Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistondagi neft-gaz konlari qaysi kompaniyalarga tegishli | Oylik Qancha?

O‘zbekistondagi neft-gaz konlari qaysi kompaniyalarga tegishli?

O‘zbekistonda 295 ta neft va gaz koni ochilgan bo‘lib, shulardan 60 % qo‘shma korxonalar va xorijiy kompaniyalar ixtiyorida.

Xorijiy kompaniyalar ixtiyorida:

— Saneg (Kipr, Belvor Holding – 98%, Gas Project Development Central Asia – 2%) 105 ta;
— Lukoyl 13 ta;
— Gazprom 2 ta;
— Epsilon (AQSh) 18 ta;
— Surhan Gas Chemical (Altmax Holding 75%, Gas Project Development Central Asia 5%, “O‘zbekneftgaz” – 20%) 1 ta (eng yirik konlardan biri hisoblangan “Mustaqillikning 25 yilligi” koni);
— Petromaruz (Britaniyada ro‘yxatdan o‘tgan Rossiya kompaniyasi) 1 ta;
— CNPC (Xitoy) 13 ta.

Shuningdek, yurtimizda qazib olingan gazni oʻzimiz xorijiy kompaniyalardan sotib olishimiz kerak ekan. Masalan, 2018 - yilda Lukoyldan 5 mlrd kubometr gaz sotib olingan. 1 ming kubometrning narxi $146 ni tashkil etdi va aholiga bu $40 dan sotildi. Natijada Rossiya kompaniyasidan $600 mln qarzdorlik vujudga kelgan.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli