Get Mystery Box with random crypto!

​​ Achchiq haqiqat Bugun facebook tarmog‘idagi bir ayolning | Blog | Shokhida

​​ Achchiq haqiqat

Bugun facebook tarmog‘idagi bir ayolning gapi e'tiborimni tortdi. Rus tilida yozilgan ekan, sizlarga tarjimasini qoldiraman:

" Ispaniyalik biolog: Sizlar futbolistlarga oyiga million evro maosh berasizlar, ilmli biologlarga esa 1800 evro. Endi esa virusga davo qidirmoqdasizlar. Ronaldo va Messining oldiga boringlar, ular sizlarga davo topib beradi. "

Naqadar achchiq va rost gaplar. Qaysi yo‘nalishda rag‘batlantirish kuchli bo‘lsa, yoshlarning o‘sha yo‘nalishga bo‘lgan e'tibor va ishtiyoqi kuchli bo‘ladi. Bizda ilm-fan eng pastki darajada turishining ham sababi shudir. Matematika fanidan jahon bo‘yicha 1-o‘rin olib kelgan o‘quvchiga bir varoq maqtov yorliq berilsa, Osiyo bo‘yicha chempionga esa malibu berilmoqda. Shundan keyin ham "o‘zimiznikilar chetga ketib o‘qimoqda, o‘zimizda ishlashsa bo‘lmaydimi" deb nolishadi yuqoridagilar. Bunday adolatsizlikni ko‘rib turib qanday chetga ketmaslik mumkin. O‘z yurtida ilmi qadrlanmagandan keyin o‘zga yurtdan adolat qidirib ketishmoqda aslida ular!