Get Mystery Box with random crypto!

PEDIATR👩‍⚕️ONLINE🔵

Telegram kanalining logotibi pediatronline — PEDIATR👩‍⚕️ONLINE🔵 P
Telegram kanalining logotibi pediatronline — PEDIATR👩‍⚕️ONLINE🔵
Kanal manzili: @pediatronline
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.69K
Kanalning ta’rifi

Pediatr Maftuna Hamidullayevna.
Hurmatli onajonlar siz ushbu kanalda Bolalar salomatligiga tegishli foydali ma'lumotlarga ega bo'lasiz!

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-06-30 14:57:12
Mannik

Bizga kerak bo'ladi:

Irmiq
Un
Kefir
Smetana
Shakar
Tuxum
Iste'mol sodasi
Vanilin


Irmiq kefirga bir sutkaga ivitib qo'yiladi. Ertalab esa, tuxum, vanilin, smetana va shakar yaxshilab aralashtirilgach, soda qo'shilgan unni qo'shamiz. Tayyor massani kichik qolipchalarga quyib chiqamiz va qizib turgan pechga 180 gradusda 20 daqiqaga qo'yamiz. Keyin ustiga smetana quyib yana 20 daqiqada pishirib olamiz. Ustini yana xohlagan mevangiz bilan bezatishingiz mumkin.

*Irmiq—mannaya krupa

Mmm, yumshoqqina nonushta, bolajoningizga yoqimli ishtaha!

@pediatronline
3.0K views𝐌𝐚𝐟𝐭𝐮𝐧𝐚 𝐇𝐚𝐦𝐢𝐝𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯𝐧𝐚, 11:57
Ochish/sharhlash
2023-06-29 11:10:38
Qadrli onajonlar instagramda kichik konkurs e’lon qilganmiz qatnashib sovg’alar yutib olishingiz mumkin, hammaga omad
5.0K views𝐌𝐚𝐟𝐭𝐮𝐧𝐚 𝐇𝐚𝐦𝐢𝐝𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯𝐧𝐚, 08:10
Ochish/sharhlash
2023-06-29 11:02:28
Azizlarim Hayit ayyomi bilan barchangizni tabriklayman kech bo’lsa ham
Oilaviy xotirjamlik tinchlik va sog’lik tilayman
Juda kup onajonlar tabriklar yozibsizlar kattakon rahmat barchangizga hurmat va e’tibor uchun hammaga javob qaytara olmadim uzr, barchangizni yaxshi kuraman va hurmat qilaman
5.1K views𝐌𝐚𝐟𝐭𝐮𝐧𝐚 𝐇𝐚𝐦𝐢𝐝𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯𝐧𝐚, 08:02
Ochish/sharhlash
2023-06-27 09:55:01 Juda ko’pchilik onajonlar yosh va tajribasiz ekanliklari sababli farzand parvarishida qiynalishayotganini lichkamga yozishadi va mandan yordam surashadi, afsuski vaqtim yetarli bulmaganligi va buning mening kasbim ekanligini inobatga olib konsultatsiya tulovli ekanligini aytganimda ular uchun qimmatlik qilish holatlari buladi! Shularni inobatga olib OLIB BORISH GURUHLARI tashkil qilmoqchiman! Bunda guruh 3turga bo’linadi:
Yangi tugilgan chaqaloqdan- 4oygacha chaqalogi bor onajonlar uchun!
4 oylikdan 7oylikkacha chaqalogi bor onajonlar uchun!
7 oylikdan 1yoshgacha chaqalogi bor onajonlar uchun!

Olib borish guruhlarida qatnashish tulovli va Qurbon hayiti munosabati bilan chegirmali tulov 1oy uchun 300ming sum emas 150ming sum
3oylik tulovni birdaniga amalga oshirganlar uchun 450ming sum emas 400ming sum
Kichik guruhlar uchun 0-4oy va 4-7oy uchun!
Katta guruh 7oy-1oy guruhida 1oylik tulov 400ming sum emas 200ming sum
3oylikni birdaniga tulov qilganlar uchun 600ming sum emas 500ming sum

Farzandingiz 2oylik bulgan holatda siz olib borish guruhlarida 2oy qatnashishingiz yoki chegirmali tulov qilgan holda keyingi guruhda qolgan 1oyni davom ettirishingiz mumkin!
Imkoniyatni quldan boy bermang

Ps: OLIB BORISH GURUHLARIDA alohida kasallik bulgan holatda bola davolab berilmaydi! Bunda siz individual konsultatsiya olishingiz yoki bolani vrach qabuliga olib borishingiz tavsiya etiladi!!! Chegirmali tulov 5-iyulgacha amal qiladi!

