Get Mystery Box with random crypto!

Oylik Qancha?

Telegram kanalining logotibi oylikqancha — Oylik Qancha? O
Telegram kanalining logotibi oylikqancha — Oylik Qancha?
Kanal manzili: @oylikqancha
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.73K
Kanalning ta’rifi

Bizning asosiy maqsad — taqdim etilayotgan ma’lumotlar sizga foydali bo‘lishidir.
Savol, taklif va reklamalar uchun: @media_adsx

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-03-14 16:38:02
Angliya va Italiya futbol oʻyinlariga kirish biletining narxi qancha?

Angliy futbol o'yinlarida chipta narxi o'yinning dolzarbligi va kuzatuv joyiga qarab £39 dan boshlab £3000 gacha bo'lishi mumkin ekan.

Masalan:
— Manchester City va Burnley o'rtasida 18-mart kunngi o'yinga chipta narxi £39 dan £150 (VIP joylar) gacha ekan;

Shuningdek, "Chempionlar ligasi" doirasidagi 15-mart kungi Real Madrid va Liverpul uchrashuvi chiptalari £176.26 dan £2995 gacha ekan.

— Real Betis va Manchester Yunayted (16.03.2023) uchrashuvi £220.33 - £3000;
— Chelsi va Liverpul (04.04.2023) chiptalari £195 - £1 500;
— Arsenal va Chelsi (29.04.2023) £475 - £2 750;
— Liverpul va Fulxem £98 - £2 500;

Italiya A seriyasi o'yinlari:
— Latsio va Roma (19.03.2023) £158.64 - £467;
— Inter Milan va Yuventus (19.03.2023) £75 - £251.53;

Ma'lumot uchun £1=13 759 soʻm

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
1.9K viewsedited  13:38
Ochish/sharhlash
2023-03-13 15:22:47
Dunyodagi eng qimmat sayohatning qiymati qancha?

Amerikaning DreamMaker kompaniyasi dunyodagi eng qimmat turni taklif etmoqda. Uning qiymati taxminan $13,8 millionga baholangan.

Ekskursiya sayyoramizning 20 ta shahri bo'ylab xususiy Boeing 767 samolyotida sayohat qilishni o'z ichiga oladi. Sayohat narxi bir kishi uchun koʻrsatilgan boʻlib qoʻshimcha ravishda siz laynerda sayohat qilish uchun 50 tagacha oila aʼzolaringiz va do'stlaringizni olib ketishingiz mumkin boʻladi.

Ekskursiya mijozi va uning har bir hamrohi parvoz vaqtida massaj terapevti yoki gipnoterapevt muolaja olishi va bortda ixtiyoriy ravishda jonli akustik kontsertlar, yoga mashg'ulotlari bilan shugʻullanishi mumkin boʻladi. Shuningdek noyob sharobni tatib ko'rish imkoniyati ham mavjud.

Safarga siz bilan hamrohlik qilish uchun AQSh harbiy-havo kuchlarining sobiq qo'mondoni, amerikalik beysbol afsonasi va eng yaxshi poker o'yinchisi ham taklif qilinadi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
2.1K views12:22
Ochish/sharhlash
2023-03-13 08:43:37
O‘zbekistondagi neft-gaz konlari qaysi kompaniyalarga tegishli?

O‘zbekistonda 295 ta neft va gaz koni ochilgan bo‘lib, shulardan 60 % qo‘shma korxonalar va xorijiy kompaniyalar ixtiyorida.

Xorijiy kompaniyalar ixtiyorida:

— Saneg (Kipr, Belvor Holding – 98%, Gas Project Development Central Asia – 2%) 105 ta;
— Lukoyl 13 ta;
— Gazprom 2 ta;
— Epsilon (AQSh) 18 ta;
— Surhan Gas Chemical (Altmax Holding 75%, Gas Project Development Central Asia 5%, “O‘zbekneftgaz” – 20%) 1 ta (eng yirik konlardan biri hisoblangan “Mustaqillikning 25 yilligi” koni);
— Petromaruz (Britaniyada ro‘yxatdan o‘tgan Rossiya kompaniyasi) 1 ta;
— CNPC (Xitoy) 13 ta.

Shuningdek, yurtimizda qazib olingan gazni oʻzimiz xorijiy kompaniyalardan sotib olishimiz kerak ekan. Masalan, 2018 - yilda Lukoyldan 5 mlrd kubometr gaz sotib olingan. 1 ming kubometrning narxi $146 ni tashkil etdi va aholiga bu $40 dan sotildi. Natijada Rossiya kompaniyasidan $600 mln qarzdorlik vujudga kelgan.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
4.4K viewsedited  05:43
Ochish/sharhlash
2023-03-12 19:13:49
UzAvtoMotorsning eng arzon avtomashinasi sotib olish uchun qancha vaqt ishlash kerak?

UzAvtoMotors oʻtgan yilning dekabr oyida arzon mashinalarga shartnoma berishni toʻxtatganidan soʻng mana 4 oydirki xaligacha tranziksiyalar ochilmagan.

2022-yil yakunlariga koʻra Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik ish haqqi 3,9 mln soʻm va xozirda eng arzon Onix'ni xarid qilish uchun yemay ichmay shuncha oylik oladigan xalqimiz 53 oy ishlashi kerak ekan.

Lekin, shuni unutmaslik kerakki 2022 yilda yurtimizda "budjet va nobudjet" dan oylik oladiganlarning 52,6%i oyiga 2 mln soʻmdan kam daromad topadi.

Ishlab chiqarish hajmi oshirmaslik va narxlarning tushirilmasligi oʻzi kam tanlovli xalqimizning avtomashina olish imkoniyati cheklamoqda. Oshib borgan navbat natijasida ikkilamchi bozordagi avtomobil narxlari aqlga sigʻmas tarzda oshmoqda va chet elda $10 minga olsa boʻladigan avtomashina bizda $16 ming turibdi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
4.2K viewsedited  16:13
Ochish/sharhlash
2023-03-12 17:01:08 Bahor keldi. Kunlar uzayib, isimoqda. Shunday kunlarda qiziqarli telegram kanallarni kuzatishga nima yetsin?

Har biri aʼzo boʻlishga arziydigan sara telegram kanallarni tavsiya qilmoqchiman!

@platformauzb eng tezkor axborotlar, ekspertlarning eksklyuziv fikrlari, dolzarb mavzulardagi maqolalar, original suratlar va videolar blogi.

@GeoSiyosatuz geosiyosiy maydondagi eng sara maqolalar, yangiliklar, statistikalar berib boradi.

@GeoPolitico siyosatni tushunish uchun siyosatshunoslikda oʻqish shart emas. Yaxshi siyosiy kanalni kuzatib borishning oʻzi yetarli. Sifatli va sanoqli siyosiy kanallardan biri.

@shokirjonov Kun.uz jurnalisti Shuhrat Shokirjonov tomonidan yuritiladigan kanal. Ijtimoiy hayotda roʻy berayotgan voqea-hodisalarga jurnalist nigohi. Muxlislarning murojaatlari asosida tayyorlangan xabarlar ham berib boriladi.

@shahnozxon jamoatchilik faoli, filolog, qalami oʻtkir jurnalist Shahnoza Soatovaning kanali. Kanalda ijtimoiy hayot, oʻzbek tili va adabiyoti hamda ayollar huquqiga oid tahlillar berib boriladi.

@OrifTolib ijodkor, til amaliyotchisi Orif Tolib sahifasi. Kanal – til va imlo borasida katta xazina. Sahifani muntazam kuzatib borsangiz, bilimlaringiz oʻz-oʻzidan ortaveradi.

@bank_yuristi kreditlar, omonatlar va shu kabi bank va moliya xizmatlari haqida huquqiy malumotlar va tushuntirishlar olib boriladigan kanal.

@haqiqatdaIlyos Kun.uz jurnalisti Ilyos Safarovning telegram kanali. Kanal orqali jurnalistning dolzarb mavzularda qilgan intervyulari, jamiyatdagi voqea-hodisalarga nisbatan bildirgan fikrlari bilan tanishib borishingiz mumkin.

@tahrir_uz musahhihlik, muharrirlik, soʻz tanlash va qoʻllash sanʼati haqidagi sahifa. Amaliyotda uchraydigan eng qiziqarli, qaltis va nozik vaziyatlar bilan tanishasiz.

@n_jonuzoq bu kanalda shoir Nodir Jonuzoq sheʼrlari va shoirning boshqa bitiklarini oʻqib borishingiz mumkin.
3.7K views14:01
Ochish/sharhlash
2023-03-11 14:29:01
Qurilish sohasidagilarning oylik maoshi qancha?

Qurilish sohasi ogʻir jismoniy mehnatdan tortib aqliy mehnatgacha boʻlgan ishlarni amalga oshirish talab etiladi.

Yurtimizda qurilish sohasi vakillarining oylik maoshini koʻramiz:

— Loyihachi. Qilingan loyihaning qiymatiga qarab 1 kv.metr dan kelib chiqib belgilanadi va $4-$10 gacha boʻlgan qiymatda olishadi.
— Arxitektor $500-$1000;
— Quruvchi oddiy ustalar $300 dan boshlab ketaveradi.

Shuningdek, qurilishda kunlik ishchilar 100 ming soʻmdan boshlab qilgan ishiga qarab 300 ming soʻmgacha olishi mumkin.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
3.9K views11:29
Ochish/sharhlash
2023-03-11 11:05:31
AQSH’da braziliyaliklar “egallab” olgan biznes – boy odamlarning itlariga qarab turish va sayohat qildirish.

Bir soati uchun 15 dollar oladi, 5-6 ta itni olib ozgina aylantiradi va itlar uchun mo'ljallangan maxsus parkka olib borib tashlaydi. Shu bilan kechgacha $500-600 yest-da))

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
4.0K views08:05
Ochish/sharhlash
2023-03-09 21:02:46
Adliya vazirligi xodimlari qancha oylik oladi ?

Boshqarma boshliqlari 15-16 million so‘m
Oddiy xodimlar o‘rtacha 6-8 million so‘m
Boshqa muhim lovozimda ishlaydiganlar 8-15 million so‘m

Bu moashlar yillik qo‘shimcha bonuslarni hisobga olgan holda hisoblangan.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
1.9K views18:02
Ochish/sharhlash
2023-03-09 20:07:44
"Kitob o'qib beruvchi": xolokost va sevgi tutashgan nuqta

Bir qancha muddat Hanna bilan ishqiy munosabatda bo‘lib ajralgan Mixael vaqtlar o‘tib ayolni sud zalida uchratadi. Yigitcha bo‘lajak yurist. Ayol esa biroz yoshi o‘tgan jinoyatchi.

Batafsil o'qish:
https://telegra.ph/kitob-uquvchi-03-04

Qora qalam - adabiyot haqida!
2.0K views17:07
Ochish/sharhlash
2023-03-09 11:31:12
Dunyoning eng boy monarxi o'z boyliklarini nimaga sarflaydi?

Maha Vachiralongkorn Tailand qiroli, ba'zi manbalarga ko'ra uning boyligi $56,6 mlrdni ba'zilariga koʻra $40 mlrdni tashkil etadi va u dunyodagi eng boy monarx hisoblanadi.

Monarxning 38 ta samalyot va vertolyotlarni o'z ichiga olgan shaxsiy samalyotlar parki mavjud. Birgina samalyotining narxi $332 mlnni tashkil etadi va ularga texnik xizmat ko'rsatish xarajatlariga yiliga $64 mln sarflanadi.

Yashaydigan qasrining qiymati $12 mlnni tashkil etadi va monarx Mercedes-Maybach kabi ko'plab qimmat avtomobillarga egalik qiladi.

Tailand madaniyatining bir qismi bo'lgan zargarlik buyumlari bilan bir qatorda qirol qiymati $10 - 12 mln bo'lgan dunyodagi eng katta 546,67 karatli olmosga egalik qiladi.

Monarx marosimlarga ham juda ko'p pul sarflaydi, uning 3 kunlik toj kiyish marosimi $30 mlnga tushgan.

Shuningdek, Germaniyaning Alp tog'lari yon bag'rida €10 mlnlik hashamatli uyi bor.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
495 views08:31
Ochish/sharhlash