Get Mystery Box with random crypto!

O'qituvchi

Telegram kanalining logotibi oqituvchi_ga — O'qituvchi O
Telegram kanalining logotibi oqituvchi_ga — O'qituvchi
Kanal manzili: @oqituvchi_ga
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 79.24K
Kanalning ta’rifi

Xalq ta’limi sohasida faoliyat yurituvchi o‘qituvchi va murabbiylar kanali.
Maosh hisoblovchi bot: @Oylik_hisoblaydigan_bot
@videodars_fotolavhalar 👈 Videodars fotolavhalar
Batafsil reklama uchun 👉 @talimiy_reklama
Reklama murojaat: @Jabborov_Elyor

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 11

2024-03-08 13:31:09 Pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddati joriy yilning 10 martiga qadar uzaytirildi.

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
15.4K views10:31
Ochish/sharhlash
2024-03-08 12:40:57
Workmall xususiy bandlik agentligi barcha ayol-qizlarni bugungi nafis bayram bilan tabriklaydi.

@workmalluz
13.0K views09:40
Ochish/sharhlash
2024-03-07 18:12:12 16-18-MART KUNLARI  UMUMXALQ XAYRIYA HASHARI O‘TKAZILADI.

Bosh vazir farmoyishiga ko'ra, “Navro'z” umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o'tkazish, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish maqsadida joriy yil 16-18 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o'tkaziladi.

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
19.5K views15:12
Ochish/sharhlash
2024-03-06 17:02:06Kompyuter o‘yinlarining bola psixologiyasiga salbiy ta’siri

1. Aqliy va ruhiy rivojlanishga ta’sir ko‘rsatadi.
2. Jizzaki, tajovuzkor, asabiy va injiq bo‘lib qoladi.
3. Hissiyotlarini boshqarishi qiyinlashadi.
4. Bolada ruhiy zo‘riqish va tushkunlik paydo bo‘ladi.

Bola dunyoqarashining o‘zgarishi:
-Kompyuter o‘yinlaridagi kabi odamlar hayotini tuganmasdek his qilishi.
- Har qanday ziddiyatli holatlarni faqat kuch bilan hal etishga o‘rinish.
- O‘yin qahramonlari kabi hech qanday havfdan qo‘rqmaslik.
- Hayotda hamma narsaga onsonlik va kuch bilan erishishga intilish.
- Hayotga va insonlarga beshavqat munosabatda bo‘lish.

Bolani kompyuter o‘yinlariga tobelikdan olib chiqish yo‘llari.
1. Ota-ona bolani doimiy nazorat qilishi.
2. Kuniga 30 daqiqadan ortiq kompyuter o‘ynashga ruhsat bermaslik.
3. Bola bilan do‘stona munosabatda bo‘lish va u bilan vaqt ajratib birga shug‘ullanish.
4. Bolani bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish. Uni kitob o‘qish, sport yoki ijod qilishga qiziqtirish.
5. Bolani motivatsiyasini rivojlantirish, uni rag‘batlantirib turish.
6. Tobe bo‘lgan bolalarga birdaniga kompyuter o‘yinlarini o‘ynashni cheklash mumkin emas. Aksincha kompyuter o‘yinlari o‘ynash vaqtini har kuni kamaytirib borish bilan tobelikdan halos qilinadi.

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
19.7K views14:02
Ochish/sharhlash
2024-03-06 14:59:20 BARCHA USTOZLAR UCHUN ATTESTATSIYADA PEDAGOGIK MAHORAT BO‘YICHA TUSHISH EHTIMOLI KATTA BO‘LGAN TESTLARNI

ATTESTATSIYA botiga joyladik, marhamat testlarni ishlab ko‘ring.

Siz attestatsiya testiga kirganizda jami pedagogik mahoratdan 10 test tushadi ushbu test savollari uchun 2 balldan jami 20 ball beriladi.

Biz sizga 20 ta namunaviy testlarni taqdim qildik.

Barcha mutahasislik fanlaridan ham testlar tez orada botga joylanadi va yangilanib turiladi tezda botimizga qo‘shilib oling!!!

/START ni bosing
15.4K views11:59
Ochish/sharhlash
2024-03-06 13:40:21 FEL’ETON

(Samimiy xazil)

NEGА QORА KOʼMIRXONАNGIZ?

Ishchi guruh keldi taftishga,
Kelasolib kirishdi ishga.

Tozallikni tekshirdi avval,
Qarasaki, bari mukammal.

