Get Mystery Box with random crypto!

O'qituvchi

Telegram kanalining logotibi oqituvchi_ga — O'qituvchi O
Telegram kanalining logotibi oqituvchi_ga — O'qituvchi
Kanal manzili: @oqituvchi_ga
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 77.78K
Kanalning ta’rifi

Xalq ta’limi sohasida faoliyat yurituvchi o‘qituvchi va murabbiylar kanali.
Maosh hisoblovchi bot: @Oylik_hisoblaydigan_bot
@videodars_fotolavhalar 👈 Videodars fotolavhalar
Batafsil reklama uchun 👉 @talimiy_reklama
Reklama murojaat: @Jabborov_Elyor

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 12

2024-03-04 14:57:59 Interfaol metodlar

Attestatsiyaning 2-bosqichi uchun juda foydali qo'llanma

Ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalarni (“sase study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o‘qitish, “amaliy o‘yin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qo‘llash bo‘yicha 10 ta topshiriq beriladi.

Bunda har bir to‘g‘ri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi. Har ikkala bosqich ham bir vaqtda kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
15.9K views11:57
Ochish/sharhlash
2024-03-03 18:33:13 Pedagoglar attestatsiyasi bahorgi taʼtil vaqtida boshlanishini rejalashtirilmoqda

2024-yilning birinchi yarimda oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasiga tayyorgarlik boʻyicha onlayn repetitsiyalar 10-mart sanasidan boshlab oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

Attestatsiyaning asosiy sinovlari esa mart oyining oxirida, bahorgi taʼtil paytlarida boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Aniq jadval 10-mart sanasiga qadar eʼlon qilib boriladi.

Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼul xodimi Safarali Xamrayev onlayn muloqot davomida ham maʼlumot bergan edi.

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
17.9K views15:33
Ochish/sharhlash
2024-03-02 20:08:06 3-chorak mart oyida 3-6-7-sinflarda XTVning 2022-yil 11-oktyabr kundagi 313-sonli buyrug'ida Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ta'lim sifati monitoring o'tkazish belgilangan

3-sinf 1-blok
: Ona tili va o‘qish savodxonligi, Matematika, Xorijiy til
3-sinf 2-blok: Ona tili va o‘qish savodxonligi, Rus tili, Tabiiy fan (Science)
3-sinf 3-blok: Matematika, Tabiiy fan (Science), Ona tili va o‘qish savodxonligi
3-sinf 4-blok: Ona tili va o‘qish savodxonligi, Matematika, Xorijiy til

6-sinf 1-blok: Ona tili va adabiyot, Matematika, Xorijiy til
6-sinf 2-blok: Tabiiy fan (Science), Tarix, Rus tili
6-sinf 3-blok: Ona tili va adabiyot, Tabiiy fan (Science), Informatika
6-sinf 4-blok: Tarix, Tabiiy fan (Science), Matematika

7-sinf 1-blok: Ona tiliva adabiyot, Matematika, Xorijiy til
7-sinf 2-blok: Biologiya, Tarix, Rus tili
7-sinf 3-blok: Fizika, Geografiya, Ona tili
7-sinf 3-blok: Tarix, Informatika, Matematika

ICHKI MONITORING TESTLARI

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
28.5K views17:08
Ochish/sharhlash
2024-03-02 18:42:30 O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari orasida tamaki va nos chekish holatlari ko‘paygan

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, respublikada 13-15 yoshdagi maktab o‘quvchilarining 1,7 foizi tamaki chekadi. O‘smirlarning 7,7 foizi hayotida bir marta bo‘lsa ham chekib ko‘rgan. Ota-onalardan chekmaslik borasida farzandlariga namuna bo‘lish so‘ralmoqda.

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari orasida chekish holatlari ko‘paygani ma’lum qilindi. Bu haqda SSV ogohlantirish bilan chiqdi.

Ma’lum qilinishicha, 18-69 yosh oralig‘idagi O‘zbekiston aholisining 16,5 foizi, shu jumladan, erkaklarning 32,9 foizi, ayollarning 0,8 foizi tamaki chekadi. Aholining 9,9 foizi tutunsiz tamaki, o‘z navbatida tutunsiz tamaki chekuvchilarning 89 foizi esa nosvoy chekadi.

Qayd etilishicha, ushbu zararli odatlar maktab yoshidagi bolalar orasida ham uchramoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 13-15 yoshdagi maktab o‘quvchilarining 1,7 foizi – o‘g‘il bolalarning 2,3 foizi, qizlarning 0,9 foizi tamaki chekadi. Bunda o‘smirlarning 7,7 foizi – 10 foiz o‘g‘il bolalar hamda 5,2 foiz qizlar hayotida bir marta bo‘lsa ham chekib ko‘rgan.

Statistikaga qaraganda, 13-15 yoshdagi maktab o‘quvchilarining 7 foizi (har 15 nafardan 1 nafari) uyda va 16 foizi (har 6 nafardan 1 nafari) yopiq jamoat joylarida tamaki tutuni ta’sirida bo‘lishadi.

Tamaki, nos va snyus singari zararli odatlar organizmi o‘sib borayotgan yoshlarga yanada yomonroq ta’sir qiladi. Bu haqda sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari qat’iy ogohlantirmoqda.

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
18.8K views15:42
Ochish/sharhlash
2024-03-02 17:22:10
Диққат! Диққат!

Ҳурматли инглиз тили устозлари!

50% лик устамага имтиёз
берадиган сертификат олишни хоҳлайсиз-у, лекин IELTS ёки CEFR сертификатларини олишга қийналяпсизми?

У ҳолда сиз учун сертификат олишнинг жуда осон йўли бор!

