Get Mystery Box with random crypto!

Nimaga chekishni tashlagan insonda semirish kuzatiladi? — Ush | NIMAGA?

Nimaga chekishni tashlagan insonda semirish kuzatiladi?

Ushbu postda biz chekadigan ortiqcha vaznli odamlar haqida emas, balki chekishni tashlaganidan so’ng, vazn to’plagan insonlar haqida gaplashamiz. To'g'ri, chekishni tashlaganlar ta'm bo’yicha sezgirlikni tiklaydilar va bu ta’sirida ko'plab sobiq chekuvchilarning ishtahasi ochiladi – bu normal holat. Chekishni tashladingizmi, demak kundalik jismoniy tarbiya haqida eslash, shuningdek, ko'proq sabzavot va mevalarni iste'mol qilish vaqti keldi

Gap shundaki, odamlar chekishni tashlashda yuzaga keladigan stressni "nazorat qila" boshlaydilar va oldin chekishgan vaziyatlarda odatda hech narsa qilmasdan ovqatlanadilar. Natija – (agar badantarbiya qilinmasa) bir necha kilogramm ortiqcha vazn bilan tugashi mumkin.

— Chekish tananing endokrin tizimini buzishi va biroz vazn yo'qotishiga olib keladi. Ammo bu sizga kerakli bo'lgan ortiqcha vazn yo'qotish turi emas. Shu sababli ham chekmang, zero gormonal darajadagi buzilishlar bir necha kilogramm uchun juda yuqori narx.

P.S. Sigaret chekadigan tanishlaringizga yuboring

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!