Get Mystery Box with random crypto!

Fan olimpiadalari

Telegram kanalining logotibi olimpdep — Fan olimpiadalari F
Telegram kanalining logotibi olimpdep — Fan olimpiadalari
Kanal manzili: @olimpdep
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 27.72K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalarini o'tkazish va iqtidorli o'quvchilarni saralash boshqarmasi
Facebook: https://www.facebook.com/olimpdep
Instagram: https://www.instagram.com/olimpiada_departamenti/
Youtube: bit.ly/olimpdep

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 16

2023-01-06 11:50:46 O‘QITUVCHILAR OLIMPIADASINING RESPUBLIKA BOSQICHI TOPSHIRIQLARI

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
4.8K views:), 08:50
Ochish/sharhlash
2023-01-06 11:50:17 O‘QITUVCHILAR OLIMPIADASINING RESPUBLIKA BOSQICHI TOPSHIRIQLARI

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
4.4K views:), 08:50
Ochish/sharhlash
2023-01-06 11:49:57 O‘QITUVCHILAR OLIMPIADASINING RESPUBLIKA BOSQICHI TOPSHIRIQLARI

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
4.4K views:), 08:49
Ochish/sharhlash
2023-01-06 05:35:42

10.3K viewsU.Rakhmonov, 02:35
Ochish/sharhlash
2023-01-06 05:35:15 Avval xabar berganimizdek, bugun o’qituvchilar olimpiadasining birinchi bosqichi o’tkaziladi, mazkur bosqichda ustozlarimiz 5 ta yozma ish topshiriqlarini bajaradi.

Olimpiadaning yanada shaffof va adolatli o’tishi uchun har bir fan bo’yicha Xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan O’zbekiston terma jamoasi rahbarlari boshchiligidagi hakamlar hay’ati yozma ish topshiriqlarini olimpiadadan 2 soat oldin tayorlashadi va bu jarayon hozirgina boshlandi.
Jarayonni quyidagi havola orqali kuzatishingiz mumkin.


olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
9.3K viewsU.Rakhmonov, 02:35
Ochish/sharhlash
2023-01-05 10:06:16 O'qituvchilar olimpiadasi haqida

2021-2022 o‘quv yilidan boshlab ilk marotaba umumta’lim maktab o‘qituvchilari o‘rtasida “O‘qituvchilar olimpiadasi” tashkil qilingan edi. Dastlab ushbu olimpiada matematika fani o‘qituvchilari o‘rtasida uch bosqichda o‘tkazildi, unda 6000 ga yaqin o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Olimpiada sinovlari ikki bosqichda: yozma ish va test topshiriqlari shuningdek, metodik qismdan iborat nazorat materiallari orqali ishtirokchilar baholandi. Eng yuqori natijani qo‘lga kiritgan ishtirokchilar tantanali ravishda taqdirlandi.
Ko‘p sonli ustozlar va o‘qituvchilarning takliflari asosida 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab “O‘qituvchilar olimpiadasi” matematika fanidan tashqari fizika, kimyo va biologiya fanlaridan ham tashkil qilinishi yo‘lga qo‘yildi. Bu yil ham mazkur olimpiada uch bosqichda tashkil qilindi. Olimpiadaning dastlabki bosqichida jami 30 ming nafarga yaqin ustozlar ishtirok etdi.
Olimpiadaning Respublika bosqichi 2023-yil 6-7-yanvar kunlari Toshkent shahri Yakkasaroy tumani 118-sonli umumta’lim maktabida 2 kun davomida tashkil qilinishi rejalashtirilgan. Unda yuqoridagi fanlar bo‘yicha olimpiadaning hududiy bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jami 168 nafar (har bir fandan
3 nafardan, har bir hududdan 12 nafar)
o‘qituvchilar ishtirok etishi belgilangan.
Birinchi kun ishtirokchilarga 5 ta masaladan iborat yozma ish taqdim qilinadi va 3 soat vaqt ajratiladi.
Ikkinchi kun metodik qism va test topshiriqlaridan iborat bo‘lib, metodik qismda taqdim etilgan topshiriqlar yechimlari keltirilgan misol va masalalarni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri yechilganligini izohlab, yechimni baholash talab etiladi. Buning uchun 2 soat vaqt ajratiladi va 50 ball bilan baholanadi.
Barcha ishtirokchilar uchun Vazirlikning sovg’alari va ishtirokchi sertifikati taqdim qilinadi, Respublika bosqichi natijalariga ko‘ra har bir fan bo‘yicha 6 nafar yuqori natija qayd etgan ustozlar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Barcha fanlar natijalariga ko‘ra Hududlar bo‘yicha reyting e’lon qilinadi.

Barcha ishtirokchi ustozlarimiz va o‘qituvchilarimizga omad tilab qolamiz!


olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
11.5K viewsU.Rakhmonov, edited  07:06
Ochish/sharhlash
2023-01-05 10:00:51
Joriy yil 6-yanvar kuni Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya fanlaridan O'qituvchilar olimpiadasining Respublika bosqichiga start beriladi.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
11.6K viewsU.Rakhmonov, edited  07:00
Ochish/sharhlash
2023-01-04 08:01:58 Onlayn olimpiadalar davom
etadi!

Bugun 4-yanvar 10-sinf o‘quvchilari uchun Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya va Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarga start berildi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida oo.uzedu.uz tizimida tashkil etiladigan onlayn olimpiadalarda ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilarni maktab tomonidan tasdiqlanishi bekor qilindi. Endilikda istalgan foydalanuvchilar tizimdan ro‘yxatdan o‘tib onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari va o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish shart! https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
19.0K views:), 05:01
Ochish/sharhlash
2022-12-31 22:32:33
15.1K viewsU.Rakhmonov, 19:32
Ochish/sharhlash
2022-12-30 08:00:43 Onlayn olimpiadalar davom
etadi!

Bugun 30-dekabr 8-sinf o‘quvchilari uchun Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya va Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarga start berildi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida oo.uzedu.uz tizimida tashkil etiladigan onlayn olimpiadalarda ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilarni maktab tomonidan tasdiqlanishi bekor qilindi. Endilikda istalgan foydalanuvchilar tizimdan ro‘yxatdan o‘tib onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari va o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish shart! https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
43.2K views:), edited  05:00
Ochish/sharhlash