Get Mystery Box with random crypto!

Bahor keldi. Kunlar uzayib, isimoqda. Shunday kunlarda qiziqar | Oylik Qancha?

Bahor keldi. Kunlar uzayib, isimoqda. Shunday kunlarda qiziqarli telegram kanallarni kuzatishga nima yetsin?

Har biri aʼzo boʻlishga arziydigan sara telegram kanallarni tavsiya qilmoqchiman!

@platformauzb eng tezkor axborotlar, ekspertlarning eksklyuziv fikrlari, dolzarb mavzulardagi maqolalar, original suratlar va videolar blogi.

@GeoSiyosatuz geosiyosiy maydondagi eng sara maqolalar, yangiliklar, statistikalar berib boradi.

@GeoPolitico siyosatni tushunish uchun siyosatshunoslikda oʻqish shart emas. Yaxshi siyosiy kanalni kuzatib borishning oʻzi yetarli. Sifatli va sanoqli siyosiy kanallardan biri.

@shokirjonov Kun.uz jurnalisti Shuhrat Shokirjonov tomonidan yuritiladigan kanal. Ijtimoiy hayotda roʻy berayotgan voqea-hodisalarga jurnalist nigohi. Muxlislarning murojaatlari asosida tayyorlangan xabarlar ham berib boriladi.

@shahnozxon jamoatchilik faoli, filolog, qalami oʻtkir jurnalist Shahnoza Soatovaning kanali. Kanalda ijtimoiy hayot, oʻzbek tili va adabiyoti hamda ayollar huquqiga oid tahlillar berib boriladi.

@OrifTolib ijodkor, til amaliyotchisi Orif Tolib sahifasi. Kanal – til va imlo borasida katta xazina. Sahifani muntazam kuzatib borsangiz, bilimlaringiz oʻz-oʻzidan ortaveradi.

@bank_yuristi kreditlar, omonatlar va shu kabi bank va moliya xizmatlari haqida huquqiy malumotlar va tushuntirishlar olib boriladigan kanal.

@haqiqatdaIlyos Kun.uz jurnalisti Ilyos Safarovning telegram kanali. Kanal orqali jurnalistning dolzarb mavzularda qilgan intervyulari, jamiyatdagi voqea-hodisalarga nisbatan bildirgan fikrlari bilan tanishib borishingiz mumkin.

@tahrir_uz musahhihlik, muharrirlik, soʻz tanlash va qoʻllash sanʼati haqidagi sahifa. Amaliyotda uchraydigan eng qiziqarli, qaltis va nozik vaziyatlar bilan tanishasiz.

@n_jonuzoq bu kanalda shoir Nodir Jonuzoq sheʼrlari va shoirning boshqa bitiklarini oʻqib borishingiz mumkin.