Get Mystery Box with random crypto!

Maktabda nechta kutubxonachi ishlashi kerak? Xalq taʼlimi vaz | Raqamli pedagogik xizmatlar

Maktabda nechta kutubxonachi ishlashi kerak?

Xalq taʼlimi vazirligining Moliya hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda imzolagan (28.12.2019) 406-sonli buyrug‘iga ko‘ra umumtaʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlari belgilangan.

Mazkur meʼyoriy hujjatga muvofiq kutubxonachi hamda kutubxona mudiri lavozimi yuqori sinf komplektlari soniga qarab quyidagi miqdorlarda kiritiladi:

Kutubxonachi lavozimi:

1-10 tagacha sinf komplektlari bo‘lganda 0,5 shtat birlik;

11-16 tagacha sinf komplektlari bo‘lganda 1 shtat birlik;

Kutubxona mudiri lavozimi:

17-29 tagacha sinf komplektlari bo‘lganda 1 shtat birlik.

Sinf komplektlari soni 30 va undan yuqori bo‘lganda 1 shtat birlik kutubxona mudiri va 0,5 shtat birlik kutubxonachi lavozimi kiritiladi.

Manba

telegram | facebook | youtube