Get Mystery Box with random crypto!

#yangiliklar Keyingi o‘quv yilidan boshlab maktabda o‘quv-pe | Raqamli pedagogik xizmatlar

#yangiliklar

Keyingi o‘quv yilidan boshlab maktabda o‘quv-pedagogik hujjatlarni yuritish to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi.

Xususan, elektron baholar tabeli emaktab.uz platformasida avtomatik tarzda shakllanadi va ota-onalar uchun tizimdan yuklab olish imkoniyati yaratiladi.

Bu orqali tabeldagi baholarni o‘zgartirish va soxtalashtirishning oldi olinadi.

Elektron shaklga o‘tkaziladigan hujjatlar:
● Sinf jurnali;
● Baholar tabeli;
● Qoldirilgan va o‘rni to‘ldirilgan darslarni hisobga olish daftari;
● Pedagogik kengash bayonnomalari daftari;
● O‘quvchilar harakati daftari;
● Shahodatnomalarni hisobga olish daftari.

A'zo bo‘ling va bizni kuzatib boring: https://t.me/raqamli_pedagogik_xizmatlar