Get Mystery Box with random crypto!

O'qituvchi

Telegram kanalining logotibi oqituvchi_ga — O'qituvchi O
Telegram kanalining logotibi oqituvchi_ga — O'qituvchi
Kanal manzili: @oqituvchi_ga
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 78.73K
Kanalning ta’rifi

Xalq ta’limi sohasida faoliyat yurituvchi o‘qituvchi va murabbiylar kanali.
Maosh hisoblovchi bot: @Oylik_hisoblaydigan_bot
@videodars_fotolavhalar 👈 Videodars fotolavhalar
Batafsil reklama uchun 👉 @talimiy_reklama
Reklama murojaat: @Jabborov_Elyor

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2024-03-14 19:30:53 Oʼquvchi daftar tutmagani uchun uning ota-onasini MJK ning 47-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortish mumkin.

Аssalomu aleykum. Men maktabda  informatika fanidan dars beraman. Darsda oʼquvchilar umuman daftar tutmasa yoki daftarim qolib ketibdi deb har hil baxonalar topib umuman daftar tutmasa, oʼqituvchi ayibdormi bunday holatda oʼqituvchiga qonunan jazo bormi oʼqituvchi nima qilishi kerak bunday vaziyatda oʼquvchilar fandan daftar tutmasa  oʼqituvchi qonunan ayibdor hisoblanadimi?

YURIST JАVOBI:

Oʼquvchi daftar tutmagani uchun oʼqituvchini emas, ota-onani javobgarlikka tortish kerak.

Birinchidan, Taʼlim toʼgʼrisidagi qonun 51-moddasida voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillarining bir qator majburiyatlari qayd etilgan boʼlib, unga koʼra yuqoridagi shaxslar:

oʼz bolalarini insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, maʼnaviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashi;

oʼz bolalarining intellektual, maʼnaviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishi;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.

Аynan mana shu majburiyatlar oʼquvchining qonuniy vakillarining oʼquvchining huquqqa hilof harakatlari uchun javobgarlikni oʼz zimmasiga olishini anglatadi.

Ikkinchidan, Xalq taʼlimi vazirligining 01.07.2021 yil 206-sonli buyrugʼiga asosan tasdiqlangan oʼqituvchilarning lavozim majburiyatlarida oʼqituvchining oʼquvchilarga daftar tuttirish majburiyati qayd etilmagan.

Bunday holatda ota-onaga Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeks 47-modddasi ikkinchi qismi bilan javobgarlik chorasi qoʼllaniladi.

Yaʼni Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʼllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʼlsa:
bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.

Manba: Yurist_Xizmati

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
38.6K views16:30
Ochish/sharhlash
2024-03-14 19:17:24 BARCHA USTOZLAR UCHUN ATTESTATSIYADA PEDAGOGIK MAHORAT BO‘YICHA TUSHISH EHTIMOLI KATTA BO‘LGAN TESTLARNI

ATTESTATSIYA botiga joyladik, marhamat testlarni ishlab ko‘ring.

Siz attestatsiya testiga kirganizda jami pedagogik mahoratdan 10 test tushadi ushbu test savollari uchun 2 balldan jami 20 ball beriladi.

Biz sizga 20 ta namunaviy testlarni taqdim qildik.

Barcha mutahasislik fanlaridan ham testlar tez orada botga joylanadi va yangilanib turiladi tezda botimizga qo‘shilib oling!!!

/START ni bosing
16.1K views16:17
Ochish/sharhlash
2024-03-14 10:03:48 Jismoniy tarbiya va chet tili fani o‘qituvchilari qanday shaklda attestatsiyadan o‘tkaziladi?

Javob: Amaliy bo‘lmaydi, nazariy ham bo‘lmaydi,
2024 yil yanvar-iyun oylari attestatsiyasining malaka sinovlari barcha fan o‘qituvchilari, shu jumladan, jismoniy tarbiya hamda chet tillari o‘qituvchilari uchun ham test sinovlari shaklida o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

pka_tdi_uz

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
26.1K views07:03
Ochish/sharhlash
2024-03-13 21:13:21
Мактаб қўрқитиш билан эмас, рағбат билан билим оладиган илм даргоҳи.

Мактабларни ҳарбий лагер ёки қамоқхонага айлантирган билан ундаги илм даражаси юксалиб қолмайди. Илм-фан ва маърифат эркин муҳитдагина юксалади, сайқал топади.

Шу боис, мактабларда давоматни яхшилашга таълим сифатини ошириш, мактабга борувчи йўлларни яхшилаш, транспорт хизматини йўлга қўйиш, ўқувчи ва ўқитувчиларга  шароитлар яратиш орқалигина эришиш мумкин.

