Get Mystery Box with random crypto!

Blog | Shokhida

Telegram kanalining logotibi psy_academyy — Blog | Shokhida B
Telegram kanalining logotibi psy_academyy — Blog | Shokhida
Kanal manzili: @psy_academyy
Toifalar: Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 240
Kanalning ta’rifi

-Admin bilan aloqa uchun:
@academyy_bot
-Bizning instagram manzil:
Instagram.com/psixologiya_akademiyasi

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2020-04-09 14:28:03
​​Inson har kuni qiladigan ishini xuddi birinchi marta qilayotgandek bajarishi kerak.
Shundagina ishida rivojlanish, o‘sish bo‘ladi!


Business_invest
500 views11:28
Ochish/sharhlash
2020-04-06 17:46:25
Сингапурда коронавирус сабаб фуқароларга 1 100 доллардан тарқатиладиган бўлди

Сингапур ҳукумати 21 ёшдан ошган ҳар бир фуқарога 1 600 сингапур долларидан (1 100 АҚШ) бериб чиқади. Бу коронавирус вақтида фуқароларни қўллаб-қувватлаш мақсадида амалга оширилмоқда. Бу ҳақда бугун, 6 апрель куни Бош вазир ўринбосари, Молия вазири Хэн Сви Кит маълум қилди.

Ха, биз эмас Сингапурда, бизда эса осмон мусаффо.

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Каналимизга уланинг
https://t.me/joinchat/AAAAADy1urlkEMUWVuiyUw
124 views14:46
Ochish/sharhlash
2020-04-06 09:20:56 Эски гиналарни унутиш керак

Хатоларни қайта таҳлил
қилиш эмас – улардан бир марта хулоса чиқариб, қайтиб бу хаёлларга қайтмаслик керак.

Ақл ўзини ўзи кечира олмагани учун ҳам олдинги хатоларини қайтадан «чайнайверади».
Бу ўзига нисбатан гина сақлаш дегани.

Ўтган ишлардан афсусланиш, армонсираш эса мутлақо бефойда – бу ҳатто бир жиҳатдан ношукрлик ҳамдир.
Бу дунёда ҳеч нарса Тангрининг хоҳишисиз бўлмайди – шундай экан, ўтган ишлардан афсусланиб, уни хато иш қилганликда айбламаган маъқул...

norbekov_uzclub
491 views06:20
Ochish/sharhlash
2020-04-03 16:24:16 Erishib bo'lmas maqsad bo'lmas
Erisha olmaydigan insonlar bor bas!

IJ_Lifestyle
527 views13:24
Ochish/sharhlash
2020-04-01 09:01:10 Иродали инсонларга хос 10 хислат

1. Нолиш билан вақт ўтказмайди.

Иродаси мустаҳкам инсон ҳеч қачон қўлини қовуштириб, соатлаб арзи ҳол қилмайди. Чунки улар масъулиятни ҳис қилишади ва ҳаётларида ўзлари бош роль ижрочиси эканлигини англашади.

2. Ўзига-ўзи ҳукрмон.

Бошқаларнинг ишларини назорат қилишмайди ва уларни атрофдагилар бошқаришига йўл қўймайди. Айниқса, иш борасида ҳис-ҳаяжонини ташқарига чиқаришмайди, ақл билан йўл тутишади.

3. Ўзгаришлардан ўзини олиб қочмайди.

Чунки матонатлилар ўзгаришлардан қўрқмайди. Ўзгаришлар иложсиз ишдек туюлмайди. Шунинг учун бошлаган ишларини омадли якунлашади.

4. Арзимас воқеалар учун куйинмайди.

Улардан ҳеч қачон тиқилинч йўлда қолиб кетгани ёки бирор буюмини йўқотиб қўйгани ҳақидаги шикоятни эшитмайсиз. Диққатларини бир жойга тўплаб, вазиятнинг ечимини излашади.

5. Ҳаммага ёқишга уринмайди.

Сабаби у билади, ҳамманинг кўнглини бирдек олиб бўлмайди. Ва кимдир уни рад қилишидан қўқрмайди. Уларга салбий муносабатда бўлганларга ҳам яхши гапиришда давом этиб, хушмуомалалик билан илтимосларини амалга оширади.

6. Таввакал қилишдан чўчимайди.

Тўғри, улар шошқалоқлик билан ўйламасдан қадам ташлашмайди, аммо керак пайтда таввакал қилишни ҳам билишади. Чунки аввало ақл тарозисида ҳаммасини тортиб кўришади-да.

7. Ҳассасини бир марта йўқотади.

