Get Mystery Box with random crypto!

NIMAGA?

Telegram kanalining logotibi nimaga — NIMAGA? N
Telegram kanalining logotibi nimaga — NIMAGA?
Kanal manzili: @nimaga
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.35K
Kanalning ta’rifi

Nimaga? degan qiziqarli savollarga javob beradigan foydali kanal!
Reklama — @nimaga_ads

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2022-09-02 17:29:51
Nimaga ishtaha yoʻqoladi?

Ishtahaning yo'qolishi mutlaq (anoreksiya), qisman (giporeksiya) va kamayishi (doimiy ochlik hissi bilan oz miqdorda ovqatlanish) bo'lishi mumkin. Buning sabablari turlicha bo'lishi mumkin.

— Ishtaha yoʻqolishining sabablari qilib masalan, stress va turli hayotiy voqealar taʼsiri, ma'lum dori-darmonlarni qabul qilish, harakatsiz turmush tarzi, aqliy va jismoniy charchoq va qattiq oqsilli dieta kabilarni keltirishimiz mumkin. Yana bu holatni yoshga bog'liq o'zgarishlar taʼsiri, yaʼni, ta'm va hidni sezadigan retseptorlar soni kamayashi bilan ham izohlash mumkin. Eslatib oʻtamiz, ishtahasizlik 1 oy davom etsa, albatta shifokorga uchrashish tavsiya etiladi.

P.S. Shu kunlarda ishtahasiz yurgan yaqinlarimizga yuboramiz, qani ularning sabablari nima ekan

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
7.7K views14:29
Ochish/sharhlash
2022-09-02 10:01:39
iPhone 13 Pro ishlatish uchun katta pul kerak emas. Faqatgina...

Avvallari iPhone olish uchun koʻp pul va ortiqcha xujjatlar kerak boʻlardi. Uni ustiga telefon qoʻlingizga "Korobkasi" olingan holda kelardi.

Hozir esa oldindan toʻlovsiz, 15 daqiqa ichida, faqatgina pasport va plastik karta rasmini joʻnatish orqali telefonga ega boʻlish mumkin.

Bepul yetkazib beramiz, juda tez! Rasmiylashtirish uchun hoziroq pastdagi manzillarimizga murojaat qiling!

Gulhayo Oyshaxon
Begoyim

Call center: +998742259295

Manzil: Andijon shaxar O'zbekiston ko'chasi 7-uy
Mo'ljal: Plaza 2 mehmomxonasi ro'parasida

Telegram | Instagram | Facebook
10.2K views07:01
Ochish/sharhlash
2022-08-26 19:30:47
Nimaga super yelim oʻzini idishiga yopishib qolmaydi?

Ushbu savol dunyodagi eng mashhur savollardan biri hisoblanadi. Gap shundaki, super yelim (суперклей) kimyoviy taʼsirga kirishishi uchun kislorod kerak. Uning idishi ichida esa kislorod boʻlmaydi va shu sababli ham yelim idishga yopishib qolmaydi.

P.S. Oʻz yaqinlaringizdan ushbu savolni soʻrab koʻringchi, qanday javob berishar ekan?

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
14.4K views16:30
Ochish/sharhlash
2022-08-26 08:15:06
Nimaga trenerovkadan keyin mushaklar kengayadi?

Yuklama bilan mashq qilingandan soʻng, inson mushak hujayralari membranalari va miyositlarda biologik kengayishlar sodir boʻladi. Buning taʼsirida mushak tolalarida yorilishlar sodir boʻladi, natijada umumiy mushaklar kattalashadi.

P.S. Baʼzi tez taʼsir qiluvchi sport ozuqalarini ham mashgʻulotdan keyin, 30 daqiqa ichida qabul qilish kerakligi qoidasi ham aynan shu jarayon sababli vujudga kelgan.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
15.5K views05:15
Ochish/sharhlash
2022-08-25 14:13:57
Nimaga sovuq dush odamni tetiklashtiradi?

Sovuq dushni inson tanasi stress chaqiruvchi sifatida qabul qiladi. Uning taʼsirida qon tomirlar torayadi va hujayralardagi metabolizm sezilarli darajada ortadi. Aynan shu jarayon taʼsirida inson oʻzini tetik his qiladi.

P.S. Agarda oʻzingizni tetik his qilishni istasangiz sovuq dushni sinab koʻring.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
16.9K views11:13
Ochish/sharhlash
2022-08-20 16:01:43
Nimaga "Cambridge" rebrending qildi?

Ingliz tiliga asoslangan "Cambridge" o'quv markazi kutilmagan rebrendingni amalga oshirdi. Bunga sabab esa yoshlarga yanada sifatli ta'lim berish, kuchaytirilgan nazorat tizimi, eng yaxshi o'quvchilarni saralash va gibrid ta'lim olish imkoniyatini yaratish!

— Bilasizmi, yuqorida aytilgan fikrlar shunchaki oddiy gaplar emas. Hozirgi raqobat yuksalgan davrda yanada sifatli ta'lim muhitini yaratib, natijaga erishish orqali barchaning ishonchini oqlash mumkin.

P.S. Yangilangan "Cambridge"ning amalga oshirgan rebrending videosini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin!

Havola:



@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
28.0K views13:01
Ochish/sharhlash
2022-08-15 16:23:59
Nimaga brendlarda belgisi ishlatiladi?

Bilasimi, belgisi roʻyxatdan oʻtgan tovar belgisining tipografik belgisi boʻlib, u birinchi marta 1946-yilda AQShning savdo belgisi toʻgʻrisidagi qonunida paydo boʻlgan. U inglizcha “registered” soʻzidan olingan boʻlib, “roʻyxatdan oʻtgan” degan maʼnoni anglatadi. Yaʼni ushbu belgini ishlatayotgan brendlar davlatning maʼlum muassasalaridan roʻyxatdan oʻtgan.

Ushbu belgini "R" harfi shaklida yoki "savdo belgisi" soʻzlari shaklida ham uchratish mumkin.

P.S. Katta kompaniya qurishni maqsad qilgan yaqinlaringizga yuboring! Ularning brendlari ham TOP darajaga chiqishi tilakdoshimiz!

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
31.8K views13:23
Ochish/sharhlash
2022-08-12 14:29:43
Nimaga telefon ko'rayotganda boshni to'g'ri tutish kerak?

Insonning bosh qismi 5 kg atrofida boʻladi, 15 gradus egilsangiz bosh 12 kg yukka aylanadi, 30°da 18 kg, 45°da 22 kg, 60°da 27 kg yuk bilan boʻyin umurtqalariga ogʻirlik tushadi, bu esa boʻyin umurtqalari kasalliklariga olib keladi.

@NIMAGA kanalini kuzatib boring!
36.2K views11:29
Ochish/sharhlash
2022-08-08 09:40:30
Nimaga koʻzimizni qisib qarasak narsalar yaxshiroq koʻrinadi?

Bilamizki, nimadir koʻzimizga yaxshi koʻrinmasa, koʻzimizni qisib qaraymiz va bu koʻrishimiz yaxshilanishiga olib keladi. Nimaga bunday, bilasizmi? Hamma gap koʻzimiz yuzasidagi namlikni hosil qiluvchi suyuqlikda. Koʻz qisilgan holatda suyuqlik kichik yuzaga toʻplanadi va linza vazifasini bajarib qoladi.

P.S. Biror narsaga qarayotganda doimo koʻzini qisib oladigan tanishlaringizga yuboring

@NIMAGA kanalini kuzatib boring!
41.5K views06:40
Ochish/sharhlash
2022-08-03 17:00:43
Nimaga biz har safar narsalarni qayerga qoʻyganimizni unutib qoʻyaveramiz?

Miyamizda shunday mehnatsevar hujayralar borki, ular doimo maxsus gormon ishlab chiqarib, keraksiz xotiralarni tozalab turishadi. Ushbu gormon nisbatan koʻp ishlab chiqilishi uyqu vaqtiga toʻgʻri kelar ekan. Shu sababli ham koʻp tushlarimizni eslay olmaymiz.

Tadqiqotlar shuni isbotladiki, miyamiz zavq beruvchi signallar bilan hosil boʻlgan xotiralarni yaxshi eslab qolar ekan. Demak, qandaydir narsangizni qayergadir qoʻysangiz, oʻsha vaqtda nimadir bilan oʻzingizni xursand qilib qoʻying, boʻlmasa 2 soat oʻsha narsani qidirishingizga toʻgʻri keladi.

P.S. Hayoli parishon tanishlaringizga yuboring

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
44.1K views14:00
Ochish/sharhlash