Guruhlarda bolalar parvarishi kasalliklarning oldini olish va kasallikdan keyin parvarish tuwuntirib o’tiladi va tavsiyalar beriladi!

Guruhga yozilish uchun
@littledoctorM ga murojaat qiling
6.0K views𝐌𝐚𝐟𝐭𝐮𝐧𝐚 𝐇𝐚𝐦𝐢𝐝𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯𝐧𝐚, edited  06:55
Ochish/sharhlash
2023-06-27 09:14:48
Bolalarda qabziyat kuzatilsa qanday massaj qilish mumkin?

Bunday paytda bolakaylarni qorin devorini juda ham ehtiyotkorlik bilan massaj qilish zarur.
Birinchi bolakaylarning kiyimi yechib orqasi bilan yotqizing. Kaftingizga biroz moy surib, kindik atrofini soat strelkasi bo‘ylab, yengil harakat bilan 5 daqiqa davomida massaj qiling.

Massajdan so‘ng
ichaklar peristaltikasini oshiruvchi muolajalar bajariladi:

— Bolakayni orqa tomoni bilan yotqiziladi;
— Oyoqlarni pastki qismidan ushlab, bir necha marotaba qorin sohasiga bukib yoyiladi (5 marotaba);
— Bolakayni tizzalarga qorni bilan yotqizilib orqa tarafdan kuraklardan boshlab, belgacha aylana harakatlar bilan yengil uqalanadi.


Bundan tashqari chaqaloqlarni ovqatlantirgandan keyin 3-8 daqiqaga qorin sohasi bilan yotqizib qo‘yish tavsiya qilinadi.
Avval bolaning moyga allergiyasi bor yoki yo'qligini bilagiga surib aniqlab olish kerak. 5-10 daqiqa davomida bolaning holati yaxshi va toshmalar bo'lmasa ishlatsangiz bo'ladi.

@pediatronline
3.9K views𝐌𝐚𝐟𝐭𝐮𝐧𝐚 𝐇𝐚𝐦𝐢𝐝𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯𝐧𝐚, 06:14
Ochish/sharhlash
2023-06-09 13:19:55
Фарзандлар ҳаққига доим шундай дуо қилинг:

- Аллоҳим, ўғил-қизларимизга барака бер.
- Уларни ўз ҳифзу-ҳимоянгда асра!
- Сенга тоат-ибодат қилишларига муваффақ айла.
- Бизни яхши кўришларини, бизга яхшилик қилишларини, ота-онасига ғамхўр бўлишларини насиб айла!
- Ака-ука, опа-сингиллари билан бир-бирларига ғамхўр ва меҳрибон бўлсинлар.
- Ҳасад ва кўролмаслик балосидан ўзинг сақла!
-Аллоҳим, фарзандларимга зеҳну-заковат ва фаҳму-фаросат бергин.

@pediatroline
3.1K views𝐌𝐚𝐟𝐭𝐮𝐧𝐚 𝐇𝐚𝐦𝐢𝐝𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯𝐧𝐚, edited  10:19
Ochish/sharhlash
2023-06-09 11:28:24
Оилада тўнғич фарзанд бўлган инсонлар хафа бўлишга мойил инсонлар экан.

Нега бундай ҳолат кўп учрашига сабаб ёш ота-оналар биринчи фарзандларида ҳали тажрибасизлик қилиши ва кетма-кет фарзанд кўрганларидан кейин, тўнғич фарзандига нисбатан катталардай муомала қила бошлаши. Уларга ҳам алоҳида меҳр бериш керак эканлигини билишмайди.

Фарзандингиз нечта бўлиши, нечи ёш бўлишига қарамай уларга меҳр беришни унутманг, яхши кўришингизни доим таъкидлаб туринг. Чунки кўпчилик тўнғич фарзандлар мени яхши ку́ришмайди деган фикр билан ўксиб улғайишади, буни улар ҳеч қачон сизга айтмайдилар.

@pediatronline
2.7K views𝐌𝐚𝐟𝐭𝐮𝐧𝐚 𝐇𝐚𝐦𝐢𝐝𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯𝐧𝐚, 08:28
Ochish/sharhlash
2023-06-08 12:43:28
Nega konsultatsiya pullik, bepul javob bering savob ham kerak, axir Gippokrat qasamini ichgansiz, pul deb ulib qolgan hozir hamma vrachlar shu degan onajonlar uchun!!!