Davomatdan ushlayman dedi,
Lek davomat yuz foiz edi.

Keyingisi – maktab formasi,
Formaning ham chiqmadi misi.

– Kutubxona qay holda koʼray?
– Bajonudil koʼring, oʼrgilay.

– Oshxona-chi, – dedi gʼoʼdayib,
– Oshxonada yoʼq biror ayb.

Undoq qildi hech oʼxshamadi,
Bundoq qildi hech oʼxshamadi.

Behosdan yarq etib bir gʼoya,
Kallasiga keldi nihoyat.

Ochib turguncha ogʼzingizni,
Tez chaqiring “zavxoz”ingizni.

Yetib keldi “zavxoz” qaltirab,
Terlar oqib, yuzi yaltirab.

– Qishgi mavsum tadorigini,
Tadorik bexatoligini.

Koʼrib ishonch hosil qilaman,
Oʼz ishimni yaxshi bilaman!

Koʼmirxona eshigin ochib,
Kutib turing, ketvormang qochib.

Kirdi, koʼrdi har ish joyida,
Nuqson izlab topish befoyda.

Toqati toq boʼlib nihoyat,
Oʼylab topdi ajib shikoyat:

– Menga qarang, obqochmang gapni,
Buzilgani kammi asabni?

Toʼgʼrisini ayting, isbot bor!
Isbot emas, katta isnod bor!

Eshitmayman men bahonangiz,
Nega qora, koʼmirxonangiz?

Nizomiddin MАDRАHIMOV

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
14.7K views10:40
Ochish/sharhlash
2024-03-06 08:39:56 Қониқарсиз баҳо олган битирувчилар шу синфда қайта ўқишга қолдирилади.

Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 15 мартдаги 140-сон қарори билан тасдиқланган «Умумий ўрта таълим тўғрисида»ги низомга кўра ўқувчиларнинг сифатли билим олишини ва уларни умумий ўрта таълимнинг давлат таълим стандартларига мос ҳолда ўқитиш натижаларини назорат қилишни таъминлаш мақсадида умумтаълим муассасаларида жорий, оралиқ, босқичли ва якуний назорат имтиҳонлари ўтказилади.

Умумтаълим муассасаларининг V-IX синф ўқувчилари тегишли фанлардан босқичли назоратларни муваффақиятли топширганларидан сўнгина уларни кейинги синфга ўтказишга қарор қилинади.

Шунингдек, мактаб битирувчи ўқувчилари учун ҳам умумий ўрта таълим дастурларини тўлиқ ўзлаштиргандан кейин якуний аттестатсиядан ўтиш мажбурий ҳисобланади. Мактаб битирувчиларининг билими, малака ва кўникмаларига қўйилган талабларнинг бажарилиши бўйича якуний аттестация ёзма, оғзаки ёки тест усулида ҳар бир фаннинг амалдаги ўқув дастури асосида ўқув йилининг якуни бўйича ўтказилади.

Таълим дастурларини давлат таълим стандартлари талаблари даражасида ўзлаштирган ва ўқув фанларидан йил якуни бўйича ижобий баҳоланган, ёки битта ўқув фанидан қониқарсиз баҳоланган битирувчилар мактаб педагогик кенгаши қарорига асосан якуний аттестатсияга қўйиладилар.

Халқ таълими вазирининг 2008 йил 4 мартдаги 56-сонли буйруғи билан тасдиқланган “Умумий ўрта таълим олувчиларнинг якуний давлат аттестатсияси тўғрисида”ги низомнга кўра, бир ёки икки фандан ўтказилган якуний аттестатсияда қониқарсиз баҳо олган битирувчиларга охирги якуний аттестатсиядан кейин икки ҳафта ўтгач қониқарсиз баҳо олган фанидан қайта якуний аттестатсиядан ўтиш ҳуқуқи берилади.

Йиллик баҳо ва якуний аттестация натижаларига кўра, умумий ўрта таълим давлат таълим стандартлари талабларини бажармай, “қониқарсиз” баҳо олган битирувчилар шу синфда қайта ўқишга қолдирилади.

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
18.6K views05:39
Ochish/sharhlash
2024-03-06 08:39:44O‘qituvchilar nega kasal bo‘ladi?