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
17.3K views18:13
Ochish/sharhlash
2024-03-13 11:03:04 O‘qituvchini o‘quvchiga qo‘ygan bahosiga ota-ona aralashishga haqqi bormi?

Agar o‘qituvchi yoki boshqa shaxs darsingizga halal bersa yoki uning sizning o‘quvchilarni baholashingizga aralashda ular uchun ma’muriy javobgarlik bor.

Ma’muriy javogarlik to‘g‘risdagi kodeksning 197-5-moddasiga muvofiq ta’lim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga ta’lim oluvchilar bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga ta’sir ko‘rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta’lim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish:

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 7 baravarigacha;
mansabdor shaxslarga esa — 7 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.


Bu holatda o‘qituvchi ota-onaning harakatlari ustidan tuman IIBga murojaat qilish kerak.

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
19.8K views08:03
Ochish/sharhlash
2024-03-13 11:01:25 Maktablarda davomat 97,7 foizga yetdi — Milliy gvardiya

Taʼlim-tarbiya borasidagi majburiyatlarni bajarmagan 124 ming ota-ona rasmiy ogohlantirilgan, 4 mingga yaqini maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. 

Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi hamda Milliy gvardiya hamkorligida joriy yilning 6-8-fevral kunlari oʼtkazilgan dastlabki oʼrganishlarda 188 ming oʼquvchi darsga sababsiz kelmagani aniqlangan. Bu haqda Milliy gvardiya axborot xizmati rahbari Davron Jumanazarov maʼlum qildi. 

Qayd qilinishicha, taʼlim-tarbiya borasidagi majburiyatlarni bajarmagan 124 ming ota-ona rasmiy ogohlantirilgan, 4 mingga yaqini maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. 

6-fevraldan 7-martga qadar 1 mln 769 ming nafar oʼquvchi maktabga qaytarilgan. Respublika buyicha davomat 97,7 foizga yetgan.

Maktablarda xavfsizlikni taʼminlash borasida yangi ish tizimi joriy qilingan. Oldin maktab qorovuli faqat tungi paytda maktabda oʼtirish bilan chegaralgan boʼlsa, hozir kunduzgi vaqtda ham xizmat qilib, maktabga begonalar kirishini oldini olish, kirish-chiqish va ichki tartibni nazorat qilish bilan shugʼullanmoqda. Soʼnggi haftada respublika boʼyicha 6 ta holatda maktabga begonalar kirishining oldi olingan. Barcha xolat boʼyicha aybdor shaxslarga qonunchilikda belgilangan jinoiy va maʼmuriy javobgarlik choralari koʼrilgan. 

Eslatib oʼtamiz, 5-fevral kuni Prezident huzurida ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida, maktablardagi tarbiya va maʼnaviyat masalasiga alohida urgʼu berilib, darslardagi davomat 70 foizni tashkil etayotgani va oʼtgan yili maktab oʼquvchilari oʼrtasida 2 ming 280 ta jinoyat sodir etilganiga tanqidiy baho berilgan edi.

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
14.8K views08:01
Ochish/sharhlash
2024-03-12 22:30:57Maktab rahbariyati oʼqituvchini tekshirishga kirganda, oʼqituvchi ularni sinfdan chiqarib yuborishi mumkinmi?

Аssalom aleykum! Maktab rahbariyati yoki tahlil guruhi oʼqituvchining darsini tahlil qilishga kirganda, oʼqituvchi ularni sinfdan chiqarib yuborishi mumkinmi?

YURIST JАVOBI:

Taʼlim toʼgʼrisidagi qonunda maktab rahbariyatining bunday harakatlariga cheklov oʼrnatilmagan.

Ikkinchidan, Xalq taʼlimi vazirligining 07.12.2019 yil 393-sonli buyrugʼi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 01.07.2021 yil 206-sonli buyrugʼiga asosan direktorning oʼquvchilarning bilimlari sifatini davlat taʼlim standartlariga mos kelishini, tarbiyaviy ishlar samaradorligini taʼminlash va nazorat qilish, oʼquvchilarning fanlarni oʼzlashtirishini yaxshilash va ularga sifatli taʼlim berish maqsadida maktabni uzluksiz rivojlantirish choralarini koʼrish lavozim majburiyati belgilangan.

Oʼquv ishlari boʼyicha direktor oʼrinbosarining maktabda taʼlim standartlari talablari bajarilishini nazorat qilish, oʼqituvchilarning ilgʼor tajribalarini oʼrganish va umumlashtirishni, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishni tashkil etish majburiyati belgilgan.

