Get Mystery Box with random crypto!

ЧАКАЛОК НЕГА КУСАДИ, БУ НОРМАЛ ХОЛАТМИ... Ba'zi chaqaloqlar | PEDIATR👩‍⚕️ONLINE🔵


ЧАКАЛОК НЕГА КУСАДИ, БУ НОРМАЛ ХОЛАТМИ...

Ba'zi chaqaloqlar emgan sutini ma'lum bir qismini qusib yuboradilar. Qusish sababi nima? Bundan ona bezovta bo'lish kerakmi....

Aslida chaqaloqning qusishi uni emas ko'proq onani bezovta qiladi. Odatda bola emgan sutining arzimas qismini qusib yuboradi. Bir osh qoshiq qusib yuborilgan sut kiyimda ko'pdek tuyulishi hech gap emas.

ЧАКАЛОК КУСИШИГА КУЙИДАГИЛАР САБАБ БУЛАДИ:

Chaqaloq emayotganda havoni yutib oladi shuning uchun oshqozon havo chiqarish mobaynida sutni ham chiqarib yuboradi

Sutni tez-tez shoshib ichgan bolaning qorni to'lib ketgan bola ovqatni qayd qilib yuboradi

Emib bo'lgan bolaning qorniga yotqazsa yoki uni sakratib o'ynatsa oshqozoni qo'zg'alib sutni qayd yuboradi.

ҚУСИШНИ ЙЎҚ КИЛИШ УЧУН НИМА ҚИЛИШ КЕРАК..

Bolani emizayotganingizda shoshilmang. Agar smes berayotgan bo'lsangiz, u holda kam-kamdan tez-tez berib turganingiz ma'qul

Bolani emizayotganingizda (smes berayotganingizda) havo chiqarib turishiga yo'l bering. Emizikli bola bir ko'krakdan ikkinchi ko'krakka o'tkazayotganingizda bolani yelkangizga qo'yib orqasini asta-asta bosib qo'ysangiz, kekirib havoni chiqarib yuboradi. Smes berayotganingizda har 90 ml ichib bo'lganidan so'ng yuqoridagi uslubda havoni chiqartirib yuboring

Ovqatlanib bo'lgan bolani 20-30 daqiqa davomida vertikal (tik) holatda ushlab yuring

Ovqatlanib bo'lgan bolani kamida 30 daqiqa davomida o'ynatmang.

Agar bolani butilkadan ovqatlantirayotgan bo'lsangiz, soska uchi juda katta teshilgan bo'lmasin.

Odatda chaqaloq qusishi uning 6-7- oylariga kelib yo'q bo'lib ketadi. Shuning uchun bu vaqt mobaynida qusilgan kiyimdan boshqa bezovta bo'ladigan narsa yo'q.

Quyidagi holatlarda bolaning qusishi xavfli bo'lib, darhol vrachga murojaat etishini talab qiladi:

Bola og'irligi kamayib ketmoqda yoki bola vazni yetarlicha oshmasa

Qusish soni va miqdori oshib borsa

Qusish darajasi kuchaymoqda fontan bo'lib otilib chiqsa

Qayd qilingan massaning rangi yashil yoki to'q sariq bo'lsa

Qusish bilan bir qatorda bolaning qorni og'riyotgandek bola bezovta bo'lsa

Bola ovqatlanish jarayonida doim , tiqilib, yo'talsa.

@pediatronline