Shifokorlar o‘qituvchilarni kasbiy kasalliklarga olib boradigan bir nechta sabablarni qayd etishgan:

1) So‘zlashishdagi ortiqcha yuk.
Inson har kuni o‘rtacha 16 mingta atrofida so‘z ishlatar ekan. O‘qituvchilarda esa bu ko‘rsatkich bir necha barobar ko‘p. Ular “Xayrli kun, bolalar, daftarlarni olamiz” deyishdan boshlab “Endi uy vazifasini yozib olamiz” degunga qadar normani ortig‘i bilan bajarib qo‘yishadi. O‘quvchilar uchun bu oddiygina tovushdek tuyulsa-da, o‘qituvchi uchun juda katta yuk sanaladi.

2) Yuqori darajadagi stress va ruhiy bosim.
O‘rtacha olganda, har bir o‘qituvchi kuniga 4 soatdan dars o‘tadi. Har bir sinfda o‘rtacha 25 nafardan o‘quvchi bo‘ladi. Bu esa o‘qituvchining har kuni 100 nafar o‘quvchi bilan uzluksiz muloqotda bo‘lishini anglatadi. Bunga pedagogik kengash, ota-onalar yig‘ilishi va to‘garak mashg‘ulotlarini qo‘shadigan bo‘lsak, o‘qituvchi har kuni qanchalik ko‘p stressni boshdan kechirishi oydinlashadi. Shuningdek, kun bo‘yi muloqotda bo‘lgan har bir insonning o‘ziga yarasha hislari, kechinmalari, o‘y-fikrlari bor va o‘qituvchi bularning hammasini o‘ziga qabul qilib oladi. Hissiyotlarning bunday oqimiga kirib qolgan o‘qituvchi kun davomida qanchalik katta ruhiy bosim ostida yurishini tasavvur qilish qiyin emas.

3) Gipodinamiya yoki sodda qilib aytganda, kam harakat qilish.
“Uy-o‘qituvchilar xonasi-sinf xonasi-uy” o‘rtasidagi yugur-yugurlar ko‘p vaqt olmaydi. O‘qituvchining kunlik asosiy vaqti darsda tik turish yoki stulda o‘tirish bilan o‘tib ketadi. Shu bois oyoq qon tomirlarida muammolar yuzaga keladi.

4) Toza havoning kamligi.
Tan olish kerakki, tanaffus paytida o‘qituvchilar xonasi yoki sinf xonasini shamollatish uchun derazalarni har doim ham ochib qo‘yavermaymiz. Ayrim o‘qituvchilar yelvizakdan qo‘rqadilar yoki havo almashtirishni shunchaki unutib qo‘yadilar. Natijada mikroblar jamlangan va namlik pasayib ketgan diqqinafas xonada o‘tirib ishlashga to‘g‘ri keladi.

5) Ko‘zlarning muntazam zo‘riqishi.
Daftarlarni tungi tekshirish qanchalik ko‘p kuch talab etishini o‘qituvchilarning o‘zlari yaxshi biladilar. Telefon,kompyuterda uzoq termulib o‘tirish esa birinchi navbatda ko‘zlarga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Shu bois 40 yoshga borib-bormasdan aksariyat o‘qituvchilarning ko‘rish qobiliyati pasayib ketadi va ko‘zoynak taqishga to‘g‘ri keladi.

O‘zimizni asraylik ustozlar...

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
14.6K views05:39
Ochish/sharhlash
2024-03-05 19:00:58
FAKE: Ijtimoiy tarmoqdarda 2024-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan Pedagog kadrlar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari oʻtkazilishi muddatlari toʻgʻrisida notoʻgʻri maʼlumotlar tarqatilmoqda.

Pedagoglardan mazkur xabarlarga eʼtibor bermasliklarini soʻrab qolamiz, zero, bu sanalar oʻtgan yoki undan oldingi yillarda test sinovlari oʻtkazilgan sanalar xisoblanadi.

Shuningdek, yangi tartibga koʻra attestatsiya toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar, shu jumladan test sinovlarining oʻtkazilish muddatlari pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga SMS xabar yuborish orqali maʼlum qilinadi.

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
13.9K views16:00
Ochish/sharhlash
2024-03-04 15:08:36 O‘quvchilar uchun bahorgi ta’til 21-martdan boshlanadi

Maktab o‘quvchilari uchun III chorakning so‘nggi kuni 20-martga to‘g‘ri kelib, 21-mart bahorgi ta’tilning ilk kuni sanaladi. Ta’til 7 kalendar kun, ya’ni 27-martga qadar davom etadi. IV chorak esa 28-martdan boshlanadi.

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
22.1K views12:08
Ochish/sharhlash