Get Mystery Box with random crypto!

Dunyoning eng boy monarxi o'z boyliklarini nimaga sarflaydi? | Oylik Qancha?

Dunyoning eng boy monarxi o'z boyliklarini nimaga sarflaydi?

Maha Vachiralongkorn Tailand qiroli, ba'zi manbalarga ko'ra uning boyligi $56,6 mlrdni ba'zilariga koʻra $40 mlrdni tashkil etadi va u dunyodagi eng boy monarx hisoblanadi.

Monarxning 38 ta samalyot va vertolyotlarni o'z ichiga olgan shaxsiy samalyotlar parki mavjud. Birgina samalyotining narxi $332 mlnni tashkil etadi va ularga texnik xizmat ko'rsatish xarajatlariga yiliga $64 mln sarflanadi.

Yashaydigan qasrining qiymati $12 mlnni tashkil etadi va monarx Mercedes-Maybach kabi ko'plab qimmat avtomobillarga egalik qiladi.

Tailand madaniyatining bir qismi bo'lgan zargarlik buyumlari bilan bir qatorda qirol qiymati $10 - 12 mln bo'lgan dunyodagi eng katta 546,67 karatli olmosga egalik qiladi.

Monarx marosimlarga ham juda ko'p pul sarflaydi, uning 3 kunlik toj kiyish marosimi $30 mlnga tushgan.

Shuningdek, Germaniyaning Alp tog'lari yon bag'rida €10 mlnlik hashamatli uyi bor.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli