhlash