Get Mystery Box with random crypto!

Raqamli pedagogik xizmatlar

Telegram kanalining logotibi raqamli_pedagogik_xizmatlar — Raqamli pedagogik xizmatlar R
Kanaldagi mavzular:
Yangiliklar
Telegram kanalining logotibi raqamli_pedagogik_xizmatlar — Raqamli pedagogik xizmatlar
Kanaldagi mavzular:
Yangiliklar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 92.31K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanal maktabgacha va maktab ta'limi xodimlariga raqamli pedagogik xizmatlar ko‘rsatish maqsadida yaratildi.
Faqat reklama uchun: 998991131508

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 17

2023-12-07 05:25:37
Диагностика тестини топшираётган фан ўқитувчиларига имкон даражасида кенг экранли гаджетлар, яъни, компьютер, ноутбук ва планшетлардан фойдаланишлари тавсия қилинади.

Шу билан бирга, қурилманинг браузеридаги авто таржимон функциясини ўчириб қўйишлари сўралади.

Миллий-тадқиқот институтининг расмий саҳифаларини кузатиб боринг

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
19.9K views02:25
Ochish/sharhlash
2023-12-07 05:25:37 А.Авлоний номидаги миллий-тадқиқот институтида ташкил этилган диагностика жараёнлари юзасидан йўлланган мурожаатлар, шикоятлар ўрганилиб, хорижий ва маҳаллий холис экспертларни жалб этган ҳолда платформадаги тестлар мазмуни жиҳатидан яна бир марта кўриб чиқилди.

Кўриб чиқиш жараёнида платформага жойлаштирилган тестлар мазмун жиҳатдан тестология талаблари асосида шакллантирилганлиги аниқланди.

Ўқитувчиларга тестларнинг нотўғри шаклда кўриниши ҳолатлари ўрганилганда диагностика тестида компьютер ҳамда мобиль телефондан фойдаланиш вақтида техника билан боғлиқ масалалар мавжудлиги ҳам аниқланди.

Яъни, мобиль телефондан фойдаланганда баъзи телефон экранининг кенгайтмаси ва узунлиги фарқи кичикроқ бўлганлиги боис, баъзи сўзларнинг формати ўзгарган ҳолда кўриниш ҳолатлари учраб турибди.

Шунингдек, сўзларнинг мазмуни, бир бирига боғлиқлиги, ўзгариб кетганлиги тўғрисидаги ҳолатлар ўрганилганда ўқитувчи қурилмасида ўрнатилган браузернинг саҳифани тўғридан-тўғри таржима қилиш (авто переводчик) функцияси ёниқ турганлиги боис тестларнинг лотиндан кириллга ёки ўзбек тилидан рус тилига ҳамда рус тилидан ўзбек тилига автоматик равишда таржима қилиб юборилган ҳолатлар аниқланди.

Бу эса тест саволларининг мазмуни ўзгариб, грамматик ва орфографик хатоликлар, ғализ жумлалар сифатида намоён бўлишига олиб келган.

Диагностика тестини топшираётган фан ўқитувчиларига имкон даражасида кенг экранли гаджетлар, яъни, компьютер, ноутбук ва планшетлардан фойдаланишлари тавсия қилинади.

Шу билан бирга, қурилманинг браузеридаги авто таржимон функциясини ўчириб қўйишлари сўралади.

Миллий-тадқиқот институтининг расмий саҳифаларини кузатиб боринг

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
19.8K views02:25
Ochish/sharhlash
2023-12-05 20:24:31 https://t.me/KuchkinovKorgazmalar
PEDAGOGIK KO‘RGAZMALAR.
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonning barcha hududlari.
Online Magazin.
Barcha fan õo‘qituvchilari uchun ko‘rgazmalar va tarqatmaslar.
Murojaat uchun
Murojaat uchun: @Thesose
Tel: +998 99 717 96 73
Tel: +998 33 178 09 09
Maktab fanlari bo‘yicha ko‘rgazmalar
RO‘YXATI:
Boshlang‘ich:
Matematika:
Ona tili va Adabiyot:
Astronomiya:
Biologiya:
Fizika:
Huquq:
Informatika:
Ingliz tili:
Iqtisod:
Jismoniy Tarbiya:
Kimyo:
Psixologiya:
Raqs:
Tasviriy sanat:
Rus tili:
Tarbiya:
Tarix:
PEDAGOGIK KO‘RGAZMALAR.
31.4K views17:24
Ochish/sharhlash
2023-12-03 12:58:46 Hurmatli ustozlar!

