Get Mystery Box with random crypto!

#prezident_maktablari Fargʻona shahridagi Prezident maktabi | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#prezident_maktablari

Fargʻona shahridagi Prezident maktabida "General va yoshlar" uchrashuvi oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, general-mayor Oybek Saidov Fargʻona shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlar, oliy harbiy taʼlim muassasalari haqida va yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar xususida soʻz yuritildi.

Kunning ikkinchi qismida, oʻquvchi yoshlar uchun harbiy xizmatchilar tomonidan qurol-aslahalar, jangovar harbiy chiqishlar, oʻquv mashgʻulotlarida qoʻllaniluvchi usullar namoyish etildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarda vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirib, kelajakda vatan ravnaqiga xizmat qiluvchi shaxslar boʻlib ulgʻayishida beqiyos oʻrin egallaydi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube