Get Mystery Box with random crypto!

Oʻqituvchilar uchun

Telegram kanalining logotibi pedagoglarga — Oʻqituvchilar uchun O
Telegram kanalining logotibi pedagoglarga — Oʻqituvchilar uchun
Kanal manzili: @pedagoglarga
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.89K
Kanalning ta’rifi

Bizning kanal maktablardagi oʻqituvchilarning muammolarini mutasaddilarga yetkazuvchi koʻprikdir...
Admin bilan bogʻlanish: @Pedagoglarga_admin

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 12

2023-04-27 12:52:00 Kundalik.comda sinf rahbarlari uchun davomat bo‘yicha qo‘shimcha belgilar joriy etildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Kundalik.com tizimiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra:

MMTV huzuridagi Ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarini muvofiqlashtirish boshqarmasining iltimosiga binoan, sinf rahbarlari uchun davomat bo‘yicha qo‘shimcha belgilar joriy etildi.

Uzrli sababli:
Uzrli sababga ko‘ra qatnashmaslik (p | dq)
Kasallik sababli yo‘qligi (b | k)

Uzrli sababsiz:
Uzrli sababsiz qatnashmaslik (n|s)
Muntazam o‘tkazib yuboradi (c | m)
Ruxsatsiz xorijda (zg | ch)
Ota-onalar o‘qishiga qarshilik qiladilar (rp | q)
Ota-ona nazorati yo‘q (bk | ns)
Turmush qurganligi sababli o‘tkazib yuborgan (cn | tq)

Boshqa sabablar:
Darsga kechikkanligini bildirish (o | kq)


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
5.9K viewsedited  09:52
Ochish/sharhlash
2023-04-27 09:18:44

Қўшимча педагогик фаолият учун тўланадиган устамалар маълум қилинди

Бошқа маъмурий-ҳудудий бирликдан келиб фаолият юритаётган олий ва биринчи тоифага эга ўқитувчиларга — базавий тариф ставкаларига нисбатан 100 фоиз тўланади.

https://kun.uz/56079331

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
3.5K viewsedited  06:18
Ochish/sharhlash
2023-04-27 08:33:09 #Pedagogik_vaziyat
Vaziyat:
Aytaylik, xorjiy til darsi.
O‘qituvchi nafaqat o‘z guruhi, balki betob bo‘lib qolgan o‘qituvchining guruhiga ham dars o‘tishi kerak.

Bolalar o‘zlarini juda xunuk tutmoqdalar: baland ovozda gaplashmoqdalar, bahslashib, bir-birlariga maktublar tashlamoqdalar, qog‘ozdan samalyot yasab uchirmoqdalar va hokazo.

Orada o‘qituvchiga nistaban hurmatsizlik va beodoblik ham qilmoqdalar (ochiqchasiga emas, ehtiyotkorona). Ayniqsa, bir bola alohida ajralib turibdi.

O‘qituvchi e’tibor bermaslikka harakat qilib, dars o‘tishda davom etmoqda. Orada bolalarni tinchlantirishga urinmoqda, tinchlantirish maqsadida ikki baho qo‘yish, direktorni sinfga taklif qilish va ota-onalarini maktabga chaqirish kabi qo‘rqitish usullarini ham qo‘llab ko‘rmoqda.

O‘qituvchi o‘quvchilarga navbatdagi vazifa berdi – matnni o‘z so‘zi bilan aytib berish. Biroz vaqt o‘tgach, o‘qituvchi eng to‘polonchi o‘quvchidan matnni aytib berishga tayyormi yoki yo‘qligini so‘raydi. U faqat birinchi jumlani takrorlay olaman, deb javob beradi.

O‘qituvchi: “Demak, bahoying ikki”.
O‘quvchi: “Yo‘q, unday bo‘lsa, aytib beraman”.
O‘qituvchi: “Endi kech. Vaqtliroq o‘ylashing kerak edi”.
O‘quvchi takroran: “Ha, aytib beraman”.

Bunday gap talashish yana bir necha daqiqa davom etadi, natijada o‘qituvchi ikki baho qo‘yadi va o‘quvchi uni haqoratlab, sinfdan chiqib ketadi. O‘qituvchi dars o‘tishda davom etadi.

Savol: Mazkur holatda qanday pedagogik vaziyat yuzaga kelgan? Vaziyatni baholang va javoblarigizni izohlarda qoldiring!