Xabaringiz bor, joriy yilning 4-dekabr sanasidan diagnostika test jarayonlari boshlanadi.

4-dekabr kuni quyidagi fanlar bo'yicha diagnostika testi o'tkaziladi:

Ona tili va adabiyoti
Qoraqalpoq tili va adabiyoti
Rus tili (o'zbek va qardosh tillardagi sinflarda)

Hurmatli ustozlar, test jarayonlari boshlangunga qadar "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasidagi (onlinedu.uz) akkauntlaringizni tekshirib qo'yishingizni so‘raymiz!

Ma'lumot uchun:

Platformadan foydalanish bo'yicha videoyo'riqnomalar: https://t.me/video_yoriqnoma

Adminlardan tezkor javob olish: @onlinedu_uz_bot

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
22.6K views09:58
Ochish/sharhlash
2023-12-03 11:47:32 Maktab o‘qituvshilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini diagnostikadan o‘tkazishdan asosiy maqsad o‘qituvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash orqali malaka oshirish kurslarini takomillashtirishdan iborat.

Bunda diagnostika natijalari asosida tabaqashtirilgan o‘quv reja va dasturlari ishlab chiqilishi va bunda diagnostika natijalari guruhlarga ajratilgan hamda ushbu guruhlarga mos o‘quv reja va dasturlarining ishlab chiqilishi nazarda tutiladi.

Diagnostika jarayonlari “Uzluksiz kasbiy ta’lim” platformasi orqali onlayn  ravishda va test shaklida o‘tkaziladi, unda o‘qituvchilar o‘zlarining ish joylarida va qulay sharoitlarda testlarni kompyuter orqali topshirishlari mumkin.

Shuningdek, barcha gadjetlar, ya’ni, telefon, planshet, noutbuklar yordamida mobil versiyalar orqali ham testlarni topshirish imkoniyatlari yaratiladi.
19.7K views08:47
Ochish/sharhlash
2023-12-02 15:30:03
#Diqqat

Diagnostika testiga ilk tayyorgarlik: “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasidan roʻyxatdan oʻtish boʻyicha YOʻRIQNOMA


Xabaringiz bor, joriy yilning 4-15 dekabr kunlari oʻtkaziladigan Diagnostika jarayonlari “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi orqali onlayn ravishda tashkil etiladi.

A.Avloniy nomidagi milliy- tadqiqot instituti tomonidan pedagoglarning diagnostika testini topshirishlari boyicha videoyo‘riqnoma ishlab chiqildi.

Diagnostika testida o‘qituvchilar o‘zlarining ish joylarida va qulay sharoitlarda testlarni topshirishlari mumkin. Testlarni barcha gadjetlar, ya’ni, kompyuter, telefon, planshet, noutbuklar yordamida topshirish imkoniyatlari yaratilgan.

Maktab o‘qituvshilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini diagnostikadan o‘tkazishdan asosiy maqsad, o‘qituvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash orqali malaka oshirish kurslarini tashkil etishdir.

YO‘RIQNOMA matn shaklda

Murojaat va savollarga @onlinedu_uz_bot orqali javob beriladi.

Eslatib o'tamiz, platformadan ro'yxatdan o'tgan pedagoglar to'g'ridan-to'g'ri diagnostika testlarida qatnashishlari mumkin.

Manba

telegram | facebook | youtube
24.0K views12:30
Ochish/sharhlash
2023-12-02 11:27:06
O‘qituvchilarini diagnostika testidan o‘tkazish yuzasidan berilgan eng dolzarb savollarga javoblar

Prezident aytganidek, diagnostika testida past natija ko‘rsatgan o‘qituvchilar haqida o‘zi o‘qigan oliygohga e'tiroz yuboriladimi?

