Get Mystery Box with random crypto!

​​ “Nega menda hech narsa o‘xshamayapti?”: Omadsizlikdan quti | Blog | Shokhida

​​ “Nega menda hech narsa o‘xshamayapti?”: Omadsizlikdan qutilish sirlari

Har bir inson hayotida omadsizlikni boshdan o‘tkazadi, bu holatda qanday yo‘l tutishni bilmay chalkashib ketadi. Ularga go‘yoki atrofdagilarning hamma ishi “besh”, omadi chopgandek tuyulaveradi. Mana shunday kuzatuvlardan keyin “nega menda hech narsa o‘xshamayapti?”, degan savollar sahnaga chiqadi. Haqiqatdan ham, nega sizda hech narsa o‘xshamaydi? Nima qilish kerak? Maslahatlarimizni berishni boshladik...

1-tavsiya: Xatolardan cho‘chimang

Barcha muvaffaqiyatli odamlar xatolardan qo‘rqish kerak emasligini yaxshi bilishadi. Har bir omadsizlik sizga tajriba keltiradi. Bu tajribalarning esa qadr-qimmati baland. Ular sizni yana qoqilishdan saqlaydi. Tajribangiz qancha ko‘p bo‘lsa, muvaffaqiyatsizlikni shuncha ko‘p chetlab o‘tasiz. Shuning uchun xato qilishdan qo‘rqmang.

2-tavsiya: Natijalarga diqqat qaratish

Maqsadga erishish yo‘lida sizga yalmog‘izlar, botqoqliklar, yovvoyilar duch keladi va inson yarim yo‘lda hattoki halok bo‘lishi ham mumkin, deb aytishsa yo‘lga otlanarmidingiz? Ko‘pchilik bunday hikoyani eshitib yo‘lning boshidayoq qolib ketadi. Aslida, hech ishi o‘xshamayotgan insonning har birida bu kabi holatlar kuzatiladi. U bu ishidan keyin mo‘may daromadni qo‘lga kiritishi, sayohat uchun boshqa davlatga borishi haqida o‘ylamaydi. Uni buyurtmachining qanday norozi bo‘lishi, pul to‘lamay qo‘yishi yoki  ishining hech kimga yoqmasligigina qiziqtiradi, xolos. Mana shunday salbiy hissiyotlar bilan siz qanday qilib omad quchishingiz mumkin?
Doim ijobiy natijalarga diqqat qarating, ular haqida ko‘proq o‘ylang.  

3-tavsiya: Ish qobiliyatingizni to‘g‘ri baholashni biling

Ishidan ko‘ngli to‘lmay, idorada xuddiki o‘lib qoladigandek o‘tiradiganlar aslida kompyuterga qarashdan o‘zgasiga yaramaydi. Ular ijtimoiy tarmoqdagi yangiliklar tasmasinigina o‘qib chiqishni va shu bilan vaqt yutishni bilishadi, xolos. Agar siz ham shundaylar qatorida bo‘lsangiz, hali beri omad quchmasligingiz aniq. 

4-tavsiya: Ish ko‘zini bilish

Agar ishni qayerdan, qanday boshlashni bilmasangiz, sutkasiga 24 soatlab ishlasangiz ham foyda bo‘lmaydi. Ko‘pincha bu holat insonning boshlagan ishini oxirigacha yetkazmasligi sabab paydo bo‘ladi. Bir ishdan ikkinchisiga sakrab yurish hamma narsaga ulgurish degani emas. Boshlagan ishingizni sifatli qilib yakunlab, ana undan keyin ikkinchisiga o‘ting...

5-tavsiya: Mas’uliyatni o‘zingizga olishni ham o‘rganing

Ishga yoki belgilangan uchrashuvga kech qolganingiz uchun qachongacha birovlarni ayblaysiz. Qachongacha, hamma narsada birovlarni ayblashda davom etasiz? Mas’uliyatni o‘zingizga olishning vaqti kelmadimi? Mas’uliyat o‘zingizda ekanligini his qila bilish maqsad sari bir qadam.

6-tavsiya: O‘zingizni anglay oling

Mashhur psixoterapevt Erik Bern o‘z kitoblarida har bir insonning muayyan hayotiy rejalari bo‘lishini, bu reja yoshlikdan shakllanishini ta’kidlagan edi. Balki atrofdagilarning fikri sizga xalaqit qilayotgandir? Balki, o‘zingizga nisbatan tanqid va chegaralaringiz ko‘plik qilayotgandir?