Get Mystery Box with random crypto!

Raqamli pedagogik xizmatlar

Telegram kanalining logotibi raqamli_pedagogik_xizmatlar — Raqamli pedagogik xizmatlar R
Kanaldagi mavzular:
Yangiliklar
Qonunchilik
Telegram kanalining logotibi raqamli_pedagogik_xizmatlar — Raqamli pedagogik xizmatlar
Kanaldagi mavzular:
Yangiliklar
Qonunchilik
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 91.34K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanal maktabgacha va maktab ta'limi xodimlariga raqamli pedagogik xizmatlar ko‘rsatish maqsadida yaratildi.
Faqat reklama uchun: 998991131508

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 19

2023-11-22 07:23:59 Maktabda nechta kutubxonachi ishlashi kerak?

Xalq taʼlimi vazirligining Moliya hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda imzolagan (28.12.2019) 406-sonli buyrug‘iga ko‘ra umumtaʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlari belgilangan.

Mazkur meʼyoriy hujjatga muvofiq kutubxonachi hamda kutubxona mudiri lavozimi yuqori sinf komplektlari soniga qarab quyidagi miqdorlarda kiritiladi:

Kutubxonachi lavozimi:

1-10 tagacha sinf komplektlari bo‘lganda 0,5 shtat birlik;

11-16 tagacha sinf komplektlari bo‘lganda 1 shtat birlik;

Kutubxona mudiri lavozimi:

17-29 tagacha sinf komplektlari bo‘lganda 1 shtat birlik.

Sinf komplektlari soni 30 va undan yuqori bo‘lganda 1 shtat birlik kutubxona mudiri va 0,5 shtat birlik kutubxonachi lavozimi kiritiladi.

Manba

telegram | facebook | youtube
31.1K views04:23
Ochish/sharhlash
2023-11-20 15:01:21 Yo'llar bo'yida joylashgan maktablar oldida qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus foto-video qayd etish vositalari o'rnatiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-noyabrdagi 197-sonli Farmoniga asosan, ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi 190-son qaroriga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:

yo‘llar bo‘yida joylashgan maktablar oldida, kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida hamda yo‘l-transport hodisalar o‘choqlarida belgilangan tezlikni oshirish, piyodalarni o‘tkazmaslik va fuqarolarning yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tishi kabi qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus foto-video qayd etish vositalari o‘rnatiladi.

telegram | facebook | youtube
24.3K viewsedited  12:01
Ochish/sharhlash
2023-11-20 12:50:34 «Dunyo» AA va Xitoyning Chet tillarda adabiyotlarni nashr etish va tarqatish boshqarmasi huzuridagi Yevropa va Osiyo uchun radioeshittirish markazi o'rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.

Bu Memorandum nimalarni ko'zda tutadi? Reportajimiz orqali ma'lumot olishingiz mumkin.



50.4K views09:50
Ochish/sharhlash
2023-11-20 08:29:34
#yangiliklar

Toshkent shahridagi maktab direktori o‘quvchini tartibga chaqirgan hamda uni tepib, haqorat qilgan


Poytaxtdagi 217-maktabda ikki sinfdosh janjal oqibatida mushtlashgan. Direktor bolalarning biriga tanbeh berarkan, uni tepib, haqorat qilgan va yuziga tarsaki tushirgan. Holatni huquq-tartibot idoralari o‘rganyapti.

Bu yerda yana OAV faqat direktor, maktab fokusidan yoritibdi. Lekin masalani o'quvchi tomonidan ham yoritish, nima aynan direktorni shu darajaga majbur qildi degan mulohazalar ham yoritilishi kerak.

https://t.me/raqamli_pedagogik_xizmatlar
26.6K views05:29
Ochish/sharhlash
2023-11-20 08:06:59 ​​​​Ҳаёт бебаҳо ва у қайта берилмайди!

Инсон тугамайдиган ҳаёт ташвишлари билан бир умр курашади. Гўёки, бир кун келадию хамма ташвишлари тугаб ўзи ҳоҳлагандек яшайман деб ўйлайди. Аммо ўша кун келмаслиги хам мумкин. Келган тақдирда хам ўша кунларнингда ўзига яраша ташвиши бўлади...