Яъни хатоларидан хулоса чиқариб, иккинчи бор бунга йўл қўйишмайди.

8. Ўзгаларнинг ютуғига ҳасад қилмайди.

Ва атрофдагиларни чин дилдан қутлашади. Билишадики, кимки меҳнат қилса, унга омад кулиб боқади.

9. Омадсизликка дуч келса, ортга қайтмайди.

Ҳар қандай мағлубиятдан киши ўзига нимадир олиши, дунёқараши ўсиши мумкинлигини билишади.

10. Катта натижаларни кутишмайди.

Сабаби вақт ва кучини аниқ марра сари сарфлаб, натижани олдиндан чамалашади.

mehrob.uz
598 views06:01
Ochish/sharhlash
2020-03-30 10:07:07 ​​ Uyda ishlash imkoniga ega serdaromad kasb egalari bilan tanishing
   
Bugun koronavirus epidemiyasi deyarli hammani uyga “qamab qo‘ydi”. Ishidan, biznesidan ayrilayotganlar oz emas. Ba’zi kasb egalarining esa hayot tarzi o‘zgargani yo‘q. Avvalgiday ishlashda va mo‘maygina daromad olishda davom etmoqda. Keling, bugun ular kimligini bilib olamiz. Ehtimol, bu kasblardan birini egallash haqida o‘ylab ham ko‘rarsiz?

Kopirayter

So‘zdan mahorat bilan foydalanishni bilsangiz, internet makonida sizga doim ish topiladi. Maktabda insholarni yaxshi yozarmidingiz? Unda kuchingizni kopirayterlik sohasida sinab ko‘ring. Sayt uchun oddiy matnlardan tortib reklama shiorlarigacha yoki mahsulotni targ‘ib qilish ssenariylarigacha – turli xizmatlar sizni kutib turibdi. Kompaniyalar yangi loyiha, ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki xizmatlar haqida yaxshi matnlarga doim muhtojlik sezadi. Kopirayter bo‘lish uchun jurnalistlik mutaxassisligiga ega bo‘lishingiz shart emas, muhimi – so‘zlarni boshqara olish. Daromadingiz, albatta, ish miqdoringiz va uning sifatiga bog‘liq.

Web-dasturchi

Mutaxasisligingizni yaxshi egallasangiz, ishingiz doim ko‘p bo‘ladi. Hech bir to‘laqonli sayt Web-dasturchilarsiz mavjud bo‘lolmaydi. Kasbni egallashingiz uchun jiddiy ta’lim olishingizga to‘g‘ri keladi. Universitetni bitirmasangiz ham, mustaqil o‘qib-izlanishdan to‘xtamasligingiz kerak. Sifatli o‘quv dastrurlarini topish esa oson emas. 

Web-dizayner

Surat chizishni yoqtirasiz va buni yaxshi eplaysizmi? Unda ushbu kasb sizga maqul kelishi mumkin. Faqat, rassom nigohi kamlik qiladi, texnik bilimlar ham talab etiladi. Ikkisini birlashtirsangiz, talabgor kasb egasiga aylanishingiz mumkin. Ish borasida topshiriqlaringiz har doim mo‘l bo‘ladi.
Shuningdek, bu ishda dasturchi bilan birga ishlay olishingiz lozim. Kasbni egallash borasida web-dasturchilarning vaziyatidagi singari mustaqil ta’lim olishingiz mumkin.

Illyustrator

Rassomchilik qobilyatingizni to‘la namoyon qilishingiz mumkin bo‘lgan kasb. Bugun illyustratorlarga muhtoj bo‘lgan sohalar ko‘p: nashriyot ishi, reklama poligrafiyasi, internet-bannerlari, multiplikatsion roliklar va boshqalar.
Buyurtmachilar har xil bo‘ladi, sizning ijodiy erkinligingizni inobatga olmaydiganiga uchrab qolsangiz, aytilgan muddatda, ilhomni kutib o‘tirmasdan buyurtmani bajarishingiz lozim.
Bugun logotip chizuvchi illyustratorlarning daromadi ancha yaxshi. Axir logotip kompaniyaning yuzi – u sifatli va e’tibor jalb qiladigan bo‘lishi uchun, buyurtmachilar kattagina miqdorda to‘lov qilishga ham tayyor.