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
3.1K viewsedited  05:33
Ochish/sharhlash
2023-04-27 08:33:09
OCHIQ DARS: KENG TARQALGAN XATOLAR

Batafsil

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
3.0K viewsedited  05:33
Ochish/sharhlash
2023-04-25 14:51:46
Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichidan o‘tolmagan o‘quvchilar ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinadi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim mussasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov 2023/2024 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni qabul qilish yuzasidan ma’lumot berdi:

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga
aniq fanlar yo‘nalishiga qabul 5 – 11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishiga 7 –11-sinflarga, keyingi o‘quv yillarida 5 va 7-sinflarga amalga oshiriladi.

Har bir sinfga 24 nafardan o‘quvchilar qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari natijalari Agentlik tomonidan ommaviy axborot vositalarida imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun mobaynida e’lon qilinadi.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kirish imtihonlaridan o‘tgan o‘quvchilar to‘liq bepul ta’lim olishadi.

Kirish imtihonlari natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi. Kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha imtihon materiallari talabgorlarga taqdim etilmaydi.

Boshqa qo‘shimcha savollar yuzasidan quyidagi havolada batafsil tanishing


Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
4.7K views11:51
Ochish/sharhlash
2023-04-25 11:39:12 ЎҚИТУВЧИ – КОНСТИТУЦИЯ ҲИМОЯСИДА
(ЁХУД УНГА ҚАРШИЛИК БИЛДИРАЁТГАНЛАР ҲАҚИДА)
Ривожланган давлатлар тарихига назар ташласак асосий эътиборни таълим соҳасига қаратиб, жамиятда ўқитувчилар қадрини биринчи ўринга қўйганини кўришимиз мумкин. Ўқитувчиларга император ҳурматини, бош вазир маошини, дипломат дахлсизлигини бериши эвазига Япония тараққиётнинг энг юксак чўққисига чиққани ҳеч кимга сир эмас.
Кейинги йилларда Ўзбекистонда ҳам таълим соҳасида олиб борилаётган ислоҳотлар, ва айниқса Конституцияга: давлат ўқитувчиларнинг шаъни ва қадр қимматини ҳимоя қилиш, уларнинг ижтимоий ва моддий фаровонлиги, касбий жиҳатдан ўсиши тўғрисида ғамхўрлик қилиши ҳақидаги модданинг киритилиши – нафақат таълим, балки, жамиятимиздаги барча соҳа тараққиёти учун хизмат қилиши шубҳасиз.
Аммо, халқаро минбарларда туриб ваъз айтаётган зиёлилар орасида мана шу оддий ҳақиқатни англаб етмайдиган кимсаларнинг учраши ачинарли ҳолдир.
Ўзини “инсон ҳуқуқлари ҳимоячиси, ўзбек мухолифатининг тан олинган лидери”, дея таништириб хорижда туриб Референдумни бойкот қилишга чақираётган, айниқса, ўқитувчи қадр қимматини ҳимоя қилишга қаратилган модданинг киритилишга тиш тирноғи билан қаршилик билдириб ижтимоий тармоқлар орқали чиқиш қилаётган Ҳасанбой Бурҳонов исмли шахс ҳам шулар жумласидандир.
У ўқитувчилар тўғрисидаги моддага кескин қаршилик билдирар экан: “Ошпазнинг қаери кам ўқитувчилардан, бошқа касб эгалари масалан ҳайдовчи бўлсин уларга тенг шароит яратиш керак. Бўлди, ўзлари тортиб кетаверади”, дея фикр билдирган.
Мана сизга Венадаги халқаро минбарда ўзини “ўзбек мухолифати пешвосиман”, деб таништирган зиёлининг гапи.
Ахир ошпазнинг хуқуқи бузилиб овқати ўхшамай қолса - нари борса ўттиз ўттиз беш киши бир марта оч қолар, ҳайдовчи йўлдан чиқса нари борса иккита машина пачоқ бўлиб, бир нечта киши жабр кўрар. Бузилган машинани эса бошқа ҳайдовчи тортиб кетар...
Аммо ўқитувчининг қўлида бир нечта ёки ўттиз, ўттиз бешта эмас – ўттиз беш миллионлик халқнинг тақдири, келажаги турибди-ку! Наҳотки, мана шу оддий ҳақиқатни англаш қийин бўлса?. Наҳотки, халқаро минбарга чиқа олган инсон мана шу оддий мантиқнинг мағзини чақа олмаса?!
Ҳа, Бурҳонов айтганидек, шу даврга қадар ҳаммани тенг кўриб иш тутдик. Ўқитувчининг деҳқондан қаери ортиқ, дея олти ойлаб уларни оммавий далага ҳайдадик. Ер ағдариб, кетмон чоптирдик, пахта тердирдик.
Фаррошнинг қаери кам ўқитувчидан, дея фаррош қолиб уларнинг ўрнига устозларни ишлатдик. Кўча супиртирдик, ахлат тозалаттирдик.
Буларнинг оқибатини: ер чопаётган, кўча супираётган, ахлат тозалаётган устоз қўлидан айнан мана шу ишлардан бошқасига ярамайдиган ёшлар, миллионлаб қора меҳнат мигрантлари етишиб чиқишини ўйлаб ҳам кўрмадик. Охир оқибат эса...
Янги давр бошланиб буларнинг ҳаммасига чек қўйилиб бутун диққат таълимга, ўқитувчининг шаънини кўтаришга қаратилаётган ва устоз қадри Конституция даражасида ҳимоя қилинаётган экан – буни фақат олқишлаш, айнан мана шу модданинг киритилганлиги учун ҳам Референдумда қўшқўллаб овоз бериш лозим. Четда туриб, қаршилик билдириб орқадан тепиш эмас...