Фақат ва фақат тест ишлаш орқали 50% лик устамага имтиёз берадиган сертификатни қўлга киритинг. Бунинг учун сизга арзон нархдаги онлайн ТКТ
1, 2, 3 модул дарсларини таклиф қиламиз!

Дарслар 5 март кунидан бошланади.

Бундан ташқари ТКТ тестида тушган тестлар базасидан 1000 дан ортиқ тестлар таҳлил қилиб берилади ва тестларни ишлаш техникаси ҳам ўргатилади.

Диққат! Бу сертификат фақат инглиз тили ўқитувчилари учун!

Курс нархи: 3 тa модул бир марталик тўлов 400 минг сўм

Давомийлиги: 2 ой

Мурожаат учун: @tkt_teacher

Эришган натижаларимизни кўриш  
https://t.me/+AM63vMO1ckthZjEy
https://t.me/+AM63vMO1ckthZjEy
https://t.me/+AM63vMO1ckthZjEy

Каналимизга уланиш

@TKT_CERTIFICATE
@TKT_CERTIFICATE
@TKT_CERTIFICATE
@TKT_CERTIFICATE
15.4K views14:22
Ochish/sharhlash
2024-03-02 17:20:17 O‘QUVCHILARGA DARS MASHG‘ULOTLARI (SINF XONALARI)DA QUYIDAGILAR TAQIQLANADI


dars vaqtida o‘rinsiz gaplashish, ovqatlanish, saqich chaynash;

qog‘oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketish;

mashg‘ulotlar yakunlangunga qadar ta’lim muassasasi hududidan o‘qituvchilar ruxsatisiz tashqariga chiqish;

yozma ishlar va oraliq nazoratlarni bajarish vaqtida chetdan yordam so‘rash;

boshqa o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni o‘z nomidan topshirish;

telefondan (smartfon, planshet va boshqa gadjet qurilmalar) foydalanish, uni parta ustiga qo‘yish.

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
23.2K views14:20
Ochish/sharhlash
2024-03-01 11:47:40 BARCHA USTOZLAR UCHUN ATTESTATSIYADA PEDAGOGIK MAHORAT BO‘YICHA TUSHISH EHTIMOLI KATTA BO‘LGAN TESTLARNI

ATTESTATSIYA botiga joyladik, marhamat testlarni ishlab ko‘ring.

Siz attestatsiya testiga kirganizda jami pedagogik mahoratdan 10 test tushadi ushbu test savollari uchun 2 balldan jami 20 ball beriladi.

Biz sizga 20 ta namunaviy testlarni taqdim qildik.

Barcha mutahasislik fanlaridan ham testlar tez orada botga joylanadi va yangilanib turiladi tezda botimizga qo‘shilib oling!!!

/START ni bosing
20.7K views08:47
Ochish/sharhlash
2024-02-27 08:34:15 Emaktab.uz da o'quvchilarni davomat qilish bo‘yicha eslatma

S
– sababsiz darsda qatnashmadi;
DQ – uzrli sabab bilan darsda qatnashmadi;
K – betobligi sababli darsda qatnashmadi;
KQ – darsga kechikib keldi;
M-surunkali dars qoldirish

Fan o'qituvchilar tomonidan qo'yiladigan ta'lablar!
S
– sababsiz darsda qatnashmadi;
KQ – darsga kechikikib keldi;

Eslab qolish oson bo‘lishi uchun quyidagilarni tavsiya qilamiz:

N
- noma'lum;
DQ - dars qoldirdi;
K - kasal;
KQ - kechga qoldi;

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
17.8K views05:34
Ochish/sharhlash
2024-02-26 20:38:01
Maktabda sochi olingan bolaning otasi madaniyat bo‘limi boshlig‘i ekani ma’lum bo‘ldi

Navoiydagi maktabda sochi olingan bolaning otasi ommaga murojaat qilib, bo‘lib o‘tgan holatda direktorning aybi yo‘qligini aytdi. Kun.uz'ning aniqlashicha, murojaatchi ota – Navoiy shahar madaniyat bo‘limi boshlig‘i Alisher Hasanov bo‘ladi. U maktabda sartaroshxona yoki salon ochishni taklif qilyapti.

Batafsil

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
18.1K views17:38
Ochish/sharhlash
2024-02-26 17:48:08 Sinf rahbarga qiyin

Ko‘rmay qoldi halovat,
Qolarmikan salomat,
Davomat hoy davomat,
Sinf rahbarga qiyin.
※※※
Asab tarang,g‘ij miya,
Kayfiyat qiya-qiya,
Har kuni komissiya,
Sinf rahbarga qiyin.
※※※
Ichda odam olasi,
Darsga kelmas bolasi,
,,Repetitor" balosi,
Sinf rahbarga qiyin.
※※※
Ishlarning yo‘q poyoni,
Makka, sabzi bir yoni,
G‘o‘zapoya sezoni,
Sinf rahbarga qiyin.
※※※
--Nechta kepti,qani,ho‘sh,
Sinf xona yarmi bo‘sh,
--Bola olib kelib qo‘sh,
Sinf rahbarga qiyin.
※※※
Bechora sho‘r peshona,
,,Chopar"u yon bu yona,
Gap uqmas ota -ona,
Sinf rahbarga qiyin.
※※※
Keng dunyosi bo‘lib tor,
Gap eshitar tong,noxor,
Bariga u aybdor,
Sinf rahbarga qiyin.
※※※
Qizil,yashil, hur maktab,
Kel og‘zimga ur maktab,
,,Tayyorlovga sur maktab",
Sinf rahbarga qiyin.
※※※
Ko‘rmaydi hech halovat,
Davlena ming harorat,
Qolarmikan salomat,
Sinf rahbarga qiyin.

Xurshid Karim

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
29.0K views14:48
Ochish/sharhlash