Get Mystery Box with random crypto!

Dunyodagi eng qimmat sayohatning qiymati qancha? Amerikaning | Oylik Qancha?

Dunyodagi eng qimmat sayohatning qiymati qancha?

Amerikaning DreamMaker kompaniyasi dunyodagi eng qimmat turni taklif etmoqda. Uning qiymati taxminan $13,8 millionga baholangan.

Ekskursiya sayyoramizning 20 ta shahri bo'ylab xususiy Boeing 767 samolyotida sayohat qilishni o'z ichiga oladi. Sayohat narxi bir kishi uchun koʻrsatilgan boʻlib qoʻshimcha ravishda siz laynerda sayohat qilish uchun 50 tagacha oila aʼzolaringiz va do'stlaringizni olib ketishingiz mumkin boʻladi.

Ekskursiya mijozi va uning har bir hamrohi parvoz vaqtida massaj terapevti yoki gipnoterapevt muolaja olishi va bortda ixtiyoriy ravishda jonli akustik kontsertlar, yoga mashg'ulotlari bilan shugʻullanishi mumkin boʻladi. Shuningdek noyob sharobni tatib ko'rish imkoniyati ham mavjud.

Safarga siz bilan hamrohlik qilish uchun AQSh harbiy-havo kuchlarining sobiq qo'mondoni, amerikalik beysbol afsonasi va eng yaxshi poker o'yinchisi ham taklif qilinadi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli