Get Mystery Box with random crypto!

​​'Dunyoga Mashhur Zamonaviy Yozuvchilar' Rukni XII soni G | Panda Books

​​"Dunyoga Mashhur Zamonaviy Yozuvchilar"
Rukni XII soni

Gregori Devid Roberts

Avvalgi sonlarda
Frederik Bakman // Kazuo Ishiguro // Markus Zusak // Erlend Lu // Xaruki Murakami // Giyom Musso // Nil Geyman // Joan Kate Rouling // Jojo Moyes // Den Braun // Paolo Koelo

Biroz sirli biografiyaga ega bo'lgan yozuvchi o'zining ko'p qirraliligi va zulmat ichra yorug'likni izlagani uchun "XXI asr Dostoevskiysi" deb nom olgan. Ekzotik tafsilotlar va kuchli shaxslarni ulug'lash sifatlari uchun esa yozuvchi Ernest Xeminguey bilan taqqoslanadi.

Gregori Jorj Smit 1952-yil iyun oyida Avstraliyani Melburnida tug'ilgan. Doimiy oilaviy inqirozlardan so'ng, bo'lajak yozuvchi geroinga qaram bo'lib qoladi va talon-toroj qilish yo'li bilan giyohvand moddalar uchun mablag topadi. Ammo o'g'rilar ichida oliyjanobligi bilan nom qozonadi.

1978-yilda Gregori 19 yillik qamoq jazosiga hukm qilinadi, ammo 2 yildan so'ng u qochishga va Yangi Zelandiya orqali Hindistonga uchishga muvaffaq bo'ladi, uning ushbu sarguzashtlari o'zining "Shantaram" romanida tasvirlangan. (Unga yozgan taqrizim shu yerda) Yozuvchi biografiyasining haqiqiy tafsilotlari asarlardagi epizodlar bilan chalkashib ketgan va haqiqat qayerda, fantastika qayerda ekanligini aniqlash osonmas.

1990-yilda Gregori Frankfurtda geroin olib kirishga uringani uchun hibsga olingan va qamoq jazosiga hukm qilingan. Bu orada u o'zining ilk romanini yozishga kirishadi. Roberts taxallusini olgan Smit roman yozish davomida giyohvand moddalardan halos bo'lsa, jamiyat va ota-onalar oldida o'z aybini yuvib, odamlarga nur keltirishi mumkinligini anglab yetadi.

Garchi qo'lyozma qo'riqchilar tomonidan ikki marta yo'q qilingan bo'lsa-da, yozuvchi ularni kechirgan. 1997-yilda Gregori Devid Roberts ozod qilinadi va "Shantaram" ustida ishlashni davom ettiradi, uni yozish uchun roppa-rosa 11 yil kerak bo'ladi. 2003-yilda esa roman nashrdan chiqariladi.

Robertsning bibliografiyasida 2 ta roman mavjud bo'lib, ularning har biri yozish uchun 11-12 yil sarflangan. "Shantaram"ning davomi bo'lgan "Tog' soyasi" 2015-yilda ingliz tilida chop etiladi.

Yozuvchi intervyularida roman voqealari haqqoniy, personajlar esa xayoliy ekanligini ta'kidlaydi. Kitoblarning har birining g'oyasi ostida yaxshilik va yomonlik qarama-qarshiligi yotadi. "Shantaram"da asosiy qoralanga illat mag'rurlik bo'lsa, ulug'langan asosiy fazilat rahmdillikdir.

Shaxsiy hayoti sirlarga boy yozuvchining rafiqasi "Hindiston uchun umid" xayriya jamg'armasining prezidenti, Ruminiya taxti merosxo'rining sobiq rafiqasi bo'lmish Fransuazu Styurds hisoblanadi.

Robertsning so'zlariga ko'ra, u Bombeydagi hashamatli mehmonxonada yashaydi, Madonna va "Shantaram" filmini suratga oladigan Jonni Depp bilan do'stligini aytadi, chekmaydi, ichmaydi va giyohvand moddalarni iste'mol qilmaydi.

2014-yilda muallif intervyu berishga va avtograf berishga vaqt topolmasligini ommaga e'lon qildi va jamoat hayotidan uzoqlashdi. Hozir Gregori bilan nima yuz berayotgani noma'lum: u hech qanday ijtimoiy tarmoqlarda yo'q.

Uning romanlaridan iqtiboslar:
- "Siyosatchi - bu daryo bo'lmagan joyda ko'prik qurishni va'da qilgan kishidir".

- "Taqdir har doim senga ikkita muqobil variantni taklif qiladi - birinchi sen tanlashing kerak bo'lgani va qaysiki ikkinchisi sen tanlab bo'lganing".

- "Insonni yomonlik qilmaslikka majburlash mumkin, lekin uni hech qachon yaxshilik qilishga majburlay olmaysiz".
@panda_books