Шунинг учун, яшашни бугундан бошлаш керак. Ширин ҳаётингизни ўзингиз учун бебаҳо деб билинг ва бир дақиқасини хам зоя кетказманг!
23.4K views05:06
Ochish/sharhlash
2023-11-19 10:00:53 #Bilasizmi

Xususiy maktablarda 5 mingdan ortiq o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda


Statistika agentligining so‘ngi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan 194 ta nodavlat umumta’lim tashkilotlarida 5 014 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda.

Nodavlat umumta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning umumiy soni 2018/2019 o‘quv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 3 381 nafarga yoki 3,1 barobarga ko‘paygan.

Yillar kesimida nodavlat umumta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning umumiy soni:

— 2018/2019-o‘quv yili boshiga – 1 633 kishi

— 2019/2020-o‘quv yili boshiga – 2 353 kishi

— 2020/2021-o‘quv yili boshiga – 2 859 kishi

— 2021/2022-o‘quv yili boshiga – 3 578 kishi

— 2022/2023-o‘quv yili boshiga – 5 014 kishi

https://t.me/raqamli_pedagogik_xizmatlar
26.9K views07:00
Ochish/sharhlash
2023-11-19 08:59:02 Assalomu alaykum!
Chegirmalar mavsumi boshlandi!!
#Respublika konferensiyalarimizga 3 ta maqola yuboring va 4-sini bepul nashr qildiring.

#Impakt faktorli jurnallar 159000 dan boshlanadi.

#Quyidagi
kanallardan o'zizga kerakli jurnalni tanlang.  Kanallar ustiga bosib jurnallarni ko'ring va reklamasini bizga yuboring



1. Imfakt faktorli jurnallar @impaktfaktor01

2. Respublika va xalqaro jurnallar
@journalxr

3. Oak ro'yhatidagi jurnalllar
https://t.me/OAK_jurnal01

4. Xalqaro va Respublika konferensiyalari:
https://t.me/ekonferensiya

Maqola yozish xizmati mavjud!
24.8K views05:59
Ochish/sharhlash
2023-11-19 08:41:33
“Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” tanlovida g’olib bo’lgan direktorlar Angliyaning Portsmut shahriga 2 hafta davomida malaka oshirish uchun jo’nab ketishdi

Angliyaning Portsmut universiteti bilan hamkorlikdagi mazkur dastur birinchi marta o’tkazilayotgan bo’lib, g’oliblar dastur doirasida Angliyadagi Portsmut universitetida treninglarda ishtirok etishadi va 2 kun davomida Angliyadagi maktablarda direktor sifatida ham amaliyot o’tashadi.

Ular keyinchalik Angliyada o’rgangan tajribalarini boshqa maktab direktorlari bilan bo’lishishlari ko’zda tutilgan.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

telegram | facebook | youtube
24.5K viewsedited  05:41
Ochish/sharhlash
2023-11-18 16:43:53
Ajoyib kreativlik! Shunday emasmi?

Ingliz tili ustozlari reaksiya qoldiramiz
15.9K viewsedited  13:43
Ochish/sharhlash
2023-11-18 15:41:34 #Bilasizmi

Bugungi kunda sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun quyidagi miqdorda qo‘shimcha haq to‘lab berilmoqda:


15 nafar o‘quvchigacha — 258 ming 720 so‘m;

16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha — 309 ming 680 so‘m;

21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha — 361 ming 620 so‘m;

26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha — 412 ming 580 so‘m;

31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda — 517 ming 440 so‘m.

Joriy yil 1-dekabridan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar oshirilishi hisobiga sinf rahbarligi uchun quyidagicha haq to'lanadi:

15 nafar o‘quvchigacha — 277 ming 200 so‘m;

16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha — 331 ming 800 so‘m;

21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha — 387 ming 450 so‘m;

26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha — 442 ming 050 so‘m;

31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda — 554 ming 400 so‘m.

https://t.me/raqamli_pedagogik_xizmatlar
21.3K viewsedited  12:41
Ochish/sharhlash