Get Mystery Box with random crypto!

Maktab o‘qituvshilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlar | Raqamli pedagogik xizmatlar

Maktab o‘qituvshilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini diagnostikadan o‘tkazishdan asosiy maqsad o‘qituvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash orqali malaka oshirish kurslarini takomillashtirishdan iborat.

Bunda diagnostika natijalari asosida tabaqashtirilgan o‘quv reja va dasturlari ishlab chiqilishi va bunda diagnostika natijalari guruhlarga ajratilgan hamda ushbu guruhlarga mos o‘quv reja va dasturlarining ishlab chiqilishi nazarda tutiladi.

Diagnostika jarayonlari “Uzluksiz kasbiy ta’lim” platformasi orqali onlayn  ravishda va test shaklida o‘tkaziladi, unda o‘qituvchilar o‘zlarining ish joylarida va qulay sharoitlarda testlarni kompyuter orqali topshirishlari mumkin.

Shuningdek, barcha gadjetlar, ya’ni, telefon, planshet, noutbuklar yordamida mobil versiyalar orqali ham testlarni topshirish imkoniyatlari yaratiladi.