Get Mystery Box with random crypto!

O'qituvchi

Telegram kanalining logotibi oqituvchi_ga — O'qituvchi O
Telegram kanalining logotibi oqituvchi_ga — O'qituvchi
Kanal manzili: @oqituvchi_ga
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 78.73K
Kanalning ta’rifi

Xalq ta’limi sohasida faoliyat yurituvchi o‘qituvchi va murabbiylar kanali.
Maosh hisoblovchi bot: @Oylik_hisoblaydigan_bot
@videodars_fotolavhalar 👈 Videodars fotolavhalar
Batafsil reklama uchun 👉 @talimiy_reklama
Reklama murojaat: @Jabborov_Elyor

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2024-03-22 19:01:41 "Maktablarni attestatsiya va akriditatsiyadan o‘tkazish hamda ta’lim sifati monitoringini amalga oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-fevraldagi 91-sonli qarori

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
14.9K views16:01
Ochish/sharhlash
2024-03-22 18:01:18



Attestatsiyadan Toifa olish endi juda ham oson!!!

BARCHA FANLAR uchun

Barcha fan O'qituvchilari uchun Pedagogik mahorat testlari ...

Pastdagi kanal silkasiga ulanib
2 kun bepul Pedagogik Testlarni o'rganing!!!



Hoziroq kanalga ótib kóring , kunda 5 mahal Quiz Test bulayabdi!!!

https://t.me/+91az3ivzF25mMTE6
https://t.me/+91az3ivzF25mMTE6
https://t.me/+91az3ivzF25mMTE6


Ushbu yangilikni maktab, kursdoshlar, tuman, viloyat pedagoglari guruhlariga yuborib qóying!!!

Murojat uchun admin (Barcha savollar uchun)
Admin @Azizbekquiz

13.8K views15:01
Ochish/sharhlash
2024-03-21 18:30:24 Ўқувчи дарс вақтида ўқитувчига бехурматлик қилиб камситса, қандай чора кўриш мумкин?

Ўқувчига нисбатан бирор таъсир чораси қўлланилмайди, аксинча бундай вазиятда унинг ота-онасига нисбатан маъмурий жавобгарлик чораси қўлланилади.

Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг 2023 йил 31 августдаги 282-сон буйруғига 1-иловада тасдиқланган Умумий ўрта таълим муассасасининг такомиллаштирилган намунавий одоб-ахлоқ қоидалари 15-бандига асосан ўқувчиларга ўзаро муносабатларда инсон шахсиятини ва қадр-қимматини камситиш (дискриминация), ҳақорат қилиш ва беҳаё сўзларни ишлатиши, турли хил (жисмоний, руҳий ва бошқа) зўравонликни (буллинг) кўрсатиши тақиқланади.

Шундай экан, сиздаги ҳолатда ҳам ўқувчи сизга ёки бошқа ўқувчиларга нисбатан юқоридагидаги ҳаракатларни қилиши тақиқланади.

Бундай ҳолатда ота-онага Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекс 47-модддаси иккинчи қисми билан жавобгарлик чораси қўлланилади.

Яъни Худди шундай ҳуқуқбузарликлар маъмурий жазо чораси қўлланилганидан кейин бир йил давомида такрор содир этилган бўлса:
базавий ҳисоблаш миқдорининг 5 бараваридан 10 бараваригача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
24.4K views15:30
Ochish/sharhlash
2024-03-21 16:29:36
Savol: Pedagogik mahoratdan test topshirish tilini oʻzim tanlashim mumkin ekan. Bu attestatsiya kuni tanlanadimi yoki oldindanmi?

Javob: Buni test kuni ham tanlash mumkin albatta. Sizga birinchi bosqichdagi kasbiy standartlar va ikkinchi bosqichdagi pedagogik mahoratni aniqlash boʻyicha beriladigan savollarga qaysi tilda javob berish qulay boʻlsa, oʻsha tilni tanlashingiz mumkin (oʻzbek, rus va qoraqalpoq tillaridan birini).

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
15.6K views13:29
Ochish/sharhlash
2024-03-21 16:25:57 O‘QITUVCHILARNING FORMASI BO‘YICHA QUYIDAGI TALABLAR MAVJUD.

- jamoa a’zolari ish vaqtida erkin harakatlanish uchun qulay va estetik did bilan kasbga mos holda kiyinishlari

- kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi hamda kiyimlarning o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi

erkaklar mavsumga qarab – klassik uslubdagi shim, kostyum-shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), ko‘ylak (oq, havorang va shu kabi), bo‘yinbog‘, poyabzal (qora rangda bo‘lishi tavsiya etiladi) kiyishi

ayollar mavsumga qarab – klassik uslubdagi yubka, kostyum-yubka (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), havo haroratiga qarab klassik uslubdagi shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), tanani ochiq ko‘rsatib turmaydigan kofta (oq, havorang va shu kabi), ko‘ylak, past poshnali poyabzal (qora rangda bo‘lishi tavsiya etiladi) kiyishi (Muassasa ustavi bilan ta’lim muassasasi rahbariyati va pedagog xodimlari formasining rangi va qo‘shimcha belgilariga mazkur nizom talablaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.)

- umume’tirof etilgan milliy an’analarga, shakllarga va ma’naviy-axloqiy tarbiyaga zid kelmaydigan yoki sport (dars jarayonida maxsus yoki sport kiyimida jismoniy tarbiya va chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlari o‘qituvchilarining yurishiga ruxsat beriladi, shuningdek, ta’lim muassasasi hududida o‘tkaziladigan turli sport va ko‘ngilochar tadbirlar bundan mustasno) kiyimlarida bo‘lmasligi talab etiladi.

Xodimlarning tashqi ko‘rinishi bo‘yicha quyidagi talablar belgilanadi:

- tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirilmagan yoki pirsing qilinmagan bo‘lishi, sochi tartibga keltirilgan va yorqin (g‘ayrioddiy) ranglarga bo‘yalmagan bo‘lishi

ayollar quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga zirak yoki metall buyumlar taqib yurmasligi, yuzini ko‘zga tashlanadigan darajada pardoz qilmasligi, tirnog‘ini uzun qilib o‘stirmasligi talab etiladi.

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
14.3K views13:25
Ochish/sharhlash
2024-03-21 11:36:38Alisher Qodirov oʻqishga kirolmagan barcha oʻgʻil bolalarni armiyaga majburiy joʻnatishni taklif qildi

“Maktabni tugatgan, oʻqishga kirganlardan tashqari barcha oʻgʻil bolalarni toʻlovlarsiz, bir yillik majburiy harbiy xizmatga jalb qilish lozim. Tartib va masuliyatni maktab va harbiy xizmatda oʻrgatmasak, qamoqxonada hech qachon oʻrgatib boʻlmaydi”, - deydi deputat.

Uning qayd etishicha, 124 ming oʻquvchi sababsiz maktabga kelmagani aniqlangan. Takidlanishicha, 3 ming nafar ota-ona Mamuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasi bilan jarimaga tortilgan.

"Tarbiya masalasida keskin qarorlardan qochmaslik kerak. Oʻzbekistonni erkinlikni hadsizlik deb biladigan, atlas kostyum xunasalar emas, oʻz qadrini biladigan, tafakkur qiladigan oʻgʻil-qizlar rivojlantiradi.

Nafaqat Oʻzbekiston, balki butun Markaziy Osiyoda bogʻcha va maktab milliy xavfsizlik masalasiga aylangan. Uni nafaqat Milliy gvardiya, balki, butun jamiyat qoriqlashi kerak", - deydi u.

