Get Mystery Box with random crypto!

​​ Aqlingizni charxlaydigan 10 odat Zamonaviy dunyoda aqliy | Blog | Shokhida

​​ Aqlingizni charxlaydigan 10 odat

Zamonaviy dunyoda aqliy salohiyatni asrab qolish ancha mushkul yumush sanaladi. Chunki mulohazali insonlar ham gohida miyalari “tormoz” bo‘lib qolganidan shikoyat qilishadi. Kerakli vaqtda aqlni ishlatish uchun ba’zi bir foydali odatlarni kun tartibiga kiritish lozim.

1. Tishingizni boshqa qo‘l bilan tozalang

Tadqiqot natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, miyaning boshqa yarim sharini ishlashga majburlash miya faoliyatini tiklaydi. Bu borada kichik mashq: tishingizni chap qo‘lda yuving, tish pastasini ochib-yopish uchun ham chap qo‘lni ishlating.

2. Yumuq ko‘z bilan dush qabul qilish

Taktil hislar miya yarimsharlari yaxshi ishlashiga yordam beradi. Qo‘llaringiz ko‘rishning imkoni yo‘qligini payqab, miyaga signal yuboradi. Bu mashqni bajarish uchun qulay joylashib olib, ko‘zlaringizni yuming va jo‘mrakni ochib, suvni me’yoriy issiqlikka keltiring. So‘ng ko‘zlaringizni yumib, dush qabul qiling.

3. Kun tartibingizni o‘zgartiring

Tadqiqotlar natijasida yangi vazifalar bosh miya qismlarining faollashuvini oshirishi ma’lum bo‘ldi. Buni qanday amalga oshirish kerak: nonushtadan keyin kiyining, kuchuk bilan yangi joylarda sayr qiling, doimiy tomosha qiladigan kanalingizni o‘zgartiring, yangi do‘stlar orttiring.

4. Odatiy predmetlarni oyog‘ini osmondan qilib ko‘ring

Agar siz buyumlarni to‘g‘ri ushlasangiz, miyangizni verbal qismi ularni osonlik bilan taniydi va diqqatingizni boshqa joylarga yo‘naltiradi. Agar siz predmetni oyog‘ini osmondan qilib ko‘rsangiz, miyaning o‘ng yarim shari ishga tushadi va shakl, rang hamda tushunarsiz bu buyumni aniqlashga urinadi. Bu mashqni bajarishning eng oson yo‘li – oilaviy fotosurat, devor soati va kalendarni teskari ilib qo‘yish.

5. Stolning boshqa tomoniga o‘tiring

Ko‘pchilik oilalarda stol atrofida har kim o‘z o‘rniga ega. Biroq miyamizga doim tajriba kerak. O‘rinlaringizni almashtirib o‘tiring, xonaga boshqa tomondan nazar soling, tuz va qalampirni ham boshqa tomondan oling.

6. Yangi hidlarni sinab ko‘ring

Ko‘pincha bizda qahva hidi kun boshlanishini bildiradi: o‘zingizni xushbo‘y atiringizni butun hafta davomida to‘shagingiz yonida saqlang. Uyqudan turgan zahoti uni hidlang, yuvinib, kiyinayotganda ham hidlab yuring.

7. Mashina derazasini ochib qo‘ying
 
Gippokampus – miyaning xotiralarga javob beradigan qismi sanaladi. Xotiralar hid, ovoz hamda obrazlar yordamida faolroq jonlanadi. Shu bois yo‘l davomida yangi ovozlar hamda hidlarni tuyishga harakat qiling. Buning uchun derazani ochib yurish kifoya.

8. Supermarketdagi mahsulotlarni o‘rganing

Do‘konlarda eng ko‘p daromad keltiradigan mahsulotlar aynan ko‘zingiz tushadigan joylarga terib qo‘yiladi. Bu safar siz har galgidek aylanmay, polkalarning pastiga ko‘z yugurtiring. U yerdagi ayrim mahsulotlarni qo‘lga olib, tarkibini o‘rganing. Bu narsalarni sotib olishingiz shart emas. Shunchaki tajriba orttirganingizni o‘zi katta gap.

9. Muloqot doirangizni kengaytiring
Olimlar muloqotning yo‘qligi insonning aqliy salohiyatiga ta’sir ko‘rsatishini bir nechta tajribalarda isbotlab berishgan. Demak, har qadamda muloqot qilamiz. Ichimlik ichmoqchimisiz? Gazli suv apparatidan emas, do‘kondan sotib oling. Ish davomida hamkasblar bilan biroz chaq-chaqlashing. Taksi haydovchisi bilan suhbatlashing.

10. Boshqacha usulda o‘qing

Biz kitobni ichimizda o‘qiganda miyaning boshqa qismidan, ovoz chiqarib o‘qiganda esa boshqa tomonidan foydalanamiz. Shunday ekan, sizni jon qulog‘i bilan tinglaydigan bir insonni topib, unga kitobni ovoz chiqarib o‘qib bering. Bu aql uchun o‘ziga xos mashq bo‘ladi.