Get Mystery Box with random crypto!

“Pedagog xodimning maqomi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi maʼqul | Oʻqituvchilar uchun

“Pedagog xodimning maqomi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi maʼqullandi

Bugun 1-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda “Pedagog xodimning maqomi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqilib, bir ovozdan ma’qullandi.

Ushbu qonun loyihasiga ko‘ra, quyidagi o‘zgarishlar nazarda tutilyapti:

pedagoglar mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilganida davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi;

pedagog xodimni lavozim majburiyati va kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish taqiqlanadi;

ilk bor kasbiy faoliyat boshlayotgan shaxsga bir o‘quv yili davriga o‘qituvchi-murabbiylikni amalga oshiruvchi pedagog xodim biriktiriladi;

davlat ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tadi;

pedagog xodimning kasbiy faoliyati davomida yuqumli kasalliklarga qarshi bepul profilaktik emlash davlat tomonidan ta’minlanadi.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU