Get Mystery Box with random crypto!

O'qituvchi

Telegram kanalining logotibi oqituvchi_ga — O'qituvchi O
Telegram kanalining logotibi oqituvchi_ga — O'qituvchi
Kanal manzili: @oqituvchi_ga
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 78.73K
Kanalning ta’rifi

Xalq ta’limi sohasida faoliyat yurituvchi o‘qituvchi va murabbiylar kanali.
Maosh hisoblovchi bot: @Oylik_hisoblaydigan_bot
@videodars_fotolavhalar 👈 Videodars fotolavhalar
Batafsil reklama uchun 👉 @talimiy_reklama
Reklama murojaat: @Jabborov_Elyor

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2024-03-19 12:07:36
“TARAQQIYOT” ТЖМда икки хонали хонадонни нархи қанча ва ойлик тўлови қанчадан тушади.

Батафсил ушбу видеода билиб оласиз!

78-555-78-35
@taraqqiyot_tjm
12.9K views09:07
Ochish/sharhlash
2024-03-18 15:50:31
Chorak chiqarish tartibi

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
22.3K views12:50
Ochish/sharhlash
2024-03-18 11:22:52 5-8-синф ўқувчилари ўртасида информатика йўналиши бўйича 23 март куни ўтказилиши режалаштирилган олимпиада 6 апрель кунига кўчирилди

Бу ҳақида ММТВ нинг 18.03.2024 йилдаги 5-8-синф ўқувчилари ўртасида информатика йўналиши бўйича жорий йил 23 март куни ўтказилиши режалаштирилган олимпиаданинг туман босқичини 2024 йил 6 апрель кунига кўчириш тўғрисидаги 03-26-366-сонли хати юборилди.


Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
15.7K views08:22
Ochish/sharhlash
2024-03-17 20:24:55 Vazir jamg‘armasiga saralashning 1-bosqich test sinovlari natijasi e’lon qilindi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlarni saralashning 1-bosqich test sinovlari o‘tkazilgan edi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan mazkur test sinovlari natijalari e’lon qilindi.

Test natijalarini mazkur havola orqali bilib olish mumkin: https://my.uzbmb.uz/result

Eslatma: Natijalarni bilish uchun nomzodning pasport yoki ID karta hamda ko‘rsatilgan boshqa ma’lumotlarni kiritish lozim.

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
14.2K views17:24
Ochish/sharhlash
2024-03-17 20:10:49Jismoniy tarbiya oʻqituvchilari uchun attestatsiya nazariy va amaliy sinovlar shaklida oʻtkaziladi

Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Matbuot kotibi Dilfuza Sobirova maʼlum qildi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga koʻra jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun attestatsiya sinovlari nazariy (ogʻzaki, yozma) va amaliy sinovlar shaklida oʻtkaziladi.

Nazariy sinovlar nazariy (ogʻzaki, yozma) sinovlar toʻrtta savoldan iborat boʻladi har bir topshiriq uchun 5 balldan, jami 20 ballik tizimda baholanadi.

amaliy sinovlar toʻrtta jismoniy mashqdan (100 metrga yugurish, joyidan turib uzunlikka sakrash, turnikda tortilish (erkaklar uchun), gimnastika oʻrindigʻiga tayanib, qoʻllarni bukish va yoyish (ayollar uchun), yotgan holda qoʻllarni bosh orqasiga qoʻyib gavdani koʻtarish) iborat boʻladi, har bir mashq uchun 15 balldan, jami 60 ballik tizimda baholanadi.

Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimida yoshiga mos keladigan ixtiyoriy talablarni muvaffaqiyatli bajargan taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari amaliy sinovlardan ozod etiladi va ularga mazkur sinovlardan maksimal 60 ball beriladi.

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
16.8K views17:10
Ochish/sharhlash
2024-03-16 18:11:34 Oʻqituvchi attestatsiyada ishtirok etmasa nima boʻladi?

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomda attestatsiyada uzrli yoki uzrsiz sabablarga asosan ishtirok etmaganlik uchun koʻriladigan choralar belgilab qoʻyilgan.

Pedagoglar attestatsiyada uzrli sababga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslarga) koʻra kelmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchiriladi.

Pedagog kadr uzrsiz sababga koʻra attestatsiyada ishtirok etmagan boʻlsa, u attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi hamda uning tegishli malaka toifasi (lavozimi) bir pogʻona tushiriladi.

Uzrsiz sababga koʻra attestatsiyada ishtirok etmagan mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimidagi pedagog kadr attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi hamda ish beruvchi xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega.

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
15.6K views15:11
Ochish/sharhlash
2024-03-16 10:50:23 BOSHLANG‘ICH TA’LIM FANI O‘QITUVCHILARI UCHUN MUHIM ESLATMA.

Ustama tayinlashda hisobga olinadigan tanlov va tadbirlar ro‘yxati MMT Vazirligining 2024-yil 14-fevraldagi 03-01/14-623-sonli xati bilan tasdiqlandi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlardagi ishtiroki natijalari ustamaning baholash mezoniga asosan maksimal 30 ball bilan baholanadi.

