Get Mystery Box with random crypto!

PEDIATR👩‍⚕️ONLINE🔵

Telegram kanalining logotibi pediatronline — PEDIATR👩‍⚕️ONLINE🔵 P
Telegram kanalining logotibi pediatronline — PEDIATR👩‍⚕️ONLINE🔵
Kanal manzili: @pediatronline
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.69K
Kanalning ta’rifi

Pediatr Maftuna Hamidullayevna.
Hurmatli onajonlar siz ushbu kanalda Bolalar salomatligiga tegishli foydali ma'lumotlarga ega bo'lasiz!

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-04-30 12:10:18
Roddomga farzandingizga olgan vaksina urnida YIRINGCHA hosil bo’ldimi?!
Unda bu video aynan siz uchun

@pediatronline
3.4K views𝐌𝐚𝐟𝐭𝐮𝐧𝐚 𝐇𝐚𝐦𝐢𝐝𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯𝐧𝐚, 09:10
Ochish/sharhlash
2023-04-30 12:09:21
SOG'LOM BOLALARDA HARAKAT AKTIVLIGI SHAKLLANISH BOSQICHLARI.

1 oylikda:
Ushlab turganda qisqa vaqt boshinia tutadi
Atrofni qisqa kuzatadi

2 oylikda:
Boshini tutadi
Ko'zlari bilan harakatlanayotgan narsalarni kuzatadi
Jilmayadi, ovoz chiqara boshlaydi

3 oylikda:
Qoringa yotqizilganda boshi va ko'kragini ko'taradi
Yaqinlarini begonalardan farqlay boshlaydi

4 oylikda:
Ag'dariladi
Narsalarni ushlaydi
Chinqirib kuladi
O'ynashni yaxshi ko'radi

5-6oylikda:
Yordam bilan o'tiradi
Narsalarni og'ziga oboradi
O'yinchoqlarini ikki qo'lida o'ynaydi
Ayrim harflarni gapiradi

7-8 oylikda:
"Sensor nutq" rivojlanadi
"ona", "baba" so'zlarini gapiradi
Emaklaydi

12 oylikda:
Tik turadi
Narsalardan ushlab yuradi
8-10ta so'z aytadi
So'raganda o'yinchoqlarini uzatadi
Oddiy harakatlarni bajaradi
Ovozni biladi
So'zlarni takrorlaydi

18 oylikda:
Yuguradi
Zinapoyalardan ko'tarila oladi
O'zi ovqatlanadi
Oddiy gaplarni gapiradi

@pediatronline
3.6K views𝐌𝐚𝐟𝐭𝐮𝐧𝐚 𝐇𝐚𝐦𝐢𝐝𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯𝐧𝐚, 09:09
Ochish/sharhlash
2023-04-30 11:59:46
Bolajonlarga oyma-oy berish mumkin bulgan mahsulotlar
@pediatronline
3.2K views𝐌𝐚𝐟𝐭𝐮𝐧𝐚 𝐇𝐚𝐦𝐢𝐝𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯𝐧𝐚, 08:59
Ochish/sharhlash
2023-04-27 16:06:39 https://www.instagram.com/reel/CrDzuuLLd7z/?igshid=MDJmNzVkMjY=
4.5K views𝐌𝐚𝐟𝐭𝐮𝐧𝐚 𝐇𝐚𝐦𝐢𝐝𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯𝐧𝐚, 13:06
Ochish/sharhlash
2023-04-27 16:06:39 Qiz bola chaqalogi bor onajonlar uchun
4.5K views𝐌𝐚𝐟𝐭𝐮𝐧𝐚 𝐇𝐚𝐦𝐢𝐝𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯𝐧𝐚, edited  13:06
Ochish/sharhlash
2023-04-26 17:45:03 Assalom alaykum azizlarim savollaringizni qoldiring
1.3K views𝐌𝐚𝐟𝐭𝐮𝐧𝐚 𝐇𝐚𝐦𝐢𝐝𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯𝐧𝐚, 14:45
Ochish/sharhlash
2023-04-17 11:16:10
Болалар кундузи ухлаши керакми?

