Get Mystery Box with random crypto!

Nimaga baʼzida oyoqlar 'muzlab qoladi'? — Sovuq ob-havoda ins | NIMAGA?

Nimaga baʼzida oyoqlar "muzlab qoladi"?

Sovuq ob-havoda inson oyoqlarining sovishi albatta tabiiy jarayon. Ammo issiqda ham baʼzi insonlarning oyoqlari sovuq qotadi. Xoʻsh, buning sababi nima?

Bilasiz, oyoqlarda mushak tolalari mavjud va ular yogʻ qavati bilan himoyalanmagan. Ularning yagona issiqlik manbai qondir. Tomirlar sovuqdan torayadi, qon oqimi pasayadi, natijada oyoqlari muzlaydi.

Sog'lig'i normal bo'lgan odamda oyoqlar bir necha sabablarga ko'ra muzlashi mumkin:
• issiq bo'lsa ham, issiq kiyim kiyish odati tufayli;
• avtonom nerv tizimining faoliyati buzilishi natijasida;
• oyoqlarini "bog'lab" uzoq o'tirishdan;
• ro'za tutish yoki qattiq diyeta vaqtida.

Agarda oyoqlar doimiy muzlasa, tezda shifokor koʻrigiga borish tavsiya qilinadi. Sababi odatda bu darajaga katta ehtimol bilan jiddiy qon-tomir kasalliklari asos boʻlishidadir.

P.S. Oʻz yaqinlaringizga (ayniqsa yoshi katta ota-onasi yoki bobo-buvisi bor tanishlaringizga) ushbu postni ulashishni tavsiya qilamiz.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!