Shu munosabat bilan maktab miqyosida tanlov va boshqa tadbirlar o‘tkazish uchun maktab direktorining buyrug'i chiqarilishi, hakamlar hay’ati tuzilishi, hakamlar hay’ati qarori chiqarilishi, fotolavhalar ham olinishi kerakligini eslatib o‘tmoqchimiz. Chunki, ustamaga hujjat tayyorlashda ushbu hujjatlar ball yig‘ishga asos bo‘ladi.

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
18.8K views07:50
Ochish/sharhlash
2024-03-16 09:49:27
Bitiruvchilar

Narxlarimiz bilan tanishing

Ism yozilgan lenta 25.000 so‘m
Zanjirli pagon 12.000 so‘m
Zanjirli qo‘ng‘iroqcha 8.000 so‘mdan

Buyurtmalarni @Xorunboy0510 ga yozing

: +998907000510
: +998900700510

t.me/lentabitiruvchi

www.instagram.com/lentabitiruvchi2024

Dostavka esa 20 tadan ko‘piga tekin

O‘zbekiston bo‘ylab dostavka xizmati mavjud
16.6K views06:49
Ochish/sharhlash
2024-03-16 08:30:29Agar xodim o’zi rozi bo’lmasa, hashar munosabati bilan ish haqidan ushlab qolinishi mumkin emas

Har yilgi an'anaga muvofiq, joriy yilning 16-18-mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Odatda, hashar munosabati bilan xodimlarning bir kunlik ish haqi ushlab qolinib, “Mahalla” xayriya jamoat fondiga o‘tkazib berilishiga odatlanib qolganmiz. Ya’ni hech kim xodimlardan so‘rab ham o‘tirmaydi, shunchaki buxgalterlar yoppasiga 1 kunlik ish haqini o‘tkazadi, tamom.

Ko‘pchilik xodimlar esa buni sezmaydi ham!

Biroq, bir narsani unutmasligimiz lozimki, hashar munosabati ish haqidan ushlab qolinishi mutlaqo IXTIYORIY, hech qanaqa MAJBURIY EMAS!

Chunki, Mehnat kodeksining 269-moddasiga ko‘ra xodimning yozma roziligi bo‘lmay turib uning ish haqidan ushlab qolinishi mumkin emas. Shuningdek, mazkur moddada ish haqidan xodimning roziligisiz ham ushlab qolinishi mumkin bo‘lgan holatlar sanab o‘tilgan bo‘lib, ular orasida hashar nazarda tutilmagan!

Rozilik deganda har bir xodimning yozma roziligi nazarda tutiladi. Ko‘p holatlarda shunchaki tashkilot xodimlari jamoasi nomidan bitta protokol qilinib, xuddiki o‘sha majlisda hamma xodim qatnashgan-u, hasharga 1 kunlik ish haqini berishga rozi bo‘lgani haqida yozib qo‘yiladi. Lekin xodimlar buni bilmaydi ham. Aslida bu ham noto‘g‘ri, bunaqa usul bilan xodimlarning ish haqidan ushlab qolish NOQONUNIY! Har bir xodim o‘zi shaxsan hashar uchun 1 kunlik ish haqini ushlab qolishga rozi ekanligi haqida imzo chekishi SHART!

Hashar — bu o‘zbekona udum, milliy urf-odatimiz. Imkoningiz bo‘lsa, hasharda albatta qatnashing, atrofimizni obodonlashtirish, tozalash ishlarida faol bo‘ling. Kam ta’minlangan, nogironligi bor shaxslarga, ehtiyojmand oilalarga yordam qo‘lini cho‘zing, ulardan hol-ahvol so‘rang. Jamoatchilik ishlarida tomoshabin bo‘lib chetda turmang.

Ammo 1 kunlik ish haqingizni "Mahalla" xayriya fondiga o‘tkazish yoki o‘tkazmaslikni o‘zingiz hal qiling. Bu sizning mutlaq ixtiyoringiz. Chunki siz u pulni halol ishlab topgansiz, o‘zgalar sizdan so‘ramasdan uni ishlatishiga haqqi yo‘q. Shuni bilib qo‘ysangiz, yomon bo‘lmasdi. Haq olinur, berilmas!

Xushnudbek

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
17.2K views05:30
Ochish/sharhlash
2024-03-15 18:01:02 O'QUVCHILAR UCHUN BAHORGI TA'TIL QACHONDAN BOSHLANADI.

Amaldagi tartibga ko'ra, ya'niy Vazirlar Mahkamasining 140-sonli qarorining 26-bandida bahorgi ta’til — 21-martdan boshlab 7 kalendar kuni etib belgilangan.

Shunga asoslanib bahorgi ta'til 2024-yil 21-martdan 27-margacha, 28-mart (payshanba)  IV-chorakning 1-o'qish kuni deb aytishimiz mumkin.

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
19.1K views15:01
Ochish/sharhlash