Get Mystery Box with random crypto!

Oylik Qancha?

Telegram kanalining logotibi oylikqancha — Oylik Qancha? O
Telegram kanalining logotibi oylikqancha — Oylik Qancha?
Kanal manzili: @oylikqancha
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.73K
Kanalning ta’rifi

Bizning asosiy maqsad — taqdim etilayotgan ma’lumotlar sizga foydali bo‘lishidir.
Savol, taklif va reklamalar uchun: @media_adsx

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-02-27 19:37:01
Dunyoda va O’zbekistondagi o’ta qashshoqlik darajasi va ularning daromadi

BMT ma'lumotlariga ko‘ra, bugungi kunga kelib har kuni 25 ming kishi ochlikdan o‘lmoqda va ularning ko‘pchiligi bolalardir. Sayyoramizning deyarli 1 milliard aholisi kuniga $2 ga qanoat qilishga majbur, 2,5 milliard kishining daromadi esa kuniga $3 dan oshmaydi.

Dunyoda o’ta qashshoqlar ya’ni kunlik daromadi $1,90 dan kamlar soni va ummiy aholiga nisbatan foyizi quyidagicha:

— Hindiston 103 mln kishi(5-10%);
— Nigeriya 91 mln kishi (40-50%);
— Kongo DR 67,2 mln(70%);
— Tanzaniya 29,2 mln(40-50%);
— Efiopiya 27 mln(20-30%);
— Madagaskar 21,8 mln(70%);
— Mozambik 19,7 mln(50-70%);
— Yaman 19,6 mln(50-70%);
— Uganda 18,7 mln(30-40%);
— Venesuela, Angola 17,9 mln(50-70%);

Afsuski O’zbekistonda 1,4 mln aholi o’ta qashshoq va bu ummumiy aholining 3,8% ekan.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
2.5K views16:37
Ochish/sharhlash
2023-02-27 19:07:48
Yehho, @RasmiyTabrikbot'imizga nihoyat 8-mart bo‘limini kiritdik.

Endi siz undan foydalanib, 8-mart bilan yaqinlaringizni ismi yozilgan yorqin tabriknomalar, bir-birini takrorlamas tilaklar ila nihoyatda xursand qilishingiz mumkin.

@RasmiyTabrikbot — insoniyat uchun yaratilgan mukammal format!
2.4K views16:07
Ochish/sharhlash
2023-02-27 11:13:01
UzAutoMotors avtomobillari narxlarining o'sish tendensiyasi

UzAutoMotors (1996-2008-yillarda UzDaewooAuto, 2008-2019-yillarda GM Uzbekistan) monopol kompaniyasi avtomobillarining narxlarini ko'rib chiqamiz:

— 10.10.2005:
• Damas: 7 613 860 so'm;
• Matiz: 7 096 210 so'm;
• Nexia: 1 SONS 10 078 070 so'm;

— 24.03.2011:
• Damas: 16 230 000 so'm;
• Spark: 22 704 000 so'm;
• Matiz: 9 661 140 so'm;
• Nexia: 1 SONS 14 944 430 so'm;
• Lacetti: 24 213 420 so'm;
• Captiva: 69 575 000 so'm;

— 05.09.2017:
• Damas: 48 432 000 so'm;
• Spark: 61 530 000 so'm;
• Lacetti: 102 282 000 so'm;
• Cobalt: 79 609 000 so'm;
• Nexia 3: 70 683 000 so'm;

— 04.03.2020:
• Damas: 75 928 000 so'm;
• Spark: 73 262 000 so'm;
• Lacetti 2: 114 444 000 so'm;
• Cobalt: 95 768 000 so'm;
• Nexia: 3 87 320 000 so'm;

Yuqoridagi narxlar o'sha avtomashinaning eng past narxi ko'rsatilgan. Masalan, 2005-yil oktabr oyida Damasning eng arzon narxi 7 613 860 so'm bo'lsa, qimmati 8 219 090 so'm bo'lgan.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
3.2K viewsedited  08:13
Ochish/sharhlash
2023-02-27 07:09:01
UzAvtoMotors narxlari oʻsmoqdami yoki tushmoqdami?

"Narxi qancha?" kanali UzAvtoMotors avtomobil narxlari oldin qanday boʻlganligini solishtirib chiqibdi.

AQSH dollari Markaziy bankning oʻsha kuni kursi boʻyicha qayta koʻrib chiqamiz:

— 10.10.2005:
• Damas: $4 538;
• Matiz: $6 224;
• Nexia 1 SONS: $8 840;

— 24.03.2011:
• Damas: $9 673;
• Spark: $13 532;
• Matiz: $5 758;
• Nexia 1 SONS: $8 907;
• Lacetti: $14 432;

— 05.09.2017:
• Damas: $5 979;
• Spark: $7 596;
• Lacetti: $12 627;
• Cobalt: $9 828;
• Nexia 3: $8 726;

— 04.03.2020:
• Damas: $7 980;
• Spark: $7 738;
• Lacetti 2: $12 029;
• Cobalt: $10 066;
• Nexia 3: $9 178;

— 08.08.2022:
• Damas: $7 769;
• Spark: $9 562;
• Lacetti 2: $11 892;
• Cobalt: $11 417;
• Nexia 3: $11 170;

2017 yildagi valyuta islohotlaridan soʻng narxlar oʻsha yilda keskin tushgan.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
3.6K viewsedited  04:09
Ochish/sharhlash
2023-02-27 06:56:42
Natijangizni yanada yaxshilashni oʻrganing!

Loyihlaringiz va gʻoyalaringizni qanchalik yaxshi va zoʻr ekanligini boshqalarga koʻrsatish uchun uni taqdim etishni bilish kerak.

Loyiha kurs ishi va boshqa ishlarni qilish - 40%
Uni taqdimot qila olish - 60% lik natijani beradi.

Shuning uchun taqdimot qilishni @powerpoint_uz bilan oʻrganing!

@Powerpoint_uz - Oʻzbek taqdimotlar olami!
3.0K views03:56
Ochish/sharhlash
2023-02-25 11:58:18
Yoqilg'i quyish shoxobchasi xodimlari qancha maosh olishadi?

Avtotransporti bor inson borki yoqilg'i quyish shoxobchasiga tashrif buyurgan, ayniqsa, oxirgi kunlarda bu joylarning nomi yurtimizda mashxur bo'ldi desak bo'ladi.

Oylik maosh:
— Sotuv operatori:
O'zbekistonda $200 dan boshlanadi;
Rossiyada $700 dan boshlanadi:
AQSHda $5000 dan boshlanadi.

— Yoqilg'i quyuvchi:
O'zbekistonda $200 dan boshlanadi;
Rossiyada $500 dan boshlanadi:
AQSHda $3500 dan boshlanadi.

Narxlar ish tajribasi va ish beruvchi kompaniyaning moliyaviy holatiga qarab o'zgarib boraveradi.

@Oylikqancha foydali va qiziqarli
2.3K views08:58
Ochish/sharhlash
2023-02-24 09:33:24
O'zbekistonda muhandislarning oylik maoshi qancha?

Muhandislar mamlakatimizda eng yaxshi daromad oluvchilar hisoblanadi va internet materiallaridagi e'lon qilingan vakansiyalarga ko'ra ularning daromadi quyidagicha:

— Pre-sale muhandis 10 mln so'm;
— QA muhandis 22 mln so'm;
— Ingersoll Rand sanoat kompressorlari uchun xizmat ko'rsatish muhandisi 8 mln so'm;
— Tarmoq muhandisi 22 mln so'm;

Yuqoridagi kasblar uchun narx ustiga bossangiz nomzodga talablar bo'yicha batafsil ma'lumot olishingiz mumkin bo'ladi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
1.9K views06:33
Ochish/sharhlash
2023-02-23 11:01:20
Sud ekspertiza hodimining ish haqi qancha?

Sud-tibbiyot ekspertining ishi boshqa tibbiyot hodimlariga qaraganda ishi sal murakabroqdir. Ular odamning o'limining sabablarini aniq aniqlash uchun har doim ham estetik jihatdan yoqimli bo'lmagan bir qator tadqiqotlar o'tkazishi kerak bo'ladi.

Yurtimizda sud-tibbiyot mutaxassislarining datslabki ish haqi o'rtacha $315 ni tashkil qiladi va bu summaga qo'shimchalar qo'shilib, tajriba ortirgach $450 bo'ladi.

Boshqa mamalkatalarda:
— Ukraina - $500 - $1200;
— AQSH - $12 000 - $20 000;
— Avstraliya - $8 500 - $10 000;
— Germaniya - $4 500 - $7 000;
— Fransiya - $3 500 - $6000;
— Polsha - $2000 - $4000.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
946 views08:01
Ochish/sharhlash
2023-02-23 08:47:58
Slaydlar sizning ishingizni koʻrsatib beruvchi asosiy vosita hisoblanadi.

Sizning ishlaringiz qanchalik yaxshiligini professional slaydlar koʻrsatib bera oladi. Ular mavzu uchun mukammal tarzda ishlangan boʻlishi kerak.

Bularning barchasini @Powerpoint_uz kanalida berib boriladi!

@Powerpoint_uz - professional slaydlar toʻplami!
1.5K views05:47
Ochish/sharhlash
2023-02-22 13:12:25
Kanadadagi O'zbeklarning daromadi qancha?

Ma'lumotlarga qaraganda Kanadaga ish qidirib har yili 5000 ga yaqin O'zbekistonlik keladi. Kanadada eng kam ish haqi soatiga $8,19 ni tashkil etadi.

Kanadada migratsiyaning maqsadi aniq kasbiy mahoratga ega odamlarni jalb qilish va shu bilan iqtisodiyotni rag'batlantirishdir.

Ishlar va o'rtacha yillik maoshlar:
— Uy bekasi - $34000;
— Moliyachi va menejer - $52 000;
— Xizmat ko'rsatish sohasi (oshpazlar, ofitsiantlar, haydovchi va boshqalar) - soatiga $12;
— Ishchi mutaxassisliklar (yuk tashuvchiga xizmat ko'rsatadigan santexniklar, mashinist, elektrchi, muhandis, quruvchi va boshqalar) yiliga $30 000.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
2.1K views10:12
Ochish/sharhlash