Get Mystery Box with random crypto!

NIMAGA?

Telegram kanalining logotibi nimaga — NIMAGA? N
Telegram kanalining logotibi nimaga — NIMAGA?
Kanal manzili: @nimaga
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.35K
Kanalning ta’rifi

Nimaga? degan qiziqarli savollarga javob beradigan foydali kanal!
Reklama — @nimaga_ads

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-11-28 19:19:01
Nimaga olimlar ogʻir koʻrpa ostida uxlashni maslahat berishadi?

Uxlash yoki dam olish uchun ogʻir koʻrpadan foydalanish serotonin ("baxt gormoni") va melatonin ("uyqu gormoni") darajasini oshiradi, tashvish va asabiy taranglikni kamaytiradi. Shu tarzda uyqu qattiq va osoyishta boʻladi.

Bundan tashqari, vaznli koʻrpa sizga tezroq uxlab qolish va qisqa vaqt ichida uyquga toʻyish imkonini beradi. Amerikalik olimlarning hisob-kitoblariga koʻra, ogʻir koʻrpadan foydalanuvchilarning 76 foizi odatdagidan tezroq uxlab qolishgan.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
12.0K views16:19
Ochish/sharhlash
2023-11-27 15:19:12
Nimaga gazli ichimliklarni doimiy tarzda iste'mol qilmaslik kerak?

Agar gazli ichimliklarni tez-tez isteʼmol qilsangiz, sizda quyidagi kasalliklar rivojlanib borishi mumkin:
Astma;
• Jigar yetishmovchiligi;
• Tish emali yemirilishi;
• Yurak kasalliklari;
• Osteoporoz;
• Semizlik;
• Qandli diabet

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
10.1K views12:19
Ochish/sharhlash
2023-11-26 04:10:12
Nimaga sovuq kunlarda bosh kiyim kiyish muhim?

Dunyoning eng mashhur mutaxassislari sovuq kunlarda bosh kiyim kiyish zarurligini izohlashdi. Harorat minusga oʻtishi bilan boshdagi soch strukturalari oʻzgaradi. Soch sovuqqa oʻta taʼsirchan hisoblanib, -1° ni -5° dek qabul qilar ekan.

Bosh kiyim kiyilmasa, soch ildizidagi qon tomirlar keskin qisqaradi va qon aylanishi keskin pasayadi. Soch toʻkilishi bitta xavf boʻlsa, qazgʻoq bilan kasallanish yana bir xatardir. Harorat +5° boʻlgandan boshlab, bosh kiyim kiyish zarur. Bolalarga +10° da ham kiygizgan maʼqul.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
12.1K views01:10
Ochish/sharhlash
2023-11-23 23:46:24
Nimaga kech yotish yomon?

Asab tizimi buziladi, bu asabiylashish va eʼtiborsizlikka olib keladi. Kun davomida oʻzingizni zaiflik, letargiya va ogʻirlik his qilasiz.

— Agar siz 01:00 dan 03:00 gacha uxlamasangiz, asta-sekin siz quvonch gormonini faol ravishda ishlab chiqarmaysiz, befarqlik va uyquchanlikni his qilasiz.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
13.3K viewsedited  20:46
Ochish/sharhlash
2023-11-22 11:32:11
Nimaga Yaponiyada odamlar qon guruhiga qarab ajratiladi?

Yaponiyada insonning qon guruhiga katta eʼtibor beriladi, odamning feʼl-atvori unga bogʻliq deb hisoblanadi.

Birinchi guruh egalariga qatʼiylik va oʻziga ishonch, ikkinchi guruhga - ishonchlilik va odamovi, uchinchisiga - aqllilik va shuhratparastlik, toʻrtinchisiga – vazminlik va talabchanlik kabi nisbatlar beriladi.

Koʻpgina yaponiyaliklar uchun qon guruhi hatto uchrashuv belgilashda sherik tanlash mezonlaridan biridir. Ish beruvchilar uchun esa bu arizachini maʼqullash yoki rad etishda qoʻshimcha omil sifatida xizmat qilishi mumkin.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
14.6K views08:32
Ochish/sharhlash
2023-05-19 18:24:39
Bugun “Maqsad” nomli loyihamizni sizlarga taqdim etamiz. 

Maqsad — bir maqsad yo‘lida yig‘ilganlar hamjamiyati. Bu loyiha maqsadlarga agressiv erishadigan, intizom sevuvchi va shaxsiy masʼuliyat bilan yashashni xohlaydigan erkaklar uchun. Va bugungi mavzumiz aynan erkaklarga bag‘ishlanadi.

Atrofidagi imkoniyatlarni ko‘rolmasdan o‘zini yo‘qotib qo‘ygan avlod qaror qabul qilolmay, ikkilanib qatʼiyatsizlik bilan yashamoqda.

Nega hozirgi kunning erkaklari kuchsiz bo‘lib qolgan? 

Qiziq, bu avval ham shundaymidi? Agar bizning davrimizga kelib shunday bo‘lgan bo‘lsa, buning sababi nimada?

Yuqoridagi savollarga javob YouTube kanalimizda:

3.4K views15:24
Ochish/sharhlash
2023-05-16 15:49:59 Noliydigan jamiyat va uning dunyo qarashi.

@abdusattor
3.1K views12:49
Ochish/sharhlash
2023-05-02 14:40:35
Nimaga super yelim oʻzini idishiga yopishib qolmaydi?

Ushbu savol dunyodagi eng mashhur savollardan biri hisoblanadi. Gap shundaki, super yelim (суперклей) kimyoviy taʼsirga kirishishi uchun kislorod kerak. Uning idishi ichida esa kislorod boʻlmaydi va shu sababli ham yelim idishga yopishib qolmaydi.

P.S. Oʻz yaqinlaringizdan ushbu savolni soʻrab koʻringchi, qanday javob berishar ekan?

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
4.2K views11:40
Ochish/sharhlash
2023-03-30 02:10:11
Nimaga Ramazon oyi muqaddas oy hisoblanadi?

Ramazon hijriy yil hisobining toʻqqizinchi oyi. Islom dinida Ramazon oyida Alloh Muhammad Alayhisalomga Qur’onni vahiy qilgan. Shu sababli, Ramazon muqaddas oy hisoblanadi, bu oy davomida musulmonlar ro'za tutadilar.

Roʻza (fors.) — islomdagi 5 ta rukn (majburiyat)dan biri. Roʻza tutish vaqti tong yorishmasdan avval boshlanib, kun botishiga qadar davom etadi. Bu vaqtda yeyish, ichish, nomaʼqul ishlardan tiyilish zarur. Qurʼonda har yili shu oyda Ro'za tutish farzligi qayd etilgan.

P.S. Bilmaganlarga eslating! Zero, eslatma moʻminlarga manfaat yetkazur (Zariyat surasi 55)

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
4.4K views23:10
Ochish/sharhlash
2023-03-29 01:20:11
Nimaga tish orasida qolgan narsalarni yutsa roʻza ochilish xavfi bor?

Ramazon oyida roʻzaga aloqador savollar anchagina koʻpayadi. Shular ichidagi bir savol — tish orasidagi narsalarni yutsa, roʻza ochiladimi?

Javob quyidagicha: agarda yutilayotgan narsa noʻxatdan kattaroq boʻlsa, uni yutishlik bilan roʻza ochiladi. Agarda noʻxatdan kichik boʻlsa, roʻza ochilmaydi, sababi – bu kattalikdagi narsa oshqozongacha bormaydi.

Hasan domla Qodirov

P.S. Roʻzador yaqinlaringizga yuborib qoʻying

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
3.1K views22:20
Ochish/sharhlash