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
16.8K views08:36
Ochish/sharhlash
2024-03-19 18:31:15 OʻQUVCHILARNING TAʼTIL PAYTIDAGI XATTI-HARAKATLARI UCHUN OTA-ONALAR JAVOB BERADI

Barchamizga maʼlumki, ilgari oʻquvchilarning xar qanday xatti-harakatlari uchun, xoh u taʼtilda boʻlsin xoh darsdan tashqarida boʻlsin, faqat sinf rahbar, direktor yoki uning oʻrinbosarlari javobgar boʻlardi. Misol uchun oʻquvchi taʼtil vaqtida qoʻshnisi bilan mushtlashib, janjallashib qolsa ham ichki ishlar organi xodimlari oʻsha oʻquvchining sinf rahbarini chaqirtirib bezovta qilardi.

Koʻp hollarda maktab rahbariyati bilan birga sinf rahbarlari lavozim vazifalarini bajarmagan deya baholanib, ularga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilar edi. Oʻquvchining ota-onasiga esa deyarli hech qanday taʼsirchan choralar koʻrilmasdi. Hozir esa bunday holatlarning oldi olingan.

MMT Vazirligining 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan, sinf rahbari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq taʼlim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi va taʼtil paytidagi oʻquvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javob beradi.

Sinf rahbarlari esa javobgarlikka tortilmaydi. Demak bunday holallarda nafaqat sinf rahbariga balki direktor oʻrinbosarlariga nisbatan ham intizomiy jazo choralari qoʻllanilmaydi.

Shuni ham unutmaslik kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 73-moddasida ota-onalar farzandlarini tarbiyalashga masʼul ekanligi bayon etilgan. Ular farzandlarining salomatligi, aqliy, jismoniy, maʼnaviy va axloqiy rivojlanishi uchun gʻamxoʻrlik qilishlari shart.

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
30.4K views15:31
Ochish/sharhlash
2024-03-19 17:28:37
Maktablar o'rtasida tumanlararo "THE BEST SCHOOLS" Respublika tanlovi bo'lib o'tmoqda. Ko'p ovoz olgan maktablar tuman bosqishidan viloyat va Respublika bosqichiga yo'l oladi. O'z maktabingizni keyingi bosqichga chiqishiga ko'maklashing. (Tuman bosqichi 31-martga qadar davom etadi)

Maktablar ro'yxati
@eng_yaxshi_maktab_bot
15.1K views14:28
Ochish/sharhlash
2024-03-19 15:20:27 Metodik qo'llanma uchun na'muna

Ommalashtirishga na’muna
Talim hujjatlar

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
13.7K views12:20
Ochish/sharhlash
2024-03-19 12:08:45
Kogonda maktab o'quvchilari bo'lgan avtobus svеtoforning taqiqlovchi chirog'iga qaramasdan katta tеzlikda harakatlanishi oqibatida halokat ro'y bеrgan.

2024-yilning 18-mart kuni Kogon tumanidagi 5-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktab o'quvchilari 2 ta avtobusda Buxoro shahridagi viloyat musiqali drama tеatriga borayotgan chog'ida avtobuslardan biri yo'l transport hodisasiga uchragan hamda bir o'quvchi voqеa joyida vafot etgan.

Ijtimoiy tarmoqda mazkur avtobus ishtirokidagi YTH vidеosi tarqaldi. Avtobus svеtoforning taqiqlovchi chirog'iga qaramasdan katta tеzlikda harakatlanishi oqibatida halokat ro'y bеrgan.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi jamoasi mazkur baxtsiz voqеa natijasida vafot etgan o'quvchining oila a'zolariga chuqur hamdardlik bildirib, hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Surishtiruv natijalariga ko'ra, voqеaga javobgar tizim mas'ullariga nisbatan o'rnatilgan tartibda tеgishli choralar qo'llaniladi," - dеb yozgan MMTV mazkur voqеaga o'zining munosabatida.

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
13.7K views09:08
Ochish/sharhlash