Repetitor

Biror fanni yaxshi bilsangiz va uni yaxshi tushuntira olsangiz – sizdan ajoyib repetitor chiqishi mumkin. Malakangiz yetarli ekaniga isbot tariqasida diplom yoki sertifikatlaringizni taqdim etsangiz bo‘ladi. Nafaqat uyingizga o‘quvchilarni chaqirib dars o‘tish, balki internet orqali ham dars o‘tish yo‘llari haqida o‘ylab ko‘ring. Bugun onlayn ta’lim – rivojlanib borayotgan yo‘nalishlardan biri.

Bloger

Bugungi kunning eng mashhur kasblaridan biri. Yo qiziqarli hayotingiz bilan yoki biror sohani qiziqarli tushuntirib berishingiz bilan odamlar e’tiboriga tushishingiz mumkin. Blogerlik xobbi bo‘lgan taqdirda ham yaxshigina daromad va ajoyib insonlar bilan tanishish imkonini beradi. Ko‘pincha reklama qilish orqali blogerlar daromad ko‘radi.

SMM-mutaxassis

SMM (Social Media Marketing) – kompaniyalarning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntini yuritish va targ‘ib qilishdir. Bundan maqsad – mijozlar sonini oshirish. SMM-mutaxassis xizmat yoki mahsulot haqida qiziqarli postlar tayyorlaydi, turli tanlovlarni tashkillashtiradi, amaliy maslahatlar beradi. So‘nggi yillarda bu soha egalariga talab oshmoqda, biroq sifatli ta’lim beruvchi kurslarni topish qiyinroq.

Sarvinoz Omonova
514 views07:07
Ochish/sharhlash
2020-03-26 09:17:48 Online ta'lim va online biznesning hayotimizdagi o‘rni

Hozirgi kunda sezib turganingizdek online ta'lim va online biznesga bo‘lgan talab yuqori darajada yuqorilab ketdi. Aholi karantinda ishsiz o‘tirgan bir paytda o‘z online biznesiga ega insonlargina hali ham daromad olish bilan band.

Bu virus yangi davrni boshlanishi desam ham bo‘ladi. Aholi online ta'lim va online biznesni qanchalik muhim ekanligini anglashdi, va buyog‘iga u jadal tarzda rivojlanishini o‘zingiz guvohi bo‘lasiz.


#tavsiyam
O'z online maktabingizni ochishni va rivojlantirishni istaysizmi? Bu orqali oyiga kamida 5-10 million daromadga chiqishingiz mumkin. Agar siz ham zamon bilan hamnafas tarzda ishlamoqchi bo‘lsangiz marhamat quyidagi link orqali online maktab ochishni mutlaqo bepul tarzda o‘rganishingiz mumkin:
https://t.me/Vavilononline

O‘zim ham o‘rganmoqchiman, va sizlarga ham tavsiya qilib qolaman
525 viewsedited  06:17
Ochish/sharhlash
2020-03-20 15:41:14 ​​ Achchiq haqiqat

Bugun facebook tarmog‘idagi bir ayolning gapi e'tiborimni tortdi. Rus tilida yozilgan ekan, sizlarga tarjimasini qoldiraman:

" Ispaniyalik biolog: Sizlar futbolistlarga oyiga million evro maosh berasizlar, ilmli biologlarga esa 1800 evro. Endi esa virusga davo qidirmoqdasizlar. Ronaldo va Messining oldiga boringlar, ular sizlarga davo topib beradi. "

Naqadar achchiq va rost gaplar. Qaysi yo‘nalishda rag‘batlantirish kuchli bo‘lsa, yoshlarning o‘sha yo‘nalishga bo‘lgan e'tibor va ishtiyoqi kuchli bo‘ladi. Bizda ilm-fan eng pastki darajada turishining ham sababi shudir. Matematika fanidan jahon bo‘yicha 1-o‘rin olib kelgan o‘quvchiga bir varoq maqtov yorliq berilsa, Osiyo bo‘yicha chempionga esa malibu berilmoqda. Shundan keyin ham "o‘zimiznikilar chetga ketib o‘qimoqda, o‘zimizda ishlashsa bo‘lmaydimi" deb nolishadi yuqoridagilar. Bunday adolatsizlikni ko‘rib turib qanday chetga ketmaslik mumkin. O‘z yurtida ilmi qadrlanmagandan keyin o‘zga yurtdan adolat qidirib ketishmoqda aslida ular!
968 views12:41
Ochish/sharhlash
2020-03-15 09:00:32 ​​ “Nega menda hech narsa o‘xshamayapti?”: Omadsizlikdan qutilish sirlari

Har bir inson hayotida omadsizlikni boshdan o‘tkazadi, bu holatda qanday yo‘l tutishni bilmay chalkashib ketadi. Ularga go‘yoki atrofdagilarning hamma ishi “besh”, omadi chopgandek tuyulaveradi. Mana shunday kuzatuvlardan keyin “nega menda hech narsa o‘xshamayapti?”, degan savollar sahnaga chiqadi. Haqiqatdan ham, nega sizda hech narsa o‘xshamaydi? Nima qilish kerak? Maslahatlarimizni berishni boshladik...