Педиатрлар ва болалар невропатологлари 5-6 яшар бола кундузи камида 1,5-2 соат ухлаши шарт деган фикрни айтадилар. Бола қанчалик ёш булса, унда уйқуга бўлган эҳтиёж шунчалик кучли бўлади.

Янги туғилган бола бир кунда 19 соат, 3-5 ойлик 17 соат, олти ойлик 15 соат., 9-12 ойлик 13 соат , 2-3 яшар 12,5 с., 4-5 яшар 11,5 с., 6 яшар бола 10 соат ухлаши керак. Бу боланинг сиҳат саломат ўсиши учун табиатнинг ўзи белгилаб қўйган зарурият.

Бола ёруғ дунёга келган заҳоти кун билан тунни ажрата олмайди, у бир суткада 4 мартадан 11 мартагача ухлайди.

@pediatronline
1.7K views𝐌𝐚𝐟𝐭𝐮𝐧𝐚 𝐇𝐚𝐦𝐢𝐝𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯𝐧𝐚, 08:16
Ochish/sharhlash
2023-04-17 11:15:08
Ko’krak sutini ko’paytirish haqida 

Ona sutini ko’paytirishning  usullari

Chaqaloqni tez-tez, uning talabiga ko’ra emizish;
Rezina so’rg’ichlardan (soska) imkon qadar kamroq foydalanish: butilkachalardan suyuqlikni so’rib olish osonligi sababli, bola osoniga o’rganib qolishi va ko’krakni yaxshi emmasligi ehtimoli mavjud;
Bola bilan yaqinroq bo’lish sutning ko’payishiga olib keladi, bola bilan ko’proq vaqt o’tkazishga harakat qiling;
Bola emishni o’zi to’xtatmaguncha uni ko’krakdan olmaslik;
3-4 soatlik intervallar bilan bolani turli ko’krak bilan emizish;
Onaning to’yib uxlashi ham sut ishlab chiqarilishiga ijobiy ta’sir qiladi.

 @pediatronline
1.7K views𝐌𝐚𝐟𝐭𝐮𝐧𝐚 𝐇𝐚𝐦𝐢𝐝𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯𝐧𝐚, 08:15
Ochish/sharhlash
2023-04-10 18:07:44
Orqa tarafdagi raqamlarni chizish

Bu bolalikdan ko'pchilikka tanish bo'lgan juda foydali o'yin. O'yin mushaklarning qisqichlarini olib tashlashga, taktil idrokni rivojlantirishga yordam beradi, miyaning ikkala yarim sharlari ishini rag'batlantiradi va tasavvurni rivojlantiradi.

Do'stlaringizga ham ulashing


@pediatronline
2.7K views𝐌𝐚𝐟𝐭𝐮𝐧𝐚 𝐇𝐚𝐦𝐢𝐝𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯𝐧𝐚, edited  15:07
Ochish/sharhlash
2023-04-10 18:04:35 Burun-halqum murtak bezining kattalashuvi adenoid deyilib, 2 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchraydi. Ba’zan kattalarda ham kuzatilishi mumkin. Adenoid o‘sib kattalashganda burun-halqum gumbazini to‘ldirishi va yon devorlari bo‘ylab pastga, eshitish naylarining halqum og‘zigacha tarqalishi mumkin.

Adenoidlarning paydo bo‘lish sabablari
Burun-halqum murtagi to‘qimalarining patologik o‘sishi odatda maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda, yuqumli kasalliklar bilan og‘rigandan keyin paydo bo‘ladi. Masalan, skarlatina, difteriya, qizamiq, angina, gripp kabi kasalliklarning kelib chiqishi shu jarayon bilan bog‘liq. Ba’zida irsiy sabablar, shuningdek tez-tez shamollashlar, ota-onalarning o‘z farzandlarining chiniqishlariga, sport bilan shug‘ullanishlariga va vaqtida tibbiy ko‘riklardan o‘tishlariga e’tiborsizlik bilan qarashlari ham adenoidlarga imkon yaratadi.

