Get Mystery Box with random crypto!

Raqamli pedagogik xizmatlar

Telegram kanalining logotibi raqamli_pedagogik_xizmatlar — Raqamli pedagogik xizmatlar R
Kanaldagi mavzular:
Yangiliklar
Qonunchilik
Telegram kanalining logotibi raqamli_pedagogik_xizmatlar — Raqamli pedagogik xizmatlar
Kanaldagi mavzular:
Yangiliklar
Qonunchilik
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 91.34K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanal maktabgacha va maktab ta'limi xodimlariga raqamli pedagogik xizmatlar ko‘rsatish maqsadida yaratildi.
Faqat reklama uchun: 998991131508

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 21

2023-11-03 12:57:51 #yangiliklar

Kelgusi yil uchun kirish test sinovlarida tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

Bilimni baholash agentligi tomonidan oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati e’lon qilindi.

O‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati asosida shakllantirilgan.

Darsliklar 2023-2024-o‘quv yilida umumta’lim maktablari hamda akademik litseylarni bitiruvchi o‘quvchilar va boshqa abituriyentlarning OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan.

O‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati bilan https://uzbmb.uz/info/textbooks manzili orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda tanishishlari mumkin.
24.4K viewsedited  09:57
Ochish/sharhlash
2023-11-03 12:14:48 https://t.me/Informatika_darslari
23.4K views09:14
Ochish/sharhlash
2023-11-02 14:50:08
#yangiliklar

Maktablarda kuzgi ta'til 4-noyabrdan boshlanadi

Maktab o‘quvchilari uchun I chorakning so‘nggi kuni 3-noyabrga to‘g‘ri kelib, 4-noyabr kuni kuzgi ta’tilning ilk kuni sanaladi. Ta’til 6 kalendar kun, ya’ni 9-noyabrgacha davom etadi. II chorak esa 10 noyabrdan boshlanadi.

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube
58.7K views11:50
Ochish/sharhlash
2023-11-01 15:46:28 #yangilik

Endi pensiyaga chiqish uchun ortiqcha hujjat yig'ishingiz shart bo'lmaydi

Ushbu haftaning eng qaynoq yangiliklaridan biri bo'libdi.
2025-yil 1-martdan boshlab 60 yoshga yetgan erkaklarga va 55 yoshga yetgan ayollarga pensiyalar, shu kunning oʻzida “avtomatik” tarzda, yaʼni biror-bir turdagi hujjat talab etmagan holda tayinlanadi.

Bunda, shaxsga oid maʼlumotlar (fuqaroning yoshi, jinsi), ish staji, ish haqi (toʻlangan ijtimoiy soliq summasi) va oila tarkibi (turmush oʻrtogʻi va farzandlari) Adliya vazirligi, Bandlik vazirligi hamda Soliq qoʻmitasining elektron bazalaridan olinadi.

Natijada fuqarolarga pensiya tayinlash uchun qoʻshimcha hujjatlar yigʻish hamda oʻzi istiqomat qiluvchi Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlinmasiga murojaat qilish talab etilmaydi hamda pensiya yoshiga yetgan fuqaroga, shu kunning oʻzida pensiya “avtomatik” tarzda tayinlangandan soʻng, fuqaroning mobil aloqa vositasiga maʼlumot yuboriladi.

Pensiya yoshiga yetgan, ammo pensiyaga chiqmasdan ish faoliyatini davom ettirish istagida boʻlgan yoki pensiya miqdoridan norozi boʻlgan fuqarolarga “avtomatik” tayinlangan pensiyani toʻxtatish huquqi berilmoqda.

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube
24.4K views12:46
Ochish/sharhlash
2023-11-01 07:57:52
#mulohaza

Biz oldin miyani to'ydiraylik, so'ngra u qorinni to'yg'azadi.

Yapon xalq maqoli

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube
26.9K views04:57
Ochish/sharhlash
2023-11-01 07:01:01 #qiziq_faktlar

Dunyo mamlakatlaridagi maktablarda uyga vazifalar berilishi haqida qiziqarli faktlar

So’nggi vaqtlarda jahonning ko’plab mamlakatlarida uyga vazifalarning samarasi borasida bir qancha turli fikrlar shakllanmoqda. Ba’zi davlatlarda ularni qisqartirishayotgan bo’lsa, ba’zilarida butunlay voz kechishmoqda.

AQShning ko’plab maktablarida uyga vazifalar berish beshinchi sinfdan boshlanadi va o’quvchilar ularni bajarish uchun haftada olti soat sarflashadi. Buyuk Britaniya, Germaniya, Shvetsariya va yana bir qancha yon atfordagi davlatlarda bundan ham kam vaqt – 3 soat haftasiga sarflashadi.

Yaponiya va Janubiy Koreyada uyga vazifa berish boshlang’ich sinflarda bekor qilingan. Shu sababli Osiyo qit’asining bu qismidagi maktab o’quvchilari sinfda qo’shimcha topshiriqlarni olishadi, hattoki, dam olish kunlari ham maktabga kelish holati kuzatiladi.

Ta’lim sifati bo’yicha yetakchi o’rinda turuvchi Finlandiyada har bir o’quvchi uchun individual o’quv dasturi ishlab chiqiladi. Bunda o’quvchilarga uyga vazifa kamdan-kam hollarda beriladi. Asosiy o’zlashtirish jarayonlari maktabda bo’lib o’tadi.

Rossiyada birinchi sinf o’quvchilari uchun uyga vazifa berish taqiqlangan bo’lsada, odatda bunga unchalik ham e’tibor qaratishmaydi. Xuddi shunday vaziyatni Fransiyada ham kuzatish mumkin. Birinchi sinf o’quvchilariga vazifa berish mumkin bo’lmasa ham, biroq bu faqat qog’ozdagina belgilab o’tilgan.

Internet materiallari asosida tayyorlandi.

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube
26.5K viewsedited  04:01
Ochish/sharhlash
2023-10-31 06:56:01
#metodik_tavsiya

Sonlarni ko'paytirishning hindcha metodi ekan. Keyingi postimizda xitoycha metodini ham tavsiya etamiz.

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube
33.5K views03:56
Ochish/sharhlash
2023-10-31 06:40:45
#fikrlaymiz

Rossiyaga borib, ishlab qora GENTRA olaman degan o'quvchilaringizga bu videoni qo'yib bering.

Zora, shundan keyin o'qiyman deb ko'zi ochilsa!

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube
28.2K views03:40
Ochish/sharhlash
2023-10-31 06:00:00 #bilasizmi

Menejerlik o‘quv kurslariga sohadagi istalgan nomzod ishtirok etishi mumkinmi? Asosiy talablar nimalardan iborat?

Nomzodlar vazirlikning hududiy boshqarmalari tavsiyasiga asosan ixtiyoriy ravishda qabul qilinishi ko’zda tutilgan. Bunda ular maxsus portal orqali elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tadi hamda menejerlik o‘quv kursida o‘qish uchun ariza topshiradi.

Nomzodlar kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumotga, ta’lim sohasida besh yillik pedagogik ish stajiga, xorijiy tillardan birining boshlang‘ich darajasi hamda zamonaviy axborot-texnologiyalaridan foydalana olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim.

Manba

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube
26.5K views03:00
Ochish/sharhlash
2023-10-28 20:33:21
#happy_time

O'quvchilar bir sho'xlik qilishibdida

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube
32.2K views17:33
Ochish/sharhlash