Get Mystery Box with random crypto!

️Maktab rahbariyati oʼqituvchini tekshirishga kirganda, oʼqitu | O'qituvchi

Maktab rahbariyati oʼqituvchini tekshirishga kirganda, oʼqituvchi ularni sinfdan chiqarib yuborishi mumkinmi?

Аssalom aleykum! Maktab rahbariyati yoki tahlil guruhi oʼqituvchining darsini tahlil qilishga kirganda, oʼqituvchi ularni sinfdan chiqarib yuborishi mumkinmi?

YURIST JАVOBI:

Taʼlim toʼgʼrisidagi qonunda maktab rahbariyatining bunday harakatlariga cheklov oʼrnatilmagan.

Ikkinchidan, Xalq taʼlimi vazirligining 07.12.2019 yil 393-sonli buyrugʼi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 01.07.2021 yil 206-sonli buyrugʼiga asosan direktorning oʼquvchilarning bilimlari sifatini davlat taʼlim standartlariga mos kelishini, tarbiyaviy ishlar samaradorligini taʼminlash va nazorat qilish, oʼquvchilarning fanlarni oʼzlashtirishini yaxshilash va ularga sifatli taʼlim berish maqsadida maktabni uzluksiz rivojlantirish choralarini koʼrish lavozim majburiyati belgilangan.

Oʼquv ishlari boʼyicha direktor oʼrinbosarining maktabda taʼlim standartlari talablari bajarilishini nazorat qilish, oʼqituvchilarning ilgʼor tajribalarini oʼrganish va umumlashtirishni, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishni tashkil etish majburiyati belgilgan.

Maʼnaviy-maʼnaviy ishlar boʼyicha direktor oʼrinbosarining lavozim majburiyatlari qatorida taʼlim muassasasida maʼnaviy-axloqiy tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish, pedagog xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʼyishda ishtirok etish, yuqori malakali oʼqituvchilarning ilgʼor pedagogik tajribasini oʼrganish, umumlashtirish va ularni ommalashtirish kabilar mavjud.

Shuningdek, psixologning oʼquvchilar rivojlanishiga toʼsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va turli koʼrinishdagi psixologik yordam berish, turli yoʼnalish va maqsadlarda psixologik tashxis oʼtkazish, ruhiy, jismoniy va aqliy qobiliyat, moyillik, imkoniyat kabi sifatlarni aniqlash uchun testlar oʼtkazish kabi majburiyati belgilangan.

Shunday ekan, rahbariyat sinflarda tekshiruv oʼtkazishi mumkin.

Biroq bu jarayon taʼlim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga taʼlim oluvchilar bilimini toʼgʼri va xolis baholashiga taʼsir koʼrsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki taʼlim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga toʼsqinlik qilishga olib kelsa, Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeks 197-5-moddasiga muvofiq fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʼn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi. Bunday holat kuzatilganda, tuman IIBga murojaat qilish kerak.

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_