Get Mystery Box with random crypto!

Maktablarda davomat 97,7 foizga yetdi — Milliy gvardiya Taʼli | O'qituvchi

Maktablarda davomat 97,7 foizga yetdi — Milliy gvardiya

Taʼlim-tarbiya borasidagi majburiyatlarni bajarmagan 124 ming ota-ona rasmiy ogohlantirilgan, 4 mingga yaqini maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. 

Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi hamda Milliy gvardiya hamkorligida joriy yilning 6-8-fevral kunlari oʼtkazilgan dastlabki oʼrganishlarda 188 ming oʼquvchi darsga sababsiz kelmagani aniqlangan. Bu haqda Milliy gvardiya axborot xizmati rahbari Davron Jumanazarov maʼlum qildi. 

Qayd qilinishicha, taʼlim-tarbiya borasidagi majburiyatlarni bajarmagan 124 ming ota-ona rasmiy ogohlantirilgan, 4 mingga yaqini maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. 

6-fevraldan 7-martga qadar 1 mln 769 ming nafar oʼquvchi maktabga qaytarilgan. Respublika buyicha davomat 97,7 foizga yetgan.

Maktablarda xavfsizlikni taʼminlash borasida yangi ish tizimi joriy qilingan. Oldin maktab qorovuli faqat tungi paytda maktabda oʼtirish bilan chegaralgan boʼlsa, hozir kunduzgi vaqtda ham xizmat qilib, maktabga begonalar kirishini oldini olish, kirish-chiqish va ichki tartibni nazorat qilish bilan shugʼullanmoqda. Soʼnggi haftada respublika boʼyicha 6 ta holatda maktabga begonalar kirishining oldi olingan. Barcha xolat boʼyicha aybdor shaxslarga qonunchilikda belgilangan jinoiy va maʼmuriy javobgarlik choralari koʼrilgan. 

Eslatib oʼtamiz, 5-fevral kuni Prezident huzurida ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida, maktablardagi tarbiya va maʼnaviyat masalasiga alohida urgʼu berilib, darslardagi davomat 70 foizni tashkil etayotgani va oʼtgan yili maktab oʼquvchilari oʼrtasida 2 ming 280 ta jinoyat sodir etilganiga tanqidiy baho berilgan edi.

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_