Мирзабек ЖАПАҚОВ, ҳуқуқшунос журналист. Хоразм.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
5.1K viewsedited  08:39
Ochish/sharhlash
2023-04-25 08:04:02
“Ko‘zim ojizligi ming dollar maoshga erishishimga xalaqit bermadi”. Namanganlik tarix fani o‘qituvchisi hikoyasi

Nozimjon Tojiboyev 15 yildan beri Uchqo‘rg‘on tumanidagi 6-davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tarix fanidan dars beradi.

Batafsil — http://dy.uz/QphMn

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
4.5K views05:04
Ochish/sharhlash
2023-04-25 06:59:28 МЕНИНГ МАКТАБИМ

Зиё олиб, зиё тарқатмоқ,
Эътиқодим- улуғ мақсадим,
Сен бу йўлда ҳамиша паноҳ,
Қадрдоним менинг мактабим,

Бахтга тўлдим қучоғингда мен,
Завққа тўлдим қучоғингда мен,
Пишдим илм -ўчоғингда мен,
Жонажоним менинг мактабим.

Сенла ўтди беғубор ёшлик,
Шўҳ болалик,ширин бебошлик,
Соғинчларинг бунчалар тотлик,
Меҳрибоним менинг мактабим.

Ўтди неча турфа замонлар,
Тош отдилар гоҳо ёмонлар,
Виқор ила турдинг ҳар онлар,
Нур -жаҳоним менинг мактабим.

Тузинг ҳалол,ош нонинг ҳалол,
Сувинг ҳалол,хирмонинг ҳалол,
Ҳар лаҳза -ю, ҳар онинг ҳалол,
Пок,иймоним менинг мактабим.

Таъмаддунга бешиксан,бешак,
Равнақ учун эшиксан,бешак,
Мен бағрингда унган бир чечак,
Нурафшоним менинг мактабим.

Илмга кон азиз қўрғонсан,
Жаҳон ичра нурли жаҳонсан,
Сен муқаддас -кўксимда жонсан,
Жонажоним менинг мактабим.

Хуршид Kaрим

@Xurshid_Karim

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
5.3K viewsedited  03:59
Ochish/sharhlash
2023-04-24 19:27:54
Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etilmoqda

Prezident qarori (№128 20.04.2023y) bilan Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etilmoqda.

Respublika markazi xodimlariga Prezident Administratsiyasining Ijro etuvchi apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash razryadlari va ish haqi miqdorlari tatbiq etiladi;

davlat organlari rahbarlari Respublika markaziga har tomonlama koʻmaklashadi, jumladan, markaz oʻz vazifalarini bajarishi uchun unga zarur shart-sharoit yaratadi, shuningdek, soʻralgan maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etadi, tahlillar yakuniga koʻra kiritilgan materiallar va tavsiyalarni koʻrib chiqadi.

Respublika markazi faoliyatiga umumiy rahbarlik Prezidentning fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va madaniyat masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi;

Respublika markaziga Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;

Respublika markazini taʼlim sohasida chuqur nazariy va amaliy bilimga ega boʻlgan, xorijiy tillarni egallagan, belgilangan vazifalar ijrosini yuqori professional darajada bajara oladigan tajribali va malakali ilmiy-pedagogik kadrlar bilan toʻldirish choralari koʻriladi.

Respublika markazi Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻchasi 30-uy manzildagi bino joylashadi.

Respublika markazi vazifalari

Kanalga ulanish
https://t.me/uztdi
4.8K views16:27
Ochish/sharhlash
2023-04-22 16:26:14
Ўқитувчи Балогардонова!

Ўқитувчи ким ўзи: текинга ишловчи деҳқонми, сарсон банкирми, дурадгор ёки ободонлаштириш ҳодимими?


Номи улуғ, сурпаси қуруқ ўқитувчи-мураббийлар ҳақида ачинарли видео

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
3.8K viewsedited  13:26
Ochish/sharhlash