Get Mystery Box with random crypto!

NIMAGA?

Telegram kanalining logotibi nimaga — NIMAGA? N
Telegram kanalining logotibi nimaga — NIMAGA?
Kanal manzili: @nimaga
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.35K
Kanalning ta’rifi

Nimaga? degan qiziqarli savollarga javob beradigan foydali kanal!
Reklama — @nimaga_ads

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2022-08-01 16:01:02
Nimaga nomofobiya kasalligiga chalinganlar borgan sari koʻpayib bormoqda?

— Nomofobiya
— telefonsiz qolish qoʻrquvi boʻlib, yildan yilga bu psixologik kasallikka chalinganlar koʻpayib bormoqda. Bu kasallik 2010-yilda rasman tan olingan boʻlib, atama "No mobile phone phobia" iborasining qisqartmasi hisoblanadi.

Statistik maʼlumotlarga qaraganda odamlarning qariyb 10%i telefonga qaram boʻlib, sayyoramizdagi smartfoni bor insonlarning 70%i "sotka"laridan deyarli ajralishmaydilar. Buning sababi oddiy, zamon talabi, koʻpchilik smartfonsiz ishlay olishmaydi.

P.S. Smartfonini sevadigan va yigʻilishlarda ham undan ajralgisi kelmaydigan oʻrtoqlaringizga yuboring! Ular yolgʻiz emaslar!

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
34.6K views13:01
Ochish/sharhlash
2022-07-29 15:41:19
Nimaga chekishni tashlagan insonda semirish kuzatiladi?

Ushbu postda biz chekadigan ortiqcha vaznli odamlar haqida emas, balki chekishni tashlaganidan so’ng, vazn to’plagan insonlar haqida gaplashamiz. To'g'ri, chekishni tashlaganlar ta'm bo’yicha sezgirlikni tiklaydilar va bu ta’sirida ko'plab sobiq chekuvchilarning ishtahasi ochiladi – bu normal holat. Chekishni tashladingizmi, demak kundalik jismoniy tarbiya haqida eslash, shuningdek, ko'proq sabzavot va mevalarni iste'mol qilish vaqti keldi

Gap shundaki, odamlar chekishni tashlashda yuzaga keladigan stressni "nazorat qila" boshlaydilar va oldin chekishgan vaziyatlarda odatda hech narsa qilmasdan ovqatlanadilar. Natija – (agar badantarbiya qilinmasa) bir necha kilogramm ortiqcha vazn bilan tugashi mumkin.

— Chekish tananing endokrin tizimini buzishi va biroz vazn yo'qotishiga olib keladi. Ammo bu sizga kerakli bo'lgan ortiqcha vazn yo'qotish turi emas. Shu sababli ham chekmang, zero gormonal darajadagi buzilishlar bir necha kilogramm uchun juda yuqori narx.

P.S. Sigaret chekadigan tanishlaringizga yuboring

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
33.7K views12:41
Ochish/sharhlash
2022-07-25 18:59:24
Nimaga sigeret chekish insonni tinchlantiradi?

Siz ham sigaret chekuvchi insonlardan "Sigaret cheksam tinchlanaman" degan gapni eshitganmisiz? Asl haqiqat umuman boshqacha! Sigaret tarkibidagi nikotinda tinchlantirish funksiyasi mavjud emas.

Asab tizimini nikotin bilan rag'batlantirish miyaning energiya potentsialining kamayishiga olib keladi. Tamaki o'ziga xos stimulyatorga aylanadi: murakkab aqliy ishlarni bajarayotganda, odam diqqatini yo'qotmaslik uchun birin-ketin sigaret chekishni boshlaydi. Qarabsizki, odam tabiiy stressdan emas, "sigaretsizlik" yaratgan yangi stressdan qutilish uchun sigaretga o'rganib qoladi.

P.S. Chekish haqida kim nima desa desin, tibbiyot va din uning har qanday ko'rinishini faktlar asosida qoralaydi!

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
40.5K views15:59
Ochish/sharhlash
2022-07-22 15:38:31
Nimaga istalgan IT sohasini arzonga o'rganish uchun ingliz yoki rus tillarini o'rganish kerak?

Sabab oddiy. Istalgan IT sohasini o'rgatadigan kurslar yoki istalgan sohaga doir ishonchli ma'lumotlarni rus va ingliz tili tilida arzon narxda (yoki tekinga) bemalol topish mumkin. "Именно поэтому" biz sizga xorijiy tillarni o'rganishingizni tavsiya qilamiz.

P.S. Ruscha yoki inglizcha so'zlarni yengilgina gaplarini orasiga qo'shib gapiradigan tanishlaringizga yuboring.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
38.5K viewsedited  12:38
Ochish/sharhlash
2022-07-20 08:46:38
Nimaga mutaxassislar har kuni olma yeyishni tavsiya qilishadi?

Bilasizmi, kuniga bir dona olma yeyish – insonning buyragida tosh paydo bo'lish xavfini 45 foizgacha kamaytirar ekan. Shuningdek me’yorida yeyilgan olma inson immun sistemasini ham yaxshilaydi.

P.S. Ammo ko’p olma danagini yeyish yomonligi haqida ogohlantirganmiz. Shunga qarab ish tuting

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
39.8K views05:46
Ochish/sharhlash
2022-07-19 16:57:22
Nimaga Apple "iPhone 9"ni chiqarmadi?

