Get Mystery Box with random crypto!

NIMAGA?

Telegram kanalining logotibi nimaga — NIMAGA? N
Telegram kanalining logotibi nimaga — NIMAGA?
Kanal manzili: @nimaga
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.35K
Kanalning ta’rifi

Nimaga? degan qiziqarli savollarga javob beradigan foydali kanal!
Reklama — @nimaga_ads

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2022-07-06 15:26:19
Nimaga mashinada xavfsizlik kamari taqish kerak?

Xavfsizlik kamari mashinaning favqulodda tormozlanishi yoki turli xil yoʻl transport hodisalarida yoʻlovchi yoki haydovchini jarohat olish (yoki oʻlim) ehtimolini pasaytiradi.

Aniq statistikalarga koʻra, xavfsizlik kamarlari haydovchi va yo'lovchilarning old va orqa o'rindiqlarida halok bo'lish xavfini, avariya turiga qarab, 2 (old va yon to'qnashuv) dan 5 martagacha (ag'darish) kamaytiradi.

P.S. Ushbu postni barcha yaqinlaringizga ulashing, zero har bir inson oʻz xavfsizligiga aloqador maʼlumotni bilishi kerak!

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
44.5K views12:26
Ochish/sharhlash
2022-07-06 13:59:17
Nimaga moushn dizaynerlarga har soniya uchun pul to'lanadi?

— Moushn grafika bu kompyuterda yaratilgan grafik elementlarning harakatlanishi hisoblanadi. Harakatlarni tayyorlashda har bir millisekund ustida ishlanganligi tufayli pul har soniya uchun to'lanadi.

— Biznes yoki boshqa loyiha bo'lsin ijtimoiy tarmoqlarda o'zlarining animatsion roliklarini joylashga doimo ehtiyoj sezishadi. Bu roliklar esa moushn dizaynerlar tomonidan tayyorlanadi.

— Shu sababli soha kelajagi porloq deya olamiz. Moushn dizaynerlar uchun ham talab yuqori. Ular freelance saytlar orqali bemalol chet el bilan ham ishlashlari mumkin.

P. S. Moushn grafika sohasiga qiziqish uyg'ondimi yoki avvaldan qiziqasizmi? Sizga "Najot Ta'lim" markazining moushn grafika kurslarida ta'lim olishni tavsiya qilamiz.

⇛ Moushn grafika kursi uchun ro'yxatdan o'ting

*Joylar soni cheklangan

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
41.5K views10:59
Ochish/sharhlash
2022-06-22 10:08:35
Nimaga och qolish hissi paydo boʻladi?

Bu hissiyotning paydo boʻlishi — tanamizda glyukoza konsentratsiyasi pasayib ketishi bilan izohlanadi. Yaʼni organizmimiz energiyani glyukoza oksidlanishidan oladi, bu jarayon natijasida glyukoza konsentratsiyasi qonda kamayadi va miyamizning ochlikka javobgar qismidagi neyronlarga taʼsir oʻtkazadi.

P.S. Shu sababdan ham koʻpchilik uzoq uchrashuvdan oldin shokolad isteʼmol qilishni tavsiya qilishadi

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
12.6K views07:08
Ochish/sharhlash
2022-06-22 07:36:12
Nimaga aynan Urban Kross krossovkalariga ishonish kerak?

Bilasizmi, Oʻzbekistonda ishonchli onlayn krossovka sotuvchi doʻkonlar juda ham kamyob. Ular ichida Urban Kross mijozlarga yaratib bergan bir nechta qulayliklari bilan ajralib turadi!

• Butun oila uchun katta assortimentga ega eng zamonaviy, sifatli va albatta trenddagi krossovkalar.
• Butun Oʻzbekiston boʻylab tezkor yetkazib berish xizmati.
• Toshkent boʻylab toʻlov yetkazib berilgandan soʻng olinishi — barcha qulayliklar Urban Krossda!

Quyidagi havola orqali oʻting va barchasiga oʻzingiz guvoh boʻling @UrbanKross_uz

P.S. Eng muhimi, siz "NIMAGA" promokodini aytsangiz, yetkazib berish xizmati mutlaqo bepul boʻladi
14.1K views04:36
Ochish/sharhlash
2022-06-21 19:02:02
Nimaga amerikaliklar komediyachilarni "stand-up"chilar deb atashadi?

1940-yillarda amerikalik komediyachilar sahnadan chiqish qilgan deyarli barcha tungi klublar – mafiya nazorati ostida edi. O'sha davrdagi mafiozlarning "oʻzlarini tilida" "stand-up" — ishonchli odamlarni anglatgan (masalan, mafiyalar doimo ishonishi mumkin bo'lgan jangchilarni).

Demak vaqt oʻtib, mafiyalar – komediya orqali tungi klublarida odamlarni toʻplab, ularga daromad keltirayotgan komiklarni ham "stand-up"chilar deb atay boshlashdi. Bu vaqt oʻtib, sekin-sekin alohida janr sifatida shakllandi.