1-tavsiya: Xatolardan cho‘chimang

Barcha muvaffaqiyatli odamlar xatolardan qo‘rqish kerak emasligini yaxshi bilishadi. Har bir omadsizlik sizga tajriba keltiradi. Bu tajribalarning esa qadr-qimmati baland. Ular sizni yana qoqilishdan saqlaydi. Tajribangiz qancha ko‘p bo‘lsa, muvaffaqiyatsizlikni shuncha ko‘p chetlab o‘tasiz. Shuning uchun xato qilishdan qo‘rqmang.

2-tavsiya: Natijalarga diqqat qaratish

Maqsadga erishish yo‘lida sizga yalmog‘izlar, botqoqliklar, yovvoyilar duch keladi va inson yarim yo‘lda hattoki halok bo‘lishi ham mumkin, deb aytishsa yo‘lga otlanarmidingiz? Ko‘pchilik bunday hikoyani eshitib yo‘lning boshidayoq qolib ketadi. Aslida, hech ishi o‘xshamayotgan insonning har birida bu kabi holatlar kuzatiladi. U bu ishidan keyin mo‘may daromadni qo‘lga kiritishi, sayohat uchun boshqa davlatga borishi haqida o‘ylamaydi. Uni buyurtmachining qanday norozi bo‘lishi, pul to‘lamay qo‘yishi yoki  ishining hech kimga yoqmasligigina qiziqtiradi, xolos. Mana shunday salbiy hissiyotlar bilan siz qanday qilib omad quchishingiz mumkin?
Doim ijobiy natijalarga diqqat qarating, ular haqida ko‘proq o‘ylang.  

3-tavsiya: Ish qobiliyatingizni to‘g‘ri baholashni biling

Ishidan ko‘ngli to‘lmay, idorada xuddiki o‘lib qoladigandek o‘tiradiganlar aslida kompyuterga qarashdan o‘zgasiga yaramaydi. Ular ijtimoiy tarmoqdagi yangiliklar tasmasinigina o‘qib chiqishni va shu bilan vaqt yutishni bilishadi, xolos. Agar siz ham shundaylar qatorida bo‘lsangiz, hali beri omad quchmasligingiz aniq. 

4-tavsiya: Ish ko‘zini bilish

Agar ishni qayerdan, qanday boshlashni bilmasangiz, sutkasiga 24 soatlab ishlasangiz ham foyda bo‘lmaydi. Ko‘pincha bu holat insonning boshlagan ishini oxirigacha yetkazmasligi sabab paydo bo‘ladi. Bir ishdan ikkinchisiga sakrab yurish hamma narsaga ulgurish degani emas. Boshlagan ishingizni sifatli qilib yakunlab, ana undan keyin ikkinchisiga o‘ting...

5-tavsiya: Mas’uliyatni o‘zingizga olishni ham o‘rganing

Ishga yoki belgilangan uchrashuvga kech qolganingiz uchun qachongacha birovlarni ayblaysiz. Qachongacha, hamma narsada birovlarni ayblashda davom etasiz? Mas’uliyatni o‘zingizga olishning vaqti kelmadimi? Mas’uliyat o‘zingizda ekanligini his qila bilish maqsad sari bir qadam.

6-tavsiya: O‘zingizni anglay oling

Mashhur psixoterapevt Erik Bern o‘z kitoblarida har bir insonning muayyan hayotiy rejalari bo‘lishini, bu reja yoshlikdan shakllanishini ta’kidlagan edi. Balki atrofdagilarning fikri sizga xalaqit qilayotgandir? Balki, o‘zingizga nisbatan tanqid va chegaralaringiz ko‘plik qilayotgandir? 
720 views06:00
Ochish/sharhlash
2020-03-11 17:17:46 ​​ Aqlingizni charxlaydigan 10 odat

Zamonaviy dunyoda aqliy salohiyatni asrab qolish ancha mushkul yumush sanaladi. Chunki mulohazali insonlar ham gohida miyalari “tormoz” bo‘lib qolganidan shikoyat qilishadi. Kerakli vaqtda aqlni ishlatish uchun ba’zi bir foydali odatlarni kun tartibiga kiritish lozim.

1. Tishingizni boshqa qo‘l bilan tozalang

Tadqiqot natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, miyaning boshqa yarim sharini ishlashga majburlash miya faoliyatini tiklaydi. Bu borada kichik mashq: tishingizni chap qo‘lda yuving, tish pastasini ochib-yopish uchun ham chap qo‘lni ishlating.

2. Yumuq ko‘z bilan dush qabul qilish

Taktil hislar miya yarimsharlari yaxshi ishlashiga yordam beradi. Qo‘llaringiz ko‘rishning imkoni yo‘qligini payqab, miyaga signal yuboradi. Bu mashqni bajarish uchun qulay joylashib olib, ko‘zlaringizni yuming va jo‘mrakni ochib, suvni me’yoriy issiqlikka keltiring. So‘ng ko‘zlaringizni yumib, dush qabul qiling.

3. Kun tartibingizni o‘zgartiring

Tadqiqotlar natijasida yangi vazifalar bosh miya qismlarining faollashuvini oshirishi ma’lum bo‘ldi. Buni qanday amalga oshirish kerak: nonushtadan keyin kiyining, kuchuk bilan yangi joylarda sayr qiling, doimiy tomosha qiladigan kanalingizni o‘zgartiring, yangi do‘stlar orttiring.

4. Odatiy predmetlarni oyog‘ini osmondan qilib ko‘ring

Agar siz buyumlarni to‘g‘ri ushlasangiz, miyangizni verbal qismi ularni osonlik bilan taniydi va diqqatingizni boshqa joylarga yo‘naltiradi. Agar siz predmetni oyog‘ini osmondan qilib ko‘rsangiz, miyaning o‘ng yarim shari ishga tushadi va shakl, rang hamda tushunarsiz bu buyumni aniqlashga urinadi. Bu mashqni bajarishning eng oson yo‘li – oilaviy fotosurat, devor soati va kalendarni teskari ilib qo‘yish.

5. Stolning boshqa tomoniga o‘tiring

Ko‘pchilik oilalarda stol atrofida har kim o‘z o‘rniga ega. Biroq miyamizga doim tajriba kerak. O‘rinlaringizni almashtirib o‘tiring, xonaga boshqa tomondan nazar soling, tuz va qalampirni ham boshqa tomondan oling.

6. Yangi hidlarni sinab ko‘ring

Ko‘pincha bizda qahva hidi kun boshlanishini bildiradi: o‘zingizni xushbo‘y atiringizni butun hafta davomida to‘shagingiz yonida saqlang. Uyqudan turgan zahoti uni hidlang, yuvinib, kiyinayotganda ham hidlab yuring.

7. Mashina derazasini ochib qo‘ying
 
Gippokampus – miyaning xotiralarga javob beradigan qismi sanaladi. Xotiralar hid, ovoz hamda obrazlar yordamida faolroq jonlanadi. Shu bois yo‘l davomida yangi ovozlar hamda hidlarni tuyishga harakat qiling. Buning uchun derazani ochib yurish kifoya.

8. Supermarketdagi mahsulotlarni o‘rganing

Do‘konlarda eng ko‘p daromad keltiradigan mahsulotlar aynan ko‘zingiz tushadigan joylarga terib qo‘yiladi. Bu safar siz har galgidek aylanmay, polkalarning pastiga ko‘z yugurtiring. U yerdagi ayrim mahsulotlarni qo‘lga olib, tarkibini o‘rganing. Bu narsalarni sotib olishingiz shart emas. Shunchaki tajriba orttirganingizni o‘zi katta gap.

9. Muloqot doirangizni kengaytiring
Olimlar muloqotning yo‘qligi insonning aqliy salohiyatiga ta’sir ko‘rsatishini bir nechta tajribalarda isbotlab berishgan. Demak, har qadamda muloqot qilamiz. Ichimlik ichmoqchimisiz? Gazli suv apparatidan emas, do‘kondan sotib oling. Ish davomida hamkasblar bilan biroz chaq-chaqlashing. Taksi haydovchisi bilan suhbatlashing.

10. Boshqacha usulda o‘qing

Biz kitobni ichimizda o‘qiganda miyaning boshqa qismidan, ovoz chiqarib o‘qiganda esa boshqa tomonidan foydalanamiz. Shunday ekan, sizni jon qulog‘i bilan tinglaydigan bir insonni topib, unga kitobni ovoz chiqarib o‘qib bering. Bu aql uchun o‘ziga xos mashq bo‘ladi.
605 views14:17
Ochish/sharhlash