Get Mystery Box with random crypto!

Raqamli pedagogik xizmatlar

Telegram kanalining logotibi raqamli_pedagogik_xizmatlar — Raqamli pedagogik xizmatlar R
Kanaldagi mavzular:
Yangiliklar
Telegram kanalining logotibi raqamli_pedagogik_xizmatlar — Raqamli pedagogik xizmatlar
Kanaldagi mavzular:
Yangiliklar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 92.31K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanal maktabgacha va maktab ta'limi xodimlariga raqamli pedagogik xizmatlar ko‘rsatish maqsadida yaratildi.
Faqat reklama uchun: 998991131508

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 161

2021-12-13 07:01:44 #attestatsiya

#Savol:
Assalom alaykum! Navbatdan tashqari attestatsiyaga qatnashmoqchi edim zavuchimiz "Man ro‘yxatni RayONOga berdim, endi kech"- dedi shu ishi to‘g‘rimi? Kecha pedagogik yig‘ilish qilib, zavuchimiz attestatsiyaga qatnashuvchilar ro‘yxatini o‘qib eshittirdi. Ikki kishi navbatdagi, yana ikki kishi navbatdan tashqari qatnashadi, o‘qituvchilarni ismi bilan aytdi. "Men ham navbatdan tashqari atestatsiyaga qatnashmoqchiman deganimda", "Siz kech qoldingiz, endi sentyabrda bo‘ladiganiga qatnashasiz"- dedi. Nima qilsam yanvardagi attestatsiyaga qatnashaman zavuchimiz ro‘yxatni topshirib bo‘ldim deyapti.

Ushbu savolga Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i Safarali Xamrayev tomonidan javob berildi.

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |
49.1K views04:01
Ochish/sharhlash
2021-12-13 05:30:40
49.1K views02:30
Ochish/sharhlash
2021-12-12 10:13:38 #LMS_yangiliklari

Xabaringiz bor, “Uzluksiz kasbiy ta’lim” platformasida ro’yxatdan o’tishning so’nggi muddati 12-dekabr etib belgilangan edi. Biroq ustozlarimizdan kelayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda va ularga yanada qulaylik yaratish maqsadida platformada ro’yxatdan o’tish muddatini 20-dekabrga qadar uzaytirilganini ma’lum qilamiz.

Hurmatli ustozlar! Sizlardan imkon qadar tezroq belgilangan muddatda (uzaytirilgan muddatning ham so’nggi kunini kutmasdan, hoziroq) ro’yxatdan o’tishingizni va Reyestr qismidagi kelasi yil uchun o’zingizga maqul kelgan malaka oshirish shaklini tanlashingizni so’rab qolamiz.

Ma'lumot uchun tizimda ro'yxatdan o'tish faqat bir marta amalga oshiriladi va bu pedagogik faoliyatingizning yakuniga qadar amal qiladi. Ya'ni har yili qayta-qayta ro'yxatdan o'tishingiz shart emas.

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |
103.8K views07:13
Ochish/sharhlash
2021-12-12 07:29:58 DIQQAT ustozlar!!!

2021-yilning 1-oktabridan boshlab hozirgi vaqtda “Uzluksiz kasbiy ta’lim” platformasida umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinf o’qituvchilari sinov tariqasida malaka oshirishni boshladilar. Shu sababli ayni paytda faqat umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun platformada malaka oshirish kurslari faollashtirilgan. (Ya’ni shu yil oxiri 31-dekabrgacha platformada faqat boshlang’ich sinf o’qituvchilari malaka oshirishlari mumkin.)

Qolgan barcha fan o’qituvchilari ro’yxatdan o’tishlari so’raladi va ular uchun malaka oshirish kurslari 2022-yil yanvar oyidan boshlanadi.

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |
61.0K views04:29
Ochish/sharhlash
2021-12-12 06:47:03
Maktablarda kompyuter sinflari soni qancha?

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2020/2021 o‘quv yili boshiga kompyuter sinflariga ega bo‘lgan umumtaʼlim muassasalari soni 9923 tani tashkil etgan.

Mazkur umumtaʼlim muassasalarida jami 13240 ta kompyuter sinflari mavjud.

Yillar kesimida umumtaʼlim muassasalaridagi kompyuter sinflari soni:

2017/2018 o‘quv yili boshiga – 11 821 ta

2018/2019 o‘quv yili boshiga – 12 165 ta

2019/2020 o‘quv yili boshiga – 12 630 ta

2020/2021 o‘quv yili boshiga – 13 240 ta

30 yilda umumtaʼlim muassasalari soni 1624 taga ko‘paygan.

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |
48.7K views03:47
Ochish/sharhlash
2021-12-11 19:41:52 MOBIL qurilma (telefon) orqali "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasidan foydalanish bo'yicha bosqichma- bosqich video qo'llanma

"Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasini izlab topish va unga kirish bo'yicha videoyo'riqnoma;

"Uzluksiz kasbiy ta'lim platformasi"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha batafsil video yo'riqnoma;

"Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida yaratilgan yangi akkaunt (profil) ga shaxsiy ma'lumotlarini kiritish bo'yicha batafsil video yo'riqnoma;

"Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida diagnostika testidan o'tish va profil bilan tanishish bo'yicha batafsil videoyo'riqnoma;

"Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasidagi parolni tiklash bo'yicha batafsil yo'riqnoma (Parolni unutdim, nima qilsam bo'ladi?);

"Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasida MALAKA OSHIRISHNI boshlash: Kerakli kursni tanlash bo'yicha batafsil videoyo'riqnoma;

"Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasida kurs o'qishni boshlash va uni yakunlash bo'yicha batafsil videoyo'riqnoma;

"Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida belgilangan kreditlarni to'plash va MALAKA OSHIRISH SERTIFIKATINI OLISH bo'yicha batafsil videoyo'riqnoma;

"Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida keyingi yil malaka oshirish turini belgilash (Reyestr) haqida batafsil videoyo'riqnoma;

"Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasi orqali olingan sertifikatni haqiyqiy ekqnligini tekshirish bo'yicha videoyo'riqnoma.

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |
26.3K views16:41
Ochish/sharhlash
2021-12-11 19:41:43
47.6K viewsedited  16:41
Ochish/sharhlash
2021-12-11 17:35:17 Live stream finished (1 hour)
14:35
Ochish/sharhlash
2021-12-11 16:01:27 Live stream started
13:01
Ochish/sharhlash
2021-12-11 15:14:05 Live stream scheduled for Dec 11 at 13:00
12:14
Ochish/sharhlash