Bu savol hozirgacha koʻpchilikni oʻylantirib keladi. Hattoki javob sifatida bir nechta taxminlar aylanishga ulgurdi. Masalan, "Apple asoschisi Stiv Jobs oyning 9-sanasida vafot etgani sababli" (ammo bu yolgʻon maʼlumot, Jobs 5-oktyabr sanasida vafot etgan), "9 baxtsiz raqamligi sababli", "inglizchada 9 soni (oʻqilishi "nayn") nemischada "yoʻq" degan maʼnoni bergani sababli". Ammo bulaning barchasi sarob boʻlib chiqdi.

Applening rasmiylari 1-iPhone chiqqaniga 10 yil toʻlgani munosabati bilan 2017-yilda iPhone X ni ommaga taqdim etish qaroriga kelishgan. Boʻldi, haqiqiy sabab shu

@NIMAGA kanalini kuzatib boring!
33.4K views13:57
Ochish/sharhlash
2022-07-19 14:44:09
Nimaga iqtisodchilar biror narsani kredit yoki "boʻlib toʻlash"ga olishni tavsiya qilishmaydi?

Iqtisodchilarning fikricha odamlar doimo zavqlanishga shoshilishadi. Agar siz 4 yoshli bolaga 1 ta tortni bugun yeyish va 2 ta tortni 10 kunga boʻlib yeyish tanlovlarini bersangiz, albatta u 1-variantni tanlaydi. Odamlar ham xuddi shunday. Qandaydir istak boʻlsa, bugunoq amalga oshishini xohlashadi.

Ammo hech qachon unutmang, siz kreditga yoki "boʻlib toʻlash"ga narsa xarid qilar ekansiz, bugungi zavqlanishingiz ortida ertangi imkoniyatlaringizni cheklanishi yotadi.

P.S. Dinimizda kredit xaromligini bilasiz, agar boshqa imkon qolmasa, bo’lib to’lash asosida narsa xarid qiling.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
32.2K views11:44
Ochish/sharhlash
2022-07-15 16:45:32
Nimaga chet el restoranlarda mijozlarga yalpizli saqichlar beriladi?

Bilasizmi, chet el restoranlarida nafasni xushboʻylantirish uchun emas, balki oshqozonni tinchlantirish uchun bepul yalpizli saqichlar beriladi. Gap shundaki, yalpiz — oshqozon-ichak traktining silliq mushaklarini tinchlantiradi.

Yalpiz oshqozonni ortiqcha ovqat iste'mol qilishdan va oshqozon buzilishi alomatlarini bartaraf etadi. Restoranlarda esa, mijozlarni ovqatdan so'ng o'zini yaxshi his qilishi uchun va oshqozon og'rig'iga duchor bo'lmasligi uchun mana shunday saqichlar beriladi.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
39.6K views13:45
Ochish/sharhlash
2022-07-13 07:22:34
Nimaga Sitamu Yamagutini dunyoning eng omadli insonlaridan hisoblanadi?

— Eng omadli bo'lishiga uning naqd 2 ta atom bombasi portlashidan omon qolganligi sabab bo'ldi. Bilasiz, 6-avgustda Xirosimada, 9-avgustda esa Nagasakida atom bombalari portlatiladi. Xirosima shahridagi portlash vaqtida Sitamu shahardan 3 km uzoqda edi va portlashdan so'ng u o'z shahriga — Nagasakiga qaytadi. Nagasakiga qaytgan Sitamu u yerda ham portlash guvohi bo'ladi va omon qoladi.

— 2 atom bombasidan omon qolgan Sitamu 2010-yil 4-yanvar, 93 yoshida oshqozon saratonidan vafot etadi.

P.S. Shunday — atom bombasidan omon saqlab qoladigan kuchli omadni kimga tilasangiz, o'sha insonga ushbu postni yuboring

@NIMAGA kanalini kuzatib boring!
41.2K viewsedited  04:22
Ochish/sharhlash
2022-07-10 17:40:40
Nimaga baʼzida oyoqlar "muzlab qoladi"?

Sovuq ob-havoda inson oyoqlarining sovishi albatta tabiiy jarayon. Ammo issiqda ham baʼzi insonlarning oyoqlari sovuq qotadi. Xoʻsh, buning sababi nima?

Bilasiz, oyoqlarda mushak tolalari mavjud va ular yogʻ qavati bilan himoyalanmagan. Ularning yagona issiqlik manbai qondir. Tomirlar sovuqdan torayadi, qon oqimi pasayadi, natijada oyoqlari muzlaydi.

Sog'lig'i normal bo'lgan odamda oyoqlar bir necha sabablarga ko'ra muzlashi mumkin:
• issiq bo'lsa ham, issiq kiyim kiyish odati tufayli;
• avtonom nerv tizimining faoliyati buzilishi natijasida;
• oyoqlarini "bog'lab" uzoq o'tirishdan;
• ro'za tutish yoki qattiq diyeta vaqtida.

Agarda oyoqlar doimiy muzlasa, tezda shifokor koʻrigiga borish tavsiya qilinadi. Sababi odatda bu darajaga katta ehtimol bilan jiddiy qon-tomir kasalliklari asos boʻlishidadir.

P.S. Oʻz yaqinlaringizga (ayniqsa yoshi katta ota-onasi yoki bobo-buvisi bor tanishlaringizga) ushbu postni ulashishni tavsiya qilamiz.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
40.1K views14:40
Ochish/sharhlash