P.S. Doim kuldiradigan (mafiyalarni ishonchli odamlari boʻlgan) doʻstlarimizga joʻnatamiz

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
9.6K views16:02
Ochish/sharhlash
2022-06-21 18:02:03
IDU – Xalqaro Raqamli Universitetining kirish imtihonida qatnashing va 2022 yilda talabaga aylaning!
 

IT sohasi bo‘yicha eng yuqori darajada taʼlim
Britaniya standarti asosida oliy maʼlumot
Xalqaro diplom
Universitetda o’qish davomida malaka oshirish
Universitetdan so‘ng eng rivojlangan mamlakatlarda ish

  Agar siz ham IDU talabasi bo‘lishni xohlasangiz quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting! Joylar soni chegaralangan!
https://bit.ly/3O2WjGM
10.7K views15:02
Ochish/sharhlash
2022-06-21 14:10:20
Nimaga yapon kompaniyasi uzr soʻrash uchun TVdan reklama joylarini band qilgan?

Yaponiyaning muzqaymoq ishlab chiqaruvchi yirik — Akagi Nyugyo kompaniyasi 2016-yilda xalq orasida eng mashhur Garigari-kun nomli muzqaymogʻi narxini 60 yendan 70 yenga koʻtargan. Eng qizigʻi oldingi narx 25 yil davomida oʻzgarmasdan kelgan, ammo inflatsiyaning taʼsiri baribir oʻz kuchini koʻrsatgan.

Shu munosabat bilan kompaniyaning bosh direktoridan tortib oddiy ishchilarigacha naqd 1 daqiqa xalqdan uzr soʻrab, taʼzim qilib turgan video olingan. Ushbu videoni xalqning katta qismi koʻrishi uchun TVlardan reklama joyi sotib olinib, ushbu rolik berilgan.

P.S. Qilgan notoʻgʻri ishi uchun kechirim soʻrashdan uyaladiganlarga yuboramiz

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
13.4K views11:10
Ochish/sharhlash
2022-06-21 13:10:51
Nimaga Arxitektura va Dizayn sohasini Progress Academy’da o'rganish kerak?

Markaz kuchli kompyuterlar bilan jihozlangan. Bu o'rganuvchilarga qulaylik yaratadi, kompyuter sotib olish uchun esa "palon" pul sarflash shart emas;

Binolarni chizish, ularning interyer va eksteryer dizaynlarini professional tarzda tayyorlash o'rgatilinadi;

Darslarning 8 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassis tomonidan olib borilishi esa yanada kuchli bilim olish uchun asos bo'ladi;

Muvaffaqiyatli bitiruvchilar esa ishga taklif etiladi.

Qiziqarli va daromadli kasb egasi bo'lishni istasangiz, quyidagi link orqali bepul ochiq darsda ishtirok eting https://bit.ly/3LGplv1

Kurs haqida to'liq ma'lumot uchun:

Administrator

Tel: 712002212

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
13.4K views10:10
Ochish/sharhlash
2022-06-21 13:10:43
Nimaga Rimdagi suv ichishga moʻljallangan fontanchalar gʻalati shaklda?

Rimda suv ichishga moʻljallangan fontanchalar gʻalati shaklda, yaʼni ularning yuqorisida teshikchalar bor. Mahalliy aholi fontanchalarni qoʻllari bilan yopib, aynan shu teshikchalar orqali suv ichishadi. Savol tugʻiladi: Nimaga?

Buning asl sababi fontanchalarning asosiy teshiklari orqali itlar suv ichishadi. Albatta, har bir fontanchaga qarash uchun masʼul odamlar tayinlanmagan, qoʻshimchasiga Yevropada uy hayvonlariga yaxshigina eʼtibor qaratiladi. Eng qizigʻi koʻpchilik sayyohlar bu maʼlumotni bilmaydi va bemalol fontanchalarning asosiy teshigidan suv ichishadi

P.S. Sayohatni yoqtiradigan tanishlarimizga yuboramiz

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
13.7K views10:10
Ochish/sharhlash
2022-06-20 16:44:50
Nimaga sovchilar kelinlikka nomzodga suv ichirishgan?

Turkiy xalqlarda shunday qiziq odat boʻlgan-ki, ayol sovchilar sovchilik tashrifi vaqtida kelinlikka nomzod qizga 1 kosa suvni ichirishgan. Bu bilan ular qizda boʻqoq xastaligi mavjud-mavjudmasligini tekshirishgan.

Suv ichish jarayonida bosh yuqoriga koʻtarilganligi va suvni yutish jarayoni sababli bu jarayonda kishida boʻqoq borligi yoki yoʻqligi koʻrinadi.

P.S. Qadrli uylanish ostonasidagi boʻydoqlar, ushbu postni onangizga yuborib qoʻying, qolganini oʻzlari tushunib olishadi

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
13.1K views13:44
Ochish/sharhlash