Get Mystery Box with random crypto!

​​Bill Geytsdan 5 ta ajoyib kitob tavsiyasi 1. 'Hayot haqida | Panda Books

​​Bill Geytsdan 5 ta ajoyib kitob tavsiyasi

1. "Hayot haqida savol"
.
Ushbu kitob muallifi Nik Leyn taniqli ingliz biokimyogari. U London universiteti kollejida ilmiy-tadqiqot bilan shug'ullanadi. Kitobda olim energiya va genlar o'rtasidagi munosabatni o'rganadi. Asarda juda ko'p qiziqarli mavzular ko'tarilgan va ulardan biri fanning eng buyuk siriga bag'ishlangan: Yerda hayot qanday paydo bo'lgan Leyn juda murakkab narsalarni sodda va ommabop tarzda tushuntiradi. "Ushbu kitob muallifi shunchalik maroq bilan yozadiki, siz undan qochib qutula olmaysiz", - deydi Geyts.

2. "Sapiens: Insoniyatning qisqacha tarixi".
Muallif Yuval Noy Xarari Isroil harbiy tarixchisi, o'rta asrshunos, Quddusning Ibroniy universiteti tarix professori. Bestsellerga aylangan ushbu kitobda tarixchi insoniyat tarixini tosh davridan to XXI asrgacha o'rganadi. Olim Homo sapiens hukmronligiga sabab sifatida ularning bir-biri bilan samarali hamkorlik qila oladigan yagona tur ekanligini keltiradi. Garchi Geytsning o'zi, shu jumladan men ham, kitobning ba'zi joylariga mutlaqo qo'shilmasam-da, unda inson tarixini tushunishga imkon beradigan faktlar mavjuddir.

3. "Qanday hech adashmaslik mumkin. Matematik fikrlash qudrati".
Ushbu kitob muallifi Jordan Styuart Ellenberg amerikalik matematik va Viskonsin-Medison Universitetining matematika professori. Aytgancha, u vunderkind va ikki yoshida "Sezam ko'chasi" degan bolalar shousini tomosha qilib o'qishni o'rgangan. Buni onasi tasodifan bilib qoladi, u bilan birga mashinada ketayotganida, to'satdan Jordan: "Betes shahriga yetib borish uchun yo'l belgisida o'ng tomonga buriling deb yozilgan", - deydi.

Geytsning so'zlariga ko'ra, ushbu kitob "bizning kundalik hayotimiz asosida yotadigan matematik bo'lmagan tizimlarning ko'pchiligi aslida chuqur matematik ekanligi haqida hikoyalar seriyasidir. Faqat odamlar to'g'ri savollar berishni o'rganmagunlaricha buni qo'llay olmaydilar." Bu asarni o'qib chiqish uchun matematikani sevish shart emas. Bill Geyts muallifning "murakkab, tushunarli va hatto ba'zan kulgili" tarzda o'ta murakkab mavzularda yozish qobiliyatini ta'kidlaydi.

4. "Raqobatlashish qobiliyati".
Kitob mualliflari ota-bola Ryoichi Mikitani, Xiroshi Mikitani Yaponiyadagi eng yirik, dunyoda esa uchinchi eng yirik elektron tijorat kompaniyasi 'Rakuten'ning asoschilari hisoblanishadi. Asarda Yaponiyaning iqtisodiy farovonligi iqtisodchi va tadbirkor ko'zi bilan tahlil qilinadi. Ota-bola mamlakatning asosiy muammolarini (iqtisodiyot, ta'lim tizimi, davlat infratuzilmasi) o'rganishadi va ularga turli xil yechimlarni taklif etishadi.

5. "Seveneves".
Ushbu kitob muallifi Nil Taun Stivenson - amerikalik ilmiy-fantast yozuvchi. Uning mashhur "Seveneves" romani global falokatni tasvirlash bilan boshlanadi: Oy portlaydi... Hamma hayratda: bundan keyin nima bo'ladi? Insoniyatni qutqarish uchun barcha dunyo rahbarlari birlashadilar. Ularning vaqti esa juda oz... Kitob haqiqatan ham fantastika janrining haqiqiy marvaridi. Zero, shunday mavzudagi kitobni kimsan Bill Geytsning o'zi tomonidan tavsiya etilayotgani ham ko'p narsani anglatadi.

Xulosa o'rnida aytib o'tmoqchimanki, sizning qiziqishlaringiz Bill Geytsning tavsiyalari bilan mos keladimi yoki yo'q, bu unchalik qo'rqinchli emas, muhimi ushbu kitoblar e'tiborga arzishida. Ayniqsa, Geyts kitob tanlash - qandaydir ilm-fan yoki hisob-kitoblar bilan boshqarilmasligini ta'kidlaydi. Men bunga yuz foiz qo'shilaman. Eng muhimi, o'sha tanlagan kitoblaringiz sizni yangitdan o'ylashga undashi lozimligida.

#tavsiya #billgeyts

@panda_books