Get Mystery Box with random crypto!

NIMAGA?

Telegram kanalining logotibi nimaga — NIMAGA? N
Telegram kanalining logotibi nimaga — NIMAGA?
Kanal manzili: @nimaga
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.35K
Kanalning ta’rifi

Nimaga? degan qiziqarli savollarga javob beradigan foydali kanal!
Reklama — @nimaga_ads

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-03-28 19:56:57
Nimaga roʻzaning soʻngi 10 kunligi roʻzadorlarning doʻzaxdan ozod qilinadigan kunlar deb ataladi?

Ramazonning oxirgi o‘n kunining bir nechta fazilatlari bor bo‘lib, ulardan biri quyidagichadir: Bu kunlarning fazilati sababli Alloh taolo bandalarini do‘zaxga kirishdan ozod qiladi.

Bu haqida Salmon al-Forisiy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “...U (Ramazon) uning avvali rahmat, o‘rtasi mag‘firat, oxiri do‘zaxdan ozod qilish bo‘lgan oydir....”, deganlar. Bayhaqiy rivoyat qilgan.

Ro‘zadorlar birinchi o‘n kunlikda Allohning rahmatiga sazovor bo‘lib, ikkinchi o‘n kunlikda gunohlari mag‘firat qilinib, uchinchi o‘n kunlikda esa, do‘zaxdan ozod qilinadi. Shuning uchun, har kim bu ulug‘ kunlarni g‘animat bilib, foydalanib qolish lozim.

Madaminov Shokirjon (“Ko‘kaldosh” Toshkent o‘rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi)

P.S. Yaqinlaringizga ushbu postni ulashing, eslating va savob oling!

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
5.1K views16:56
Ochish/sharhlash
2023-02-11 09:00:51
Dasturlashni o’rganishni fevraldan boshlang

Dasturlashni o’rganish nimadan boshlanadi?

Foundation, ya’ni dasturlash va kompyuter bo’yicha umumiy bilimlarni olishdan. Undan keyingi qadamlarda xohish va imkoniyatlarga qarab yo’nalishlardan birini tanlasa bo’ladi:
- Java
- Python
- Flutter
- Frontend
- .NET

14-fevral, seshanba kuni PDP akademiyasida Foundation kursi start oladi.

PDP IT
ta'lim sohasida 5 yarim yillik tajribaga ega yirik ta’lim maskani, katta IT kompaniyalarda ishlayotgan ko’plab bitiruvchilar va kuchli dasturchi-mentorlardan iborat jamoa!

Bu kurs kimlar uchun?
- Dasturlash bo’yicha hech qanday bilimga ega bo’lmaganlar;
- Boshlang’ich bilimga ega bo’lajak dasturchilar uchun.

Foundation'ni o’rganing va dasturchilik tomon birinchi qadamingizni tashlang.

Ro’yxatdan o’tish uchun:
78-777-4747
@PDPSupportBot
4.4K views06:00
Ochish/sharhlash
2023-01-31 19:07:42
Nimaga birinchi sevgimiz esimizdan chiqmaydi?

Bu savolga ham tinib-tinchimas olimlar javoblarni tayyorlab qo'yishgan. Tadqiqotlarga ko'ra, miyamizda romantik munosabatlar davomida biror-bir doriga o'tirib qolishdagi jarayonga o'xshash protseslar bo'lar ekan. Qachonki biz sevib qolsak, bizning bosh organimiz bizga eyforiya va kayf bag'ishlovchi dofamin, oksitosin kabi moddalarni, yuzingizdagi ugrilardek ko'p ishlab chiqara boshlaydi.

Qarabsizki, bu moddalar sevgilimiz bilan hissiy va jismoniy aloqalarni yaratadi, bu aloqani buzish esa ancha qiyin. Nu yillar o'tgandan keyin bir-birilarga o'rganib qoganilardan keyin buzish oson bo'lishi ham mumkin, endi bu sizga bog'liq.

Ammo, nima uchun bizning ilk sevgimiz yuragimizda xuddi gaz, svet kabi alohida joy egallaydi? Bu bo'yicha ham bir qancha izlanishlar o'tkazilgan bo'lib, unga ko'ra biz birinchi marotaba bunday his-tuyg'ularni his qilamiz va bundan tashqari o'smirlik davridagi har qanday voqea, hodisa bizga juda ham qattiq ta'sir ko'rsatadi, shu sababdan ham sinfdoshingiz bo'lgan Munavvarni hali hamon yodingizdan chiqara olmaysiz (balki rostanam ba'zi joylari zo'r bo'lgandir ).

Kunduziy

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
7.1K views16:07
Ochish/sharhlash
2022-12-25 12:00:59
Nimaga baʼzilar koʻzlarini ochib uxlashadi?

Aniq bilamiz, siz yoki biror yaqiningiz koʻzlarini ochib uxlashi natijasida albatta kulgiga qolgan. Xoʻsh, bu holat nima sababdan yuzaga keladi?