Adenoid alomatlari
Avvalo burundan nafas olish buziladi, bola og‘izdan nafas ola boshlaydi. Bemor bo‘shashgan va parishonxotir bo‘lib qoladi. Adenoid tufayli organizmda kislorod yetishmasligi ro‘y beradi va bunda quyidagi holatlar kuzatiladi: bosh og‘rig‘i; umumiy madorsizlik; uyqusizlik; tez-tez charchash; badjahllik; eshitish qobiliyatining pasayishi; yuqori jag‘ tishlarning noto‘g‘ri rivojlanishi.

Adenoidlarning turlari
Adenoidlar uch darajada farqlanadi: I darajada adenoidlar dimog‘ suyagining 1/3 qismigacha yopib turadi, II darajada 1/2 qismigacha va III darajada 2/3 qismigacha yoki deyarli butunlay bekitadi. I darajada adenoid bolaning uyg‘oq paytida burundan nafas olishini sezilarli darajada qiyinlashtirmaydi, lekin uyqu paytida venalarning qonga to‘lishi tufayli ularning hajmi ozmi-ko‘pmi kengayadi. Shuning uchun kasallik anamnezida bolaning uxlash vaqtida og‘zi ochiq bo‘lishi aniqlansa, bu adenoid borligidan dalolat berishi mumkin.

Rivojlanishi
Murtak hajmining kattalashishi shu darajaga yetadiki, ayrim hollarda burun-halqum bo‘shlig‘ini, xoanalarini, eshituv nayini, burun-halqumni to‘liq egallashi mumkin. Bunday hollarda bemorda, quloqni tez-tez surunkali shamollashi eshitish qobiliyati keskin pasayadi, tovush jarangdorligi o‘zgaradi, manqalik, teri va yumshoq pardalarning oqarishi sodir bo‘ladi. Burun orqali nafas olishning o‘zgarishi buzilishidan so‘ng, burundan doimo seroz suyuqlik oqib turadi, burun bo‘shlig‘i tez-tez yallig‘lanib sinusitlar paydo bo‘ladi.


Adenoidlar qanday asorat berishi mumkin?
Bolalarda kasalliklar uzoq davom etganda yuz skeletining rivojlanishida beso‘naqay buzilishlarga olib keladi. Doimo osilib turadigan pastki jag‘ tor va cho‘zinchoq bo‘lib qoladi, yuqori jag‘da esa qattiq tanglay noto‘g‘ri rivojlanadi. U baland va tor bo‘lib shakllanadi, tishlaring noto‘g‘ri joylashishi tufayli prikus buziladi. Adenoidlar nafas funksiyasiga, miya qon aylanishining ayrim mexanizmlariga salbiy ta’sir qiladi. Xotira zaiflashib har xil nerv-psixik o‘zgarishlarga olib keladi. Burun-xalqum murtagining gipertrofiyasi bilan kasallangan bolalarda vaqt o‘tishi bilan ko‘krak qafasi shakllanishining buzilishi (g‘oz ko‘kragi), kamqonlik, ko‘z tubidagi dog‘ o‘lchamining kattalashishi kuzatilishi mumkin.

Adenoidni davolash

Konservativ davo o‘tkir shamollash vaqtida qo‘llaniladi, qolgan holatlarda adenoid faqat jarohlik usuli bilan olib tashlanadi. Konservativ usul murtaklar oz-moz kattalashganda yoki operatsiya qilib bo‘lmaydigan hollarda qo‘llaniladi. Bemorga antigistamin preparatlar va kalsiy glyukonat buyuriladi. Kattalashgan murtaklar burundan nafas olishni qiyinlashtirib qo‘yganda operatsiya zarur bo‘lib, u ko‘pincha 5-7 yoshlarda qilinadi. Biroq burundan nafas olish ancha qiyinlashganda, eshitish qobiliyati pasayib ketganda va adenoidlar tufayli boshqa patologik hodisalar ro‘y berganda adenotomiya ko‘krak yoshidagi bolalarda ham amalga oshiriladi.

@pediatronline
2.4K views𝐌𝐚𝐟𝐭𝐮𝐧𝐚 𝐇𝐚𝐦𝐢𝐝𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯𝐧𝐚, 15:04
Ochish/sharhlash