Maʼnaviy-maʼnaviy ishlar boʼyicha direktor oʼrinbosarining lavozim majburiyatlari qatorida taʼlim muassasasida maʼnaviy-axloqiy tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish, pedagog xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʼyishda ishtirok etish, yuqori malakali oʼqituvchilarning ilgʼor pedagogik tajribasini oʼrganish, umumlashtirish va ularni ommalashtirish kabilar mavjud.

Shuningdek, psixologning oʼquvchilar rivojlanishiga toʼsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va turli koʼrinishdagi psixologik yordam berish, turli yoʼnalish va maqsadlarda psixologik tashxis oʼtkazish, ruhiy, jismoniy va aqliy qobiliyat, moyillik, imkoniyat kabi sifatlarni aniqlash uchun testlar oʼtkazish kabi majburiyati belgilangan.

Shunday ekan, rahbariyat sinflarda tekshiruv oʼtkazishi mumkin.

Biroq bu jarayon taʼlim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga taʼlim oluvchilar bilimini toʼgʼri va xolis baholashiga taʼsir koʼrsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki taʼlim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga toʼsqinlik qilishga olib kelsa, Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeks 197-5-moddasiga muvofiq fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʼn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi. Bunday holat kuzatilganda, tuman IIBga murojaat qilish kerak.

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
15.3K views19:30
Ochish/sharhlash
2024-03-12 06:54:34 5-8-SINF O‘QUVCHILARI O‘RTASIDA INFORMATIKA FANIDAN OLIMPIADA O‘TKAZISH HAQIDA BUYRUQ, NIZOM.

17-martga qadar maktab bosqichi

23-mart kuni tuman (shahar) bosqichi

17-aprel kuni viloyat bosqichi

18-aprel kuni respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi.

MMTV ning 2024-yil 7-mart kungi 70-sonli buyrug‘i

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
24.6K views03:54
Ochish/sharhlash
2024-03-11 18:26:02Qanday holatda o'qituvchiga emaktab.uz'da bahoni vaqtida qo'ymagani uchun haq to'lanmaydi

Darsda qatnashgan o'quvchilarni 30% ni baholanishi, dars sahifasi bo'limidagi "Dars o'tildi" qaydiga belgi qoʻyish zarur.

O'quvchilar o'z vaqtida (9.00-21.00 gacha 1 smenali maktablar uchun, joriy kundan ertasi kuni 13.00 gacha 2 smenali maktablar uchun) baholanmasligi, belgining qoʻyilmasligi oʻqituvchini dars o'tmaganligini bildiradi va ushbu dars uchun haq to'lanmaydi.

Sinf rahbari "bir kunlik jurnal" da fanlar ostidagi "PR" ustuniga har kunlik davomat belgilarini quyidagi tartibda qo'yib boradi:

s- "kichik", hech qanday sababsiz dars qoldirganligini koʻrsatish uchun;
dq "kichik", sababli dars qoldirganligini ko'rsatish uchun;
k-"kichik", kasallik sababli dars qoldirganligini ko'rsatish uchun;
kq "kichik", darsga kechikib kerganligini koʻrsatish uchun;
m "kichik", surunkali dars qoldirayotganligini koʻrsatish uchun;
ch "kichik", respublikadan tashqariga ruxsatsiz chiqib ketganligini ko'rsatish uchun;
q "kichik", ta'lim olishga ota-onasi qarshilik qilayotganligini koʻrsatish uchun;
ns "kichik", ota-ona nazoratsizligi sababli darsga kelmaydiganligini ko'rsatish uchun;
tq "kichik", turmushga chiqqanligi tufayli darsga kelmaydiganligini ko'rsatish uchun qoʻyish belgilanadi.

Fan oʻqituvchilari tomonidan oʻquvchilarning darsdagi davomatlari dars boshlanishida onlayn tarzda quyidagi tartibda qayd etiladi:

s-"kichkina", hech qanday sababsiz dars qoldirganini koʻrsatish uchun;
kq- "kichik", darsga kechikishni koʻrsatish uchun.(baxolash mumkin).

Sinf jurnallarida oʻquvchilarning familiyasi va ismi maktab ta'lim tiliga qarab kirill yoki lotin alifbosiga asoslangan yozuvlarda kiritilishi sinf rahbariga yuklatiladi.

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 24-iyundagi
205-sonli buyrug‘i.

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
22.0K views15:26
Ochish/sharhlash
2024-03-11 15:53:42 1-bosqich test sinovlarida qatnasholmagan 144 nafar nomzod pedagoglar ro'yxati.

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
15.1K views12:53
Ochish/sharhlash