Test yechish uchun o‘qituvchilarga 1 soat vaqt berilyapti, bu vaqtda ular 50 ta testni yechishga ulguradimi?

Talabalar va o‘rindoshlik asosida ishlayotgan o‘qituvchilar diagnostika jarayoniga jalb qilinadimi?

Maktab rahbar xodimlari va ayrim fan o'qituvchilari diagnostika testida qatnashmaydimi?

Yuqoridagi savollarga ushbu videolavhani ko‘rib javob topishingiz mumkin.

Manba

telegram | facebook | youtube
31.6K views08:27
Ochish/sharhlash
2023-12-01 16:02:02
#metodik_tavsiya

O'quvchilarga kasrlarni oddiy va obrazli tarzda o'rgatish uchun ajoyib metod ekan. Bu orqali bola kasr sonlarning mohiyatini sodda usulda bilib oladi.

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube
31.3K views13:02
Ochish/sharhlash
2023-12-01 15:02:01
Preparatory Courses at Central Asian University

Take your chance to receive an excellent education and a confident start in university life!

Apply for admission today on our website and join the CAU family!

Direct number of the Admissions Department: 71 208-12-34

___________

Central Asian Universiteti Tayyorlov kurslari

A’lo darajadagi bilimlarni va universitet hayotiga ildam qadam qo‘yish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Saytimizda o‘quv kursiga kirish arizasini bugunoq to‘ldiring va CAU oilasiga qo‘shiling!

Abituriyentlar bilan ishlash bo‘limining to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqami: 71 208-12-34

https://www.centralasian.uz/preparatorycourses
25.0K views12:02
Ochish/sharhlash
2023-11-30 09:46:54 Maktab o‘qituvchilarini diagnostika testidan o‘tkazish muddatlari bilan tanishing

Demak, 4–15-dekabr kunlari respublika bo'yicha barcha o‘qituvchilar o‘zlari dars beradigan asosiy fan bo‘yicha test topshiradilar. Fan o'qituvchilarini diagnostika testidan o‘tkazish muddatlari quyidagicha:

4-dekabr kuni

O‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari (ona tili va adabiyoti);
Qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari.

4–5-dekabr kunlari

Rus tili fani (o‘zbek va qardosh tillardagi sinflarda) o‘qituvchilari.

5–6-dekabr kunlari

Ingliz tili fani o‘qituvchilari;
Nemis tili fani o‘qituvchilari.

6-dekabr kuni

Fransuz tili fani o‘qituvchilari;
Davlat (o‘zbek) tili fani o‘qituvchilari;
Davlat (qoraqalpoq) tili fani o‘qituvchilari;
Kimyo fani o‘qituvchilari;
Rus tili va adabiyoti fani (rus sinflarda) o‘qituvchilari;
Umumta’lim maktablari amaliyotchi psixologlari.

7-dekabr kuni

Biologiya fani o‘qituvchilari;
Geografiya fani o‘qituvchilari;
Fizika fani o‘qituvchilari.

7–9-dekabr kunlari

Matematika fani o‘qituvchilari.

9-dekabr kuni

Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari.

9–11-dekabr kunlari

Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari.

11-dekabr kuni

Tarix fani o‘qituvchilari;
Davlat va huquq asoslari fani o‘qituvchilari;
Musiqa madaniyati fani o‘qituvchilari.

11–12-dekabr kunlari

Tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchilari.

12-dekabr kuni

Texnologiya fani o‘qituvchilari;
Iqtisodiy bilim asoslari fani o‘qituvchilari;
Tarbiya fani o‘qituvchilari;
Maxsus maktab internatlari tarbiyachilari.

13–15-dekabr kunlari

Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari (o‘zbek sinflarda).

15-dekabr kuni

Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari (qoraqalpoq sinflarda);
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari (rus sinflarda).

@xalqtaliminfo

telegram | facebook | youtube
68.8K viewsedited  06:46
Ochish/sharhlash