Koʻzlarni ochib uxlashga 5 ta keng tarqalgan muammolardan biri sabab boʻladi. Bular — koʻz-qovoq mushaklari patologiyasi (boʻshashishi), asab kasalliklari, miyadagi baʼzi nosozliklar, qalqonsimon bez bilan bogʻliq muammolar va logoftalmos kasalligidir. Sizni koʻzini ochib uxlaydigan tanishingizda aniq yuqoridagi muammolardan biri bor.

P.S. Koʻzini ochib uxlaydigan tanishlarga yuboramiz

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
4.4K views09:00
Ochish/sharhlash
2022-12-02 17:10:12
Jangga tayyormisiz?

Hoziroq kiberxavfsizlik imkoniyatlaridan foydalanmasangiz muammolar girdobiga tayyor turavering.

@KiberxavfsizlikBot sizning xaloskoringiz:

— Xakerlar hujumidan saqlanish darslari
— Qurilmangiz xavfsizligini 101% ga oshirish
— Himoyani kuchaytiruvchi ilovalar

Hayotiga befarq bo'lmaganlar uchun manzil: @KiberxavfsizlikBot
4.4K views14:10
Ochish/sharhlash
2022-12-02 12:40:44
Nimaga sovchilar kelinlikka nomzodga suv ichirishgan?

Turkiy xalqlarda shunday qiziq odat boʻlgan-ki, ayol sovchilar sovchilik tashrifi vaqtida kelinlikka nomzod qizga 1 kosa suvni ichirishgan. Bu bilan ular qizda boʻqoq xastaligi mavjud-mavjudmasligini tekshirishgan.

Suv ichish jarayonida bosh yuqoriga koʻtarilganligi va suvni yutish jarayoni sababli bu jarayonda kishida boʻqoq borligi yoki yoʻqligi koʻrinadi.

P.S. Qadrli uylanish ostonasidagi boʻydoqlar, ushbu postni onangizga yuborib qoʻying, qolganini oʻzlari tushunib olishadi

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
6.4K views09:40
Ochish/sharhlash
2022-11-20 18:02:05
Nimaga insonda motivatsiya yo'qolib qoladi?

Qachonki, inson yaxshi ko'rgan ishini qilsa va aynan o'sha ish uchun unga pul to'lansa, insonda motivatsiya yo'qolib qoladi.

Aziz Rahimov
suhbatlarining birida motivatsiyaning qayerdan kelishi va intizomni shakllantirish haqida qiziqarli fikrlarni bildirib o'tibdi.

Ushbu suhbatni to'liq holatda quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Havola:



@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
3.0K views15:02
Ochish/sharhlash
2022-11-17 14:16:01
Nimaga banan va shunga o'xshash mevalarda stikerlar mavjud?

Stikerlar mevaning qay tartibdi o'stirilganligi haqida ma'lumot beradi. Agar stikerda 3 yoki 4 raqamlari bilan boshlanadigan 4 xonali raqam bo'lsa, demak bu meva o'g'itlar va pestitsidlardan foydalaniladigan holda o'stirilgan.

Agar stikerda 9 raqamidan boshlanadigan 5 xonali raqam bo'lsa, mevalar an'anaviy tarzda etishtirilgan.

Agar stikerda 8 raqamidan boshlanadigan 5 xonali raqam bo'lsa, demak, mahsulot genetik jihatdan modifikatsiyalangan holda o'stirilgan bo'ladi. Ya'ni maxsulot tarkibida GMO mavjud degani.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
6.2K views11:16
Ochish/sharhlash
2022-11-14 18:20:10
2020 yil yozilgan maqola.

O'qishga kira olmaslik fojia emas!

O'zim haqimda juda qisqa qilib aytaman. Ismim Abdusattor. Yoshim 25 da. Tibbiyot kollejini tugatganman. 3 yil o'qishga kirolmadim. Keyin misqollab 650 $ pul to'plab Notebook sotib oldim va kompyuter dasturlaridan biri bo'lgan 3ds Max dasturini o'rganib, 3D model dizayneri bo'ldim. Yasagan modellarimni 3D modellar sotiladigan saytlarda sotib shu kasbim ortidan o'tgan yili Malibu 2 avtomashinasini sotib oldim. Ayni paytda asosiy daromadimni internet orqali topaman.

Bularni nega yana aytyapman?
O'qishga kira olmagan bo'lsangiz siqilib yurmasdan kompyuter dasturlaridan birini professional darajada o'rgansangiz bemalol yaxshi daromadli ish topa olasiz.

Ushbu kanalda, kerakli dasturlar va siz bilishingiz kerak bo'lgan ma'lumotlarni berib boraman.

Obuna bo'ling TORNADO

Motivatsiyaga berilib qaror chiqarmang!
8.7K views15:20
Ochish/sharhlash
2022-11-03 10:18:11
Nimaga ko’p xollardagi reklamalarda samsung smartfonlari 12:45 soati bilan ko’rsatiladi?

Buning sababi oddiy. Samsung yangi smartfonlarini odatda mahalliy vaqt bilan soat 12:45 da e’lon qiladi. Bu bilan kompaniya vizual va mantiqiy bog’liqlik yaratish maqsadida haqiqiy vaqt bilan smartfon ko’rsatadigan vaqt bir xil bo’lishini istashgan.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
4.1K views07:18
Ochish/sharhlash