Men ham siz kabi oddiy odamman va vrachlik bu meni kasbim va shu kasbim orqasidan pul topaman xuddi siz ishlab xaq olganingiz kabi! Va hayotingiz uchun kerakli xizmatlardan pul tulab foydalanganingiz singari men ham bozorga borsam pul tulab kerakli narsalarni olaman, kommunallar uchun, avtobus, metro yoxud taksidan foydalanganim, sartaroshxonaga (go’zallik saloniga) borib xizmatlardan foydalanganim uchun xaq (PUL) TO’LAYMAN!
Shuning deb siz va sizning farzandingiz kabi man va bolalarim ham kasal bulishi mumkin va bu NORMAL HOLAT!!!
Mana hozir ham siz vrach qabulida navbat kutib turibman va qabulga kirish uchun konsultatsiya uchun pul tuladim! Holbuki meni qabul qiladigan vrach han Gippokrat qasamini ichgan xuddi men kabi va bu uning kasbi! Qilgan mehnati uchun xaq olishi ham TUGRI! Bu mening fikrim siz fikringizni kommentariyda qoldiring!
3.1K views𝐌𝐚𝐟𝐭𝐮𝐧𝐚 𝐇𝐚𝐦𝐢𝐝𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯𝐧𝐚, 09:43
Ochish/sharhlash
2023-06-07 23:48:09
ЧАКАЛОК НЕГА КУСАДИ, БУ НОРМАЛ ХОЛАТМИ...

Ba'zi chaqaloqlar emgan sutini ma'lum bir qismini qusib yuboradilar. Qusish sababi nima? Bundan ona bezovta bo'lish kerakmi....

Aslida chaqaloqning qusishi uni emas ko'proq onani bezovta qiladi. Odatda bola emgan sutining arzimas qismini qusib yuboradi. Bir osh qoshiq qusib yuborilgan sut kiyimda ko'pdek tuyulishi hech gap emas.

ЧАКАЛОК КУСИШИГА КУЙИДАГИЛАР САБАБ БУЛАДИ:

Chaqaloq emayotganda havoni yutib oladi shuning uchun oshqozon havo chiqarish mobaynida sutni ham chiqarib yuboradi

Sutni tez-tez shoshib ichgan bolaning qorni to'lib ketgan bola ovqatni qayd qilib yuboradi

Emib bo'lgan bolaning qorniga yotqazsa yoki uni sakratib o'ynatsa oshqozoni qo'zg'alib sutni qayd yuboradi.

ҚУСИШНИ ЙЎҚ КИЛИШ УЧУН НИМА ҚИЛИШ КЕРАК..

Bolani emizayotganingizda shoshilmang. Agar smes berayotgan bo'lsangiz, u holda kam-kamdan tez-tez berib turganingiz ma'qul

Bolani emizayotganingizda (smes berayotganingizda) havo chiqarib turishiga yo'l bering. Emizikli bola bir ko'krakdan ikkinchi ko'krakka o'tkazayotganingizda bolani yelkangizga qo'yib orqasini asta-asta bosib qo'ysangiz, kekirib havoni chiqarib yuboradi. Smes berayotganingizda har 90 ml ichib bo'lganidan so'ng yuqoridagi uslubda havoni chiqartirib yuboring

Ovqatlanib bo'lgan bolani 20-30 daqiqa davomida vertikal (tik) holatda ushlab yuring

Ovqatlanib bo'lgan bolani kamida 30 daqiqa davomida o'ynatmang.

Agar bolani butilkadan ovqatlantirayotgan bo'lsangiz, soska uchi juda katta teshilgan bo'lmasin.

Odatda chaqaloq qusishi uning 6-7- oylariga kelib yo'q bo'lib ketadi. Shuning uchun bu vaqt mobaynida qusilgan kiyimdan boshqa bezovta bo'ladigan narsa yo'q.

Quyidagi holatlarda bolaning qusishi xavfli bo'lib, darhol vrachga murojaat etishini talab qiladi:

Bola og'irligi kamayib ketmoqda yoki bola vazni yetarlicha oshmasa

Qusish soni va miqdori oshib borsa

Qusish darajasi kuchaymoqda fontan bo'lib otilib chiqsa

Qayd qilingan massaning rangi yashil yoki to'q sariq bo'lsa

Qusish bilan bir qatorda bolaning qorni og'riyotgandek bola bezovta bo'lsa

Bola ovqatlanish jarayonida doim , tiqilib, yo'talsa.

@pediatronline
3.5K views𝐌𝐚𝐟𝐭𝐮𝐧𝐚 𝐇𝐚𝐦𝐢𝐝𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯𝐧𝐚, 20:48
Ochish/sharhlash
2023-06-07 23:47:57
3.0K views𝐌𝐚𝐟𝐭𝐮𝐧𝐚 𝐇𝐚𝐦𝐢𝐝𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯𝐧𝐚, 20